Дарслик мбх doc
Asosiy vositalar harakatini hujjatlashtirish
Download 356.05 Kb. Pdf ko'rish
|
11-MAVZU ASOSIY VOSITALAR VA NOMODDIY AKTIVLAR HISOBI (1)
11.4. Asosiy vositalar harakatini hujjatlashtirish
Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilikda barcha xo‘jalik ope- ratsiyalarini boshlang‘ich hujjatlar bilan rasmiylashtirish bo‘yicha talab mavjud. Xo‘jalik operatsiyalarini boshlang‘ich hujjatlar bilan rasmiylashtirish jarayonini hujjatlashtirish deb nomlash qabul qilingan. Hujjatlashtirish yordamida xo‘jalik operatsiyalari amalga oshilgan paytda va ular sodir etilgandan joyda yoppasiga aks ettirish amalga oshiriladi. Shunday qilib, hujjatlashtirish bu barcha yozuvlar boshlang‘ich hujjatlarga asosan amalga oshiriladigan buxgalteriya hisobining ajralib turadigan usullaridan biridir. 64 Korxonalarda asosiy vositalarning buxgalteriya hisobini yuritish uchun asos bo‘lib, asosiy vositalar bo‘yicha operatsiyalarning haqiqatda amalga oshirilganligini qayd etadigan va ularni amalga oshirish uchun farmoyish beradigan boshlang‘ich hisob hujjatlari hisoblanadi. Korxonalarda boshlang‘ich hisob hujjatlari xo‘jalik operatsiyalari amalga oshilgan paytda yoki ular sodir etilgandan so‘ng darhol (kechiktirmasdan) tuziladi. Obyektlarni asosiy vositalar tarkibiga qo‘shish va ularni foydalanishga kiritish, shuningdek obyektlarni asosiy vositalar tarkibidan chiqib ketishini (tugatish bundan mustasno) hisobga olish uchun quyidagi hujjatlar nazarda tutilgan: 65 Asosiy vositalarni (bino, inshootlardan tashqari) qabul qilish-topshirish dalolatnomasi AV-1-son shakl. Bunday hujjat bilan xususan o‘rnatish yoki yirik 64 Gadoyev E. va boshq. Yillik hisobot-2008. T.: NORMA, 2009. 61-b. 65 Ortiqov X.A va boshqalar. O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobinig milliy standartlarga sharhlar to‘plami. – T. “NORMA”, 2010. 306-b PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 366 hajmdagi yig‘ishni talab qilmaydigan mashina va asbob-uskunalarni hamdao‘rnatish (yirik hajmdagi yig‘ish)ni talab qiladigan mashina va asbob- uskunalarni foydalanishga kiritish rasmiylashtiriladi. Har bir inventar obyekti bo‘yicha texnik hujjatlar lavozim majburiyatlariga texnik hujjatlarni tezkor hisobini yuritish va saqlanishini nazorat qilish kiradigan funktsional xizmatlar (bosh mexanik, bosh energetik va hokazolar) orqali foydalanish joyiga beriladi. Asosiy vositalarni (bino, inshootlar uchun) qabul qilish-topshirish dalolatnomasi AV-1a-son shakl. Yuqorida sanab o‘tilgan dalolatnomalar korxonalarda yoki korxonalar o‘rtasida quyidagi hollarda kelib tushgan obyektlarni asosiy vositalar tarkibiga qo‘shish va ularni foydalanishga kiritishni hisobga olish (o‘rnatishni talab qilmaydigan obyektlar uchun - xarid qilingan vaqtda, o‘rnatishni talab qiladigan obyektlar uchun - ularni o‘rnatishdan qabul qilingandan va foydalanishga topshirilgandan keyin) uchun asosiy vositalar obyektlarini qabul qilish, qabul qilish-topshirish operatsiyalarini rasmiylashtirish va hisobga olish uchun foydalaniladi. Dalolatnomalar oluvchi va topshiruvchi korxonalar rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi va uchta nusxada tuziladi. Dalolatnomaga mazkur asosiy vositalar obyektiga tegishli texnik hujjatlar ilova qilingan bo‘lishi kerak. Korxona rahbari tomonidan tasdiqlangan dalolatnoma texnik hujjatlar bilan birga korxonaning buxgalteriyasiga beriladi. Korxonaning buxgalteriyasi ushbu dalolatnomaga asosan inventar kartochkasi ochadi yoki inventar kartochkaga asosiy vositalar obyektini chiqib ketishi bo‘yicha belgi qo‘yadi. Har bir konkret inventar obyektga tegishli texnik hujjatlar inventar kartochkaga tegishli belgi qo‘yish bilan foydalanish joyiga berilishi mumkin. Asosiy vositalarni obyektlar bo‘yicha analitik hisobga olish uchun mo‘ljallangan boshlang‘ich hujjatlar bo‘lib, quyidagi shakllardagi inventar kartochkalar hisoblanadi: 66 - Asosiy vositalarni hisobga olishning inventar kartochkasi - har bir inventar 66 Ortiqov X.A va boshqalar. O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standartlarga sharhlar to‘plami. – T. “NORMA”, 2010. 307-b PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 367 obyekti bo‘yicha yuritiladi (AV-6-son shakl). Asosiy vositalar obyektlari guruhlarini hisob olishning inventar kartochkasi - bir birligi uchun bir xil qiymatga ega, foydalanish maqsadi bir xil bo‘lgan bir turdagi obyektlar guruhi bo‘yicha yuritiladi (AV-6a-son shakl). - Asosiy vositalar obyektlarini hisobga olishning inventar daftari - foydalanishdagi asosiy vositalar obyektlarining soni unchalik ko‘p bo‘lmaganda inventar kartochkaning o‘rnida qo‘llanishi mumkin (AV-6b-son shakl). Odatda inventar daftarni kichik tadbirkorlik subyektlari yuritadi. Inventar kartochka har bir inventar obyektiga ochiladi. Inventar kartochkalar asosiy vositalarni amortizatsiya guruhiga qo‘shilishi tasnifini qo‘llanishiga qarab kartotekalarga, kartotekalarning ichida esa bo‘limlarga, kichik bo‘limlarga, sinflarga va kichik sinflarga - foydalanish joyi bo‘yicha (korxonaning tarkibiy bo‘linmalari bo‘yicha) guruhlanishi mumkin. Asosiy vositalar obyektlarining soni katta bo‘lmagan korxonalar obyektlar bo‘yicha hisobga olishni asosiy vositalar obyektlari to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni ularning turlari va joylashgan joyi bo‘yicha ko‘rsatish bilan inventar daftarda amalga oshirishi mumkin. Inventar kartochkani to‘ldirish, asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomalari, asosiy vositalar inventar obyektini texnik pasportlari va ularni xarid qilish, qurish, o‘tkazish va chiqib ketishi bo‘yicha boshqa hujjatlarga asosan amalga oshiriladi. Inventar kartochka (inventar daftar)da quyidagilar keltirilgan bo‘lishi kerak: asosiy vositalar obyektlari to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar, uning foydali ishlatilish muddati; amortizatsiya hisoblash usullari; amortizatsiya hisoblanmasligi to‘g‘risida belgi (agar joy nazarda tutilgan bo‘lsa); obyektning alohida xususiyatlari. Xarid qilishda qiymati chet el valyutasida ifodalangan asosiy vositalar obyektlari bo‘yicha ma’lumot tartibida uning chet el valyutasidagi shartnoma qiymati ham ko‘rsatiladi. Asosiy vositalar obyektlari guruhlarini hisob olishning inventar kartochkasi (AV-6a-son shakl)da yozuvlar to‘g‘ri chiziqli usulda amalga oshiriladi, qisqa tavsif esa mazkur registrda hisobga olinadigan obyektlar guruhi bo‘yicha umumiy holda PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 368 keltiriladi. Bunda har bir obyekt guruhlariga alohida inventar raqami beriladi. Buxgalteriya hisobiga qabul qilingan asosiy vositalar obyektlarining hamda chiqib ketayotgan asosiy vositalar obyektlarining inventar kartochkalari oy mobaynida (oy oxirigacha) boshqa asosiy vositalarning inventar kartochkalaridan alohida joyda turishi mumkin. Barcha inventar kartochkalardagi summalarning umumiy yakuniy summasini, asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar (0100)ning va 0310 «Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar» schyotining hisobot oyi oxiridagi qoldig‘i bilan buxgalteriya tekshiruvini har oyda o‘tkazish majburiy bo‘lib hisoblanadi. Agar asosiy vositalar obyektining qo‘shimcha qurish, qo‘shimcha tarzda asbob-uskunalar bilan jihozlash, rekonstruktsiya qilish, modernizatsiya qilish natijasida uning boshlang‘ich qiymatini ko‘paytirish to‘g‘risida qaror qabul qilinsa, u holda inventar kartochkada asosiy vositalar obyektining boshlang‘ich qiymatiga tuzatishlar aks ettiriladi. Ko‘rsatilgan inventar kartochkada tuzatishni aks ettirish qiyin bo‘lsa, u holda qo‘shimcha qurish, qo‘shimcha tarzda asbob-uskunalar bilan jihozlash, rekonstruktsiya qilish, modernizatsiya qilishni tavsiflovchi yangi ko‘rsatkichlarni aks ettirish o‘rniga yangi inventar kartochka (oldin berilgan inventar raqamni saqlagan holda) ochiladi. Bu asosiy vositalarni qayta baholashga ham tegishlidir. Asbob-uskunalarni, shu jumladan o‘rnatishni talab qiladiganlarini rasmiylashtirish uchun quyidagi boshlang‘ich hujjatlardan foydalaniladi: - Asbob-uskunalarni qabul qilish (kelib tushishi) to‘g‘risidagi dalolatnoma (AV-14-son shakl). - Asbob-uskunalarni o‘rnatishga qabul qilish to‘g‘risidagi dalolatnoma (AV-15-son shakl). - Asbob-uskunalarda aniqlangan nosozliklar to‘g‘risidagi dalolatnoma (AV- 16-son shakl). Asbob-uskunalarda aniqlangan nosozliklar to‘g‘risidagi dalolatnoma (AV- 16-son shakl) asbob-uskunalarni o‘rnatish, sozlash yoki sinash jarayonida, shuningdek nazorat natijasi bo‘yicha aniqlangan nosozliklar bo‘yicha tuziladi va PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 369 mol yetkazib beruvchining manziliga da’vo materiallarini yoki da’vo arizasini shakllantirish uchun hujjatlar jildining hujjatlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. 67 Asosiy vositalar obyektlari korxona ichida tez-tez bir tarkibiy bo‘linmadan boshqasiga o‘tkazib turiladi. Tarkibiy bo‘linmalarning buxgalteriya hisobida asosiy vositalar obyektlarini ichki harakati bo‘yicha yozuvlarni aks ettirish uchun asos bo‘lib «Asosiy vositalar obyektini ichki harakati yukxati» (AV-2-son shakl) hisoblanadi. «Asosiy vositalar obyektini ichki harakati yukxati» (AV-2-son shakl) berayotgan bo‘linma tomonidan uch nusxada to‘ldiriladi, oluvchi va topshiruvchi tarkibiy bo‘linmaning mas’ul shaxslari tomonidan imzolanadi. Birinchi nusxa buxgalteriyaga beriladi, ikkinchi nusxa asosiy vositalarni berayotgan bo‘linmaning moddiy javobgar shaxsida qoladi, uchinchi nusxa esa asosiy vositalarni oluvchi bo‘linmaga yo‘naltiriladi. Asosiy vositalar obyektlarini o‘tkazilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar korxonaning buxgalteriyasida saqlanadigan mazkur asosiy vositalar obyektiga ochilgan inventar kartochkaga kiritiladi. Download 356.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling