Дарслик мбх doc


Download 207.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/16
Sana26.01.2023
Hajmi207.7 Kb.
#1129482
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
18- MAVZU HISOBOTLARNI TUZISH VA TAQDIM ETISH

 
Buxgalteriya hisoboti 
hisobot davri uchun korxonafaoliyatining 
natijalari, tegishli tarzda 
tasdiqlanganshakllarda taqdim etiladigan, 
o‘zaro bog‘liq ko‘rsatkichlar to‘plami 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


662 
Korxonaning joriy faoliyati ma’muriyat tomonidan boshqaruv funksiyalarini 
safarbar qilish yo‘li bilan amalga oshirilib, uning natijalari buxgalteriya hisobi 
tizimida aks ettiriladi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan ma’lum vaqt 
oralig‘ida amalga oshirilgan xo‘jalik muomalalari to‘g‘risidagi axborotlar tegishli 
hisob registrlarida umumlashtiriladi va guruhlangan holda ulardan buxgalteriya 
hisobotlariga o‘tkaziladi. Buxgalteriya hisobini huquqiy-me’yoriy tartibga solish 
tizimida hisobot korxonaning mulkiy va moliyaviy ahvoli hamda moliya-xo‘jalik 
faoliyati natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning yagona tizimi sifatida qaraladi. 
Hisobotlar ma’lum hisobot davri uchun belgilangan shakllar bo‘yicha tayyorlangan 
buxgalteriya hisobi axborotlari asosida tuziladi. O‘z navbatida hisobot davri – bu 
korxona moliyaviy hisobotini tuzishi lozim bo‘lgan davr. 
Hisobot – xo‘jalik yurituvchi subyektlarning o‘tgan vaqt ichidagi ishlari 
natijalari va sharoitlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar majmui bo‘lib, undan faoliyatini 
tahlil, nazorat qilish va boshqarish maqsadida foydalaniladi.
Hisobot – ma’lum bir davr mobaynida amalga oshirilgan biznes 
oparatsiyalari natijalari tog‘risidagi ma’lumotlar majmuidir. Hisobot faoliyatning 
ma’lum bir davr oralig‘ini tahlil qilish va boshqarish uchun asos bo‘lib xizmat 
qiladi
142

Hisobot tuzish va taqdim etish «Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim 
etish uchun konseptual asos» va 1-sonli «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot» 
nomli BHMS bilan tartibga solinadi. Konseptual asos maqsadi quyidagilarga 
yordam berishdan iborat: 
1. Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot tizimini tartibga soluvchi davlat 
organi - O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga - buxgalteriya hisobi milliy 
standartlarini (keyingi o‘rinlarda BHMS) rivojlantirish va ularni qayta ko‘rib 
chiqishda. 
2. Moliyaviy hisobotni tayyorlovchi shaxslarga - BHMS dan foydalanishda. 
3. Auditorlarga - BHMS moliyaviy hisobotiga mos keladigan xulosalarni 
tayyorlashda. 
142
Financial and manageri accounting, 12 e, Carl S.Warren, James M.Reeve, Janathan 1109 page 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


663 
4. Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarga - moliyaviy hisobotdagi 
ma’lumotlarni tahlil qilishda. 
Konseptual asos BHMS hisoblanmaydi va biron-bir nizoli masalani baholash 
yoki tushuntirish uchun uning ta’riflarini o‘z ichiga olmaydi. Ushbu konseptual 
asosdagi mavjud qoidalar buxgalteriya hisobining alohida bir standartini rad 
etmaydi. 
Ayrim hollarda, agar konseptual asos bilan BHMS o‘rtasida ziddiyatlar 
bo‘lsa, - BHMSning talablari konseptual asos talablaridan ustun kelsa, O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi BHMSni ishlab chiqishda ushbu konseptual asosga 
amal qiladi va ana shu ziddiyatlarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘radi. 
Konseptual asos buxgalteriya standartlarining amaliy faoliyatini hisobga 
olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ko‘rib chiqiladi. 
Quyidagilar ushbu konseptual asosning asosiy jihatlaridir: 
1. Moliyaviy hisobotning maqsadi. 
2. Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot tamoyillari. 
3. Moliyaviy hisobotlarning elementlarini ta’riflash, e’tirof etish va o‘lchash. 
Konseptual asos moliyaviy hisobotga, shu jumladan birlashtirilgan moliyaviy 
hisobotga aloqadordir. Moliyaviy hisobot foydalanuvchilar keng doirasining 
axborotga bo‘lgan talabini qondirish uchun tuziladi va vaqti-vaqti bilan taqdim 
etiladi. Moliyaviy hisobot ko‘pchilik foydalanuvchilar uchun asosiy moliyaviy 
axborot hisoblanadi. Ayrim foydalanuvchilar, tegishli vakolatlar bo‘lganda, 
moliyaviy hisobotda bor bo‘lgan axborotga qo‘shimcha axborotni talab qilishlari 
mumkin. 
Moliyaviy hisobotlar moliyaviy hisobotning tarkibiy qismi hisoblanadi va 
BHMS bilan belgilanadi. Moliyaviy hisobot ana shu hisobotlarga asoslangan yoki 
ular bilan bog‘liq bo‘lgan izohlar, mo‘ljallar va tushuntirishlarni ham o‘z ichiga 
oladi. Bunday axborot sanoat va jo‘g‘rofiy hududlarning faoliyat turlari 
to‘g‘risidagi moliyaviy axborotni aks ettirishi va narxlar o‘zgarishining moliyaviy 
natijalarga ta’sirini tushuntirib berishi kerak. 
Barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy hisobotni tayyorlash va 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


664 
taqdim etishda konseptual asosga amal qilishlari kerak. 
Haqiqiy va bo‘lg‘usi investorlar, kreditorlar, mahsulot yetkazib beruvchilar, 
xaridorlar, xodimlar, shuningdek hukumat muassasalari, vazirliklar, idoralar, 
jamoatchilik va boshqa manfaatdor foydalanuvchilar moliyaviy hisobotdan 
foydalanuvchilar qatoriga kiradi. Moliyaviy hisobot axborotiga ehtiyoj 
quyidagilarda vujudga keladi: 
1. Berilgan investitsiyalar bilan bog‘liq xatarlar munosabati bilan 
investorlarda. Aksiyadorlar ham ular xo‘jalik subyektining dividendlarni to‘lash 
qobiliyatini baholashga imkon beradigan va aksiyalarni sotib olish, saqlash yoki 
sotish kerakmi yoki yo‘qligini belgilashga ko‘maklashadigan axborotdan 
manfaatdordirlar. 
2. O‘zlariga tegishli kreditlar va foizlar o‘z vaqtida to‘lanadimi yoki yo‘qmi 
ularni aniqlashga imkon beradigan axborotdan manfaatdor bo‘lgan kreditorlarda. 
3. O‘zlariga tegishli summa o‘z vaqtida to‘lanadimi yoki yo‘qmi aniqlashga 
imkon beradigan axborotdan manfaatdor bo‘lgan mahsulot yetkazib beruvchilar va 
boshqa savdo kreditorlarida; 
4. Xo‘jalik yurituvchi subyektning uzluksiz faoliyati to‘g‘risidagi axborotdan 
manfaatdor bo‘lgan xaridorlarda, ayniqsa ular uzoq muddatli bitimga ega bo‘lsalar 
yoki mazkur xo‘jalik yurituvchi subyektga bog‘liq bo‘lsalar; 
5. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyati barqarorligi va rentabelligi 
to‘g‘risidagi axborotdan manfaatdor bo‘lgan xodimlarda. Ular ham xo‘jalik 
yurituvchi subyektning o‘z ish haqlarini, pensiyalarini va keyinchalik ham yollash 
bo‘yicha ishlash imkoniyatlarini ta’minlash qobiliyatiga baho berish imkonini 
yaratadigan axborotdan manfaatdordirlar; 
6. Resurslarning taqsimlanishi va binobarin, subyektlarning faoliyati 
to‘g‘risidagi axborotdan manfaatdor bo‘lgan davlat boshqaruvi organlarida. Ularga 
ham xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyatini tartib ga solib turish, soliqqa 
tortish siyosatini belgilash uchun va milliy daromadni hamda boshqa statistik 
ma’lumotlarni aniqlash uchun asos sifatida axborot kerak; 
7. Jamoatchilikda ham, chunki xo‘jalik yurituvchi subyektlar mahalliy 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


665 
iqtisodiyotga ko‘pgina usullar bilan, shu jumladan aholini ish bilan ta’minlash va 
mahalliy mahsulot yetkazib beruvchilarni qo‘llab-quvvatlash bilan katta hissa 
qo‘shishi mumkin. Moliyaviy hisobot jamoatchilikni taraqqiyot yo‘nalishlari va 
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning farovonligini yaxshilashda erishilgan so‘nggi 
yutuqlar to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlab, ularga yordam beradi. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektning rahbari moliyaviy hisobotning tuzilishi va 
taqdim etilishi uchun javobgardir. Rahbar o‘z ehtiyojlarini qondirish maqsadida 
qo‘shimcha axborotning shakli va mazmunini belgilash huquqiga egadir. Biroq 
bunday qo‘shimcha axborot shakllarini muhokama qilish mazkur konseptual asos 
doirasidan chiqadi. 
Moliyaviy hisobotning maqsadi xo‘jalik subyektining moliyaviy ahvoli, 
faoliyati, moliyaviy ahvolidagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi axborotni taqdim etishdan 
iborat. Biroq moliyaviy hisobot iqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun 
foydalanuvchilarga zarur bo‘lgan butun axborotni o‘z ichiga olmaydi, chunki 
hisobot asosan avvalgi voqealarning natijalarini aks ettiradi. 
Moliyaviy hisobot quyidagilar uchun ham axborotni saqlaydi: 
1. Investitsiya qarorlarini va kreditlar berishga doir qarorlarni qabul qilish; 
2. Xo‘jalik yurituvchi subyektning bo‘lg‘usi pul oqimiga baho berish; 
3. Xo‘jalik yurituvchi subyektga ishonib topshirilgan resurslar munosabati 
bilan uning resurslariga, majburiyatlariga baho berish; 
4. Rahbar organlarning ishiga baho berish. 
Hisobot axborotlari sotilgan mahsulot, ish va xizmatlar, ularni ishlab 
chiqarish xarajatlari, xo‘jalik mablag‘lari va ularni tashkil bo‘lish manbalari, 
ishlarning moliyaviy natijalari, soliqqa tortish va dividendlar to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘z faoliyati ustidan kundalik nazoratni 
hujjatlar va hisobot registrlariga asosan olib boradilar. Lekin uzoq vaqt (oy, 
chorak, yil) davomida xo‘jalik faoliyatini yakunini bilish uchun bu ma’lumotlar 
yetarli emas. Ularni umumlashtirish va tizimga keltirish zarur. Bunga hisobot 
tuzish yo‘li bilan erishiladi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


666 
Hisobotning asosiy vazifasi mahsulotning sifati va assortimentini oshirish, 
«Nou - Xau» va boshqa tadbirlar ishlab chiqish hisobiga korxona faoliyatini o‘sish 
va rivojlanish rezervlarini qidirib topish va bozorda barqarorligini ta’minlash 
bo‘lib hisoblanadi. Hisobot ma’lumotlari bo‘yicha rahbar mulkdorlar va 
ta’sischilar va boshqa boshqaruv va nazorat tizimi (banklar, moliyaviy organlar) 
yuqori va hukumat rasmiy va boshqaruv orgnalari oldida hisobot beradi. 
Birinchi navbatda, shuni aytish joizki, korxonalar (xorijiy investitsiyali 
korxonalardan tashqari) majburiy tartibda quyidagi foydalanuvchilarga chorak va 
yillik hisobotini topshiradi: 

ta’sis hujjatlariga binoan mulkdorlar (mulkni boshqarish bo‘yicha 
vakolatli organlar, ta’sischilar); 

davlat soliq inspektsiyasiga (bir nusxa); 

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan korxona faoliyatini 
ayrim tomonlarini tekshirish va tegishli hisobotni olish vazifalari yuksaltirilgan 
boshqa davlat organlariga. 
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga 
binoan: - barcha korxona va muassasalar uchun hisobot yili 1-yanvardan 31-
dekabrgacha bo‘lgan davr hisoblanadi. 
- yangi tashkil etilgan korxona va muassasalar uchun birinchi hisobot yili 
bo‘lib, ular yuridik huquqqa ega bo‘lgan sanadan shu yilning 31-dekabrigacha 
bo‘lgan davr hisoblanadi. 1-oktabrdan keyin tashkil etilgan (tugatilgan, qaytadan 
tashkil etilgan) korxonalar va ularning strukturaviy bo‘linmalari asosida tashkil 
etilganlardan tashqari korxonalar uchun ularning yuridik huquqqa ega bo‘lgan 
sanadan keyin yilning 31-dekabrigacha bo‘lgan davrni birinchi hisobot yili davri 
hisoblashga ruxsat beriladi. 
- korxonalar choraklik va yillik buxgalteriya hisobotlarini O‘zbekiston 
Respubilkasi Moliya Vazirligi tomonidan belgilangan muddatlarda topshiradilar. 
Hisobotlar, bosh buxgalter, korxonaning buxgalteriya hisoboti shartnoma 
asosida ixtisoslashgan tashkilot yoki mutaxassis tomonidan yuritilsa, hisob 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


667 
yurituvchi shaxs tomonidan imzolanadi. 
Shuni ham eslatib o‘tish kerakki, korxonaning xo‘jalik faoliyati natijalari, 
mulkiy va moliyaviy holati to‘g‘risidagi yillik buxgalteriya hisoboti 
foydalanuvchilar (birja, xaridor, mol yurituvchi va boshqalar) uchun ochiq bo‘lib 
nashr etilishi mumkin. Nashr etilgan hisobotning to‘g‘riligi mustaqil auditorlik 
tashkiloti tomonidan tasdiqlanadi. 
Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar qabul qiladigan iqtisodiy qarorlar 
xo‘jalik yurituvchi subyektning pul mablag‘larini ko‘paytirish, ularning ko‘payish 
vaqtini hisob-kitob qilish va natijaga erishishga umid qilishdagi qobiliyatini 
baholashni talab qiladi. Bunday qobiliyat pirovard natijada masalan, xo‘jalik 
yurituvchi subyekt o‘z xodimlari va mahsulot yetkazib beruvchilariga haq to‘lay 
oladimi, foizlarni to‘lab turadimi, kreditlarni uza oladimi va daromadni (foydani) 
taqsimlay oladimi yoki yo‘qmi ularni aniqlaydi. 
Foydalanuvchilar pul mablag‘larini ko‘paytirish qobiliyatini yaxshiroq 
baholaydilar, agar u xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy ahvoli faoliyatini 
va moliyaviy ahvolidagi o‘zgarishlarni aks ettiradigan axborot bilan ta’minlangan 
bo‘lsa. 
Xo‘jalik yurituvchi subyekt nazorat qilib turadigan iqtisodiy resurslar, uning 
moliyaviy 
tuzilmasi, 
likvidligi, 
to‘lovga 
qobiliyati, 
ishlayotgan 
muhit 
o‘zgarishlariga munosabat bildira olishi xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy 
ahvoliga ta’sir o‘tkazadi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt nazorat qilib turadigan 
iqtisodiy resurslar haqidagi va uning ana shu resurslarni qayta ishlash qobiliyati 
to‘g‘risidagi 
axborotlar 
xo‘jalik 
yurituvchi 
subyektning 
kelgusida 
pul 
mablag‘larini va ularning ekvivalentini ko‘paytirish imkoniyatini prognozlash 
uchun zarurdir. Moliyaviy ahvol haqidagi axborot kelgusida kreditlarga bo‘lgan 
ehtiyojni aniqlash uchun, shuningdek keladigan daromadlar bilan pul oqimlarini 
xo‘jalik yurituvchi subyektning aksiyalariga (payiga) ega bo‘lganlar o‘rtasida 
taqsimlashda zarurdir, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyekt keyinchalik o‘zining 
moliyaviy ahvolini qanchalik muvaffaqiyat bilan yaxshilay olishini aniqlash uchun 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


668 
zarurdir. Likvidlik va to‘lovga qobiliyat haqidagi axborot xo‘jalik yurituvchi 
subyektning moliyaviy majburiyatlarini o‘z vaqtida to‘lay olishini aniqlash uchun 
zarurdir. Likvidlik yaqin kelgusida ana shu davr ichidagi moliyaviy 
majburiyatlarni to‘lash uchun pul mablag‘lari mavjudligini anglatadi. To‘lov 
qobiliyati moliyaviy majburiyatlarni o‘z vaqtida to‘lash uchun pul mablag‘lari 
mavjudligini anglatadi. 
Xo‘jalik 
yurituvchi 
subyektning 
faoliyat 
ko‘rsatkichlari, 
uning 
rentabelligining o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risidagi axborot iqtisodiy 
resurslardagi potensial o‘zgarishlarni baholash uchun talab etiladi. Bunday axborot 
kelgusida nazoratni amalga oshirishga imkon beradi, shuningdek xo‘jalik 
yurituvchi subyektning faoliyatidagi o‘zgarishlar haqidagi muhim axborot hamdir. 
Faoliyat haqidagi axborot xo‘jalik yurituvchi subyektning mavjud resurslar 
bazasidan pul mablag‘lari to‘play olishini prognozlash uchun zarurdir, bu esa 
korxona qo‘shimcha resurslarni jalb qilishi mumkin bo‘lgan samaradorlikka baho 
berishni shakllantirishda muhimdir. 
Pul oqimlari haqidagi axborot xo‘jalik yurituvchi subyektning pul 
mablag‘larini jalb qilish qobiliyatiga baho berish uchun zarurdir, bu esa 
foydalanuvchilarga har xil xo‘jalik yurituvchi subyektlarining pul oqimlarini 
baholash va taqqoslash uchun yangi usullar ishlab chiqishga imkon beradi. 
Moliyaviy hisobotlar o‘zaro bir-biri bilan bog‘langandir, chunki ular xo‘jalik 
faoliyatiga doir bir xil holatlarning har xil jihatlarini aks ettiradi. Har bir hisobot 
bitta maqsadga xizmat qilmaydigan va foydalanuvchilarning muayyan ehtiyojlarini 
aniqlash uchun zarur bo‘lgan butun axborotni bermaydi. Masalan, moliyaviy-
xo‘jalik faoliyatning natijalari to‘g‘risidagi hisobot, agar undan buxgalterlik 
balansi va pul oqimlari haqidagi hisobot bilan uyg‘unlikda foydalanilmasa, 
faoliyatning butun manzarasini aks ettirmaydi. 
Elementlar – bu moliyaviy hisobotlarga kiritilishi lozim bo‘lgan 
moddalarning guruhlaridir. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


669 

Download 207.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling