2-masala - “Makro” supermarketining “Hammasi uy uchun” bo’limida 5 xil payola, 6 xil taqsimcha, 4 xil choy qoshiq bor. Nargiza xola turli nomdagi ikkita buyum sotib olmoqchi. U buni necha usulda sotib olish mumkin.
Yechish: - Piyola va taqsimchani 5*6=30 usulda
- Taqsimcha va qoshiqni 6*4=24 usulda
- Piyola va qoshiqni 5*4=20 usulda olish mumkin.
- Demak turli nomdagi ikki buyumni 30+20+24=74 usulda olish mumkin.
3-masala - Nechta uch xonali sonlarda 7 raqami faqatgina bir marta ucraydi?
yechish - 7 raqami yuzlar xonasida turganda, o’nlar va birlar xonasini 9*9=81 usul bilan to’ldirish mumkin.
- 7 raqami o’nlar xonasida turganda, yuzlar va birlar xonasini 8*9=72 usul bilan to’ldirish mumkin. Yuzlar xonasida 0 bo’la olmasligining xisobiga.
- 7 raqami birlar xonasida turganda, yuzlar va o’nlar xonasini 8*9=72 usul bilan to’ldirish mumkin. Yuzlar xonasida 0 bo’la olmasligining xisobiga.
- Demak 81+72+72=225 ta ekan.
4-masala - Aylanada olingan 5 ta nuqta A, B,C, D, E harflari bilan belgilanan. Har bir nuqta qolgan nuqtalar bilan turashtirilganda nechta kesma xosil bo’ladi.
Yechish: - Nuqtala soni kam bo’lgani masala shartiga mos shaklni chizib, kesmalar sonini bevosita sanab aniqlash mumkin. Ular 10 ta. Ammo bu usul nuqtalar soni ko’proq
- bo’lganda qiyin bo’ladi
- boshqa usulni qo’llash
- kerak.
2-usul - Aylanadagi har bir nuqtadan qolgan to’rtta nuqtalarga to’rttadan kesma chiziladi. Beshta nuqtadan to’rttadan jami 5*4=20 ta kesma o’tkaziladi. Ammo bitta kesma ikki martadan sanalgani uchun 20 ni ikkiga bo’lamiz 20:2=10
3-usul - A nuqtadan 4 ta , B nuqtadan 3 ta, C nuqtadan 2 ta, D nuqtadan 1 ta o’tkazis mumkin. E nuqtadan o’tkaziladigan kesmalar avvalgi nuqtalar orqali o’tkazilgan.
- Jami : 4+3+2+1=10
5-masala - 3,4,5,6,8,9 raqamlari yordamida hammasi bo’lib :
- 1) raqamlar takrorlanmasa;
- 2) raqamlar takrorlanishi mumkin bo’lsa,
- nechta uch xonali son yozish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |