Dars, uning turlari va tuzilishi


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana23.10.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1716993
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
shaxnoz

SCIENTIFIC PROGRESS
 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 3 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
  
Page 845
xos ta’lim tizimi davom etib keldi. Bir o’qish xonasida 6 yoshdan 15- 16
yoshgacha bo’lgan bolalar guruhi bilan bir vaqtda mashg’ulot olib borilar
edi. Shuningdek, bir o’qish xonasidagi ( 20 – 30 ) o’quvchilarning bilim
darajasi ham turlicha bo’lar edi. Dars, uning turlari va tuzilishining
mazmuni Hozirgi kundagi ta’lim jarayonida qo’llanilayotgan sinf- dars tizimi.
Hozirgi kunda respublikamizda ta’limning oldiga qo’yilgan talab va
ehtiyojlardan kelib chiqqan holda maktab ta’limini tashkil etishning, dars
turlarining yangidan - yangi shakllari yaratilmoqda. Sinf - yoshi va bilimi
jihatidan bir xil bo’lgan ma’lum miqdordagi o’quvchilar guruhidir. Dars
deb bevosita o’qituvchining rahbarligida muayyan o’quvchilar gurihi bilan
olib boriladigan ta’lim mashg’ulotiga aytiladi. Dars - o’quv ishlarining
asosiy tashkiliy shaklidir [15-18]. Dars - o’quv ishlarining markaziy
qismidir. Hozirgi kunda ta’lim jarayonida qo’llanilayotgan sinf - dars
tizimi quyidagi tashkiliy shakllarda olib borilmoqda:
1. Dars mashg’uloti asosan 45 minutga mo’ljallangan bo’lib, qat’iy jadval
orqali olib boriladi.
2. Har qaysi sinf yoshi va bilimiga ko’ra bir xil darajadagi bolalarning
doimiy guruhiga ega bo’ladi. 3. Dars
bevosita o’qituvchining rahbarligida jamoa va yakka shaklda olib boriladi.
4. Dars o’tilayotgan materialning mazmuniga qarab xilma - xil usullar
orqali olib boriladi. Ta’lim tizimining bir qismi sifatida, albatta, tugallangan
bilim beradi va navbatdagi bilimlarni o’zlashtirish uchun zamin
yaratadigan qilib tashkil etiladi.
Sinf - dars shaklida olib boriladigan mashg’ulot o’qituvchining
kundalik o’quv materiallarini tizimli bayon qilib berishni, xilma - xil
usullardan foydalanishni, o’quvchilarning bilim va ko’nikma, malakalarini
izchillik bilan hisobga olib borishni, o’quvchilarni mustaqil ishlashga
o’rgatish kabi vazifalarni o’z ichiga oladi
3
. O’qituvchi dars
materiallarini bayon qilish jarayonida o’quvchilarga muammoli vaziyat
tug’diradigan savollar bersa va javob qidirsa, fikrlash va izlanishlar yo’li
bilan mavzu materiallari puxta o’zlashtirilib oladigan bo’ladilar [19-22]. 
Bunday holatda umumsinf jamoasi va har qaysi o’quvchining o’ziga
xos xususiyatlari hisobga olingan bo’lishi kerak. Hozirgi kunda darsda
uzoqdan - uzoq vaqt sarflab o’quvchilarning bilimini aniqlash va
baholash, bilimlarni bayon qilish va mustahkamlashda o’quvchilar
ishtirokini cheklab qo’yish habi holatlarga barham berildi. Bilimlarni
bayon qilish jarayonida o’quvchilar faolligi (og’zaki yoki yozma
mashqlar, labaratoriya - tajriba ishlari, mustaqil ijodiy ishlar) ishga
3
N. Azizxo’jayeva “Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat“



Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling