Yechish: - 1) Berilgan raqamlar oltita. Demak uc xonali sonning birinchi raqamini tanlash imkoniyati 6 xil. Ikkinchi raqam esa qolgan beshta sonning biri bo’lishi mumkin, ya’ni tanlash imkoniyati 5 xil. Uchinchi raqam esa qolgan 4 raqamning biri, ya’ni tanlash imkoniyati 4 xil. Umuman, raqamlar takrorlanmasa, jami uch xonali sonlar soni 6*5*4=120 ta bo’lar ekan.
Yechish: - 2) Raqamlar takrorlanadigan bo’lsa, uch xonali sonning birinchi, ikkinchi, uchinchi xonalariga yoziladigan raqamni tanlash imkoniyati bir xil oltitadan bo’ladi.
- 6*6*6=216 ta bo’ladi.
- Bu kabi masalalarda kombinatorika elementlari dastlabki tushunchalari xususiy xollarda qaralyapti.
- Elementlar soni ko’proq bo’lganda o’quvchilar misollarni islashda qiyinchilikka duch kelishlari mumkin. Shuning uchun kombinatorika tushunchalarini, formulalarini berib borish maqsadga muvofiq deb o’ylayman.
- Buning uchun avvalo faktorial tushunchasi berilishi lozim.
Mustahkamlash: 534-540 misollar - 535. Nechta to’rt xonali sonda faqatgina bitta 5 raqam bor?
- Yechish: Yuqoridagi masaladagi kabi yo’l tutsak bu savolni javobi quyidagicha hisoblanadi:
- 9*9*9+8*9*9+8*9*9+8*9*9=729+648+648+648=
- =2673
- Javob: 2673 ta
Dars yakuni. Uyga topshiriq 537-misol - 537. 15 nafar do’stlar o’zaro qol berib ko’rishdilar. Qo’l berishlar soni nechta ? Shu kabi masalalar 536-538 da n(n-1):2 formula orqali yechamiz. Bu masalalarning o’xshashligi haqida savol bilan o’quvchilarga murojaat etilmoqda. Ammo bu o’xshashlikni umumiy holda , formula ko’rinishida mustaqil ishlash uchun misollarda emas, mavzu bayonida keltirish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |