Дарслик мбх doc
Moliyaviy hisobot elementlari
Download 207.7 Kb. Pdf ko'rish
|
18- MAVZU HISOBOTLARNI TUZISH VA TAQDIM ETISH
Moliyaviy hisobot elementlari.
Elementlar Xususiyati Aktivlar 1. – bu o‘tgan xo‘jalik muomalalari va hodisalari natijasida xo‘jalik subyekti tomonidan nazorat qilinadigan iqtisodiy resurslar bo‘lib, ular kelajakda foyda keltirishi ehtimoliga ega. Aktiv sifatida ko‘rib chiqilayotgan resurslar quyidagilarga mos bo‘lishi shart: a. Kelgusida iqtisodiy foyda keltirishi kerak. b. Nazorat qilinishi kerak. Egalik huquqiga asosan xo‘jalik subyektiga tegishli bo‘lishi kerak. s. Oldingi xo‘jalik muomalalarini natijalari bo‘lishi kerak (ya’ni joriy vaqtda zaxiralar sifatida haqiqatdan ham mavjud bo‘lishlari kerak, yoki ishlab chiqarishda, yaratishda yoki yo‘lda bo‘lishlari kerak). 2.Majburiyatlar – bu xo‘jalik subyektining o‘tgan xo‘jalik muomalalari va hodisalarni amalga oshirish natijasidagi majburiyatlar bo‘lib, ularni hisob-kitob qilish aktivlarning topshirilishi yoki ishlatilishiga, xizmatlarning ko‘rsatilishi, yoki boshqa kelgusi iqtisodiy foydaning kamayishiga olib kelishi mumkin. Ko‘rib chiqilayotgan majburiyatlar quyidagilarga mos bo‘lishlari shart: a. Kelgusida iqtisodiy foyda keltirishi kerak bo‘lgan aktivlarni o‘tkazishlari kerak. b. Muqarrar bo‘lishlari kerak. s. Oldingi xo‘jalik muomalalardan kelib chiqishlari kerak. 3. Aktsionerlik kapitali /sof aktivlar – bu majburiyatlar chiqarib tashlangandan keyingi xo‘jalik subyektining aktivlardagi egalik ulushidir. Hisobotdagi aktivlardan majburiyatlarni chiqarilgandan keyingi qoldiq ulushini tashkil qiladi. 4. Daromadlar – bu subyektning xo‘jalik faoliyatini natijasida, odatda, ijara haqi, foizlar, litsenziya to‘lovlari va dividendlar shaklida daromad keltiradigan faoliyat, ya’ni tovarlarning sotilishi, xizmatlarning ko‘rsatilishi yoki boshqa shaxslarning xo‘jalik subyektlarining resurslaridan foydalanishi natijasida aktivlarning kelib tushishi yoki majburiyatlarning kamayishi orqali ro‘y beradigan iqtisodiy resurslarning ko‘payishidir. Xo‘jalik muomalalardan olinadigan daromadning ikki muhim xususiyati: a. Tasodifiy yoki investitsion xo‘jalik muomalalari natijasida emas balki daromad olishga qaratilgan korxonaning asosiy faoliyati natijasidagi xo‘jalik muomalalaridan olinadigan daromad. b. Daromad olish bo‘yicha asosiy faoliyat takrorlanadigan va uzluksiz jarayondir. 5. Xarajatlar – bu foydani ko‘paytirish maqsadida xo‘jalik faoliyatidan kelib chiqadigan aktivlarning kamayishi yoki majburiyatlarni o‘z zimmasiga olish orqali ro‘y beradigan iqtisodiy resurslarning kamayishidir. Xarajatlarning muhim xususiyati shundaki, ular kompaniyaning dapromad olishi jarayoni bilan bir vaqtda amalga oshirilishi kerak. 6. Foyda – bu xo‘jalik subyektiga ta’sir etadigan asosiy va asosiy bo‘lmagan faoliyat, xodisalar, sharoitlar natijasida kapitalning ko‘payishi bo‘lib xususiy kapitalga to‘lanadigan badallar bundan mustasnodir. Xo‘jalik muomalalarining xususiyati shunga shubxa tug‘dirmasligi kerak-ki, bu: (1) asosiy faoliyatdan daromad olish bo‘yicha xo‘jalik muomalalari va (2) Ustav kapitaliga qilinadigan badallar bo‘yicha xo‘jalik muomalasidir. 7. Zararlar – bu asosiy faoliyat va barcha boshqa xo‘jalik muomalalari, hodisalar, sharoitlar natijasida xususiy kapitalining kamayishi bo‘lib xarajatlar yoki xususiy kapitalining taqsimlanishi natijasidagi kamayish bundan mustasnodir. Xo‘jalik muomalalarining xususiyati shunga shubxa tug‘dirmasligi kerak-ki, bu: (1) chiqimlar bo‘yicha xo‘jalik muomalalari va (2) kapitalni taqsimlash bo‘yicha xo‘jalik muomalasidir. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 670 Hisobotning har bir shakli va undan foydalanish xo‘jalik mablag‘larini hamda ularni qoplash manbalarini tahlil qilishda batafsilroq ko‘rib chiqiladi. Birinchi uch guruh elementlar (aktivlar, majburiyatlar va aktsionerlik kapitali/sofaktivlar) to‘g‘risida – to‘g‘ri balans hisobotiga, keying to‘rt element esa (daromadlar, xarajatlar, foyda va zararlar) moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotga tegishlidir. Download 207.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling