Dars, uning turlari va tuzilishi
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
shaxnoz
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 3 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 846 solinmog’i kerak bo’ladi. Bu esa, o’z navbatida, o’quvchilarning oldindan o’zlashtirgan bilimlarini ham ishga tushirishga xizmat qiladi va to’g’ri baholash uchun katta imkoniyat yaratib beradi. Shu bilan birgalikda, o’quvchilarning mustaqil mantiqiy fikr yuritishlari, qunt, irodani mustahkamlash, nutq madaniyatini rivojlantirish, tegishli ko’nikma va malakalar bilan qurollantirishda mustaqil ishning ahamiyati doim diqqat markazida bo’lishi, dars jarayonini shu maqsadga muvofiq qurish nazarda tutilishi kerak. Dars jarayonida o’tilayotgan o’quv materiallarining boshqa fanlarga aloqador mavzulari bilan bog’liqligini ko’rsatish ham eng muhim ahamiyatga egadir [23]. Komil shaxsni rivojlantirishda darsning ahamiyati va yangilanayotgan pedagogik tafakkur talablariga ko’ra zamonaviy darsning o’ziga xos xususiyatlari. Dars - yuqorida aytib o’tilgandek, o’qitishni tashkil etishning o’zgarmas shakli emas. O’quv amaliyotida va pedagogik tafakkur doimo darsni takomillashtirish yo’llarini izlaydi 4 . Turli - tuman fikr va mulohazalarni hisobga olgan holda dars quyidagi umumiy didaktik talablarga javob berishi kerak bo’ladi: 1. Har bir dars ma’lum bir maqsadni amalga oshirishga qaratilgan va puxta rejalashtirilgan bo’lishi kerak. 2. Har bir dars mustahkam g’oyaviy - siyosiy yo’nalishlarga ega bo’lishi kerak. 3. Har bir dars hayot bilan, amaliyot bilan bog’langan bo’lishi kerak. 4. Har bir dars xilma - xil usul, uslub va vositalardan unumli foydalangan holda olib borilishi kerak. 5. Darsga ajratilgan har bir soat va daqiqalarni tejash, undan unumli foydalanish kerak. 6. Har bir dars o’qituvchi va o’quvchilarning faolligi va birligini ta’minlab berishi kerak. 7. Darsda o’quv materiallarining mazmuniga oid ko’rsatmali qurollar, texnika vositalari va kompyuterlardan foydalanish kerak bo’ladi. 8. Dars mashg’ulotini butun sinf bilan umumiy olib borish bilan har qaysi o’quvchining individual xususiyatlari, ularning mustaqilligini oshirish hisobga olinadi. 9. Har bir darsda mavzuning harakteridan kelib chiqib, xalqimizning boy pedagogik merosiga murojat qilish va undan unumli foydalanish kerak. Shu bilan birgalikda ko’plab imkoniyatlarni va yangiliklarni qidirib topish kerak bo’ladi. Shundagina darslarimiz qiziqarli va tushunarli 4 Mavlonova R. “Pedagogika“ T - 2000. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling