Дарслик мбх doc


 Buxgalteriya hisobotlarini tuzish tartibi


Download 207.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/16
Sana26.01.2023
Hajmi207.7 Kb.
#1129482
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
18- MAVZU HISOBOTLARNI TUZISH VA TAQDIM ETISH

18.2. Buxgalteriya hisobotlarini tuzish tartibi 
Xo‘jalik yurituvchi subyektning hisobotlari uchta asosiy mezon bo‘yicha 
turkumlanadi:
v axborotlar hajmiga ko‘ra; 
v tuzilish maqsadiga ko‘ra; 
v davriyligi bo‘yicha. 
Hisobotdagi ma’lumotlar hajmiga ko‘ra xususiy hisobot va umumiy 
hisobotlarga bo‘linadi.
Xususiy 
hisobot 
xo‘jalik 
yurituvchi 
subyektning 
batta 
faoliyat 
uchastkasidagi ishi to‘g‘risidagi axborotlarni o‘z ichiga oladi. 
Xususiyhisobot-
faqatbirtarmoqqategishliaxborotlarnio‘zidamujasamlashtiradi.
143
 
Umumiyhisobot- umumiytarmoqlarbo‘yichaaxborotlarnio‘zichigaoladi.
144
Umumiy hisobot xo‘jalik yurituvchi subyektning butun moliya-xo‘jalik 
faoliyatini tavsiflaydi.
Hisobotlartayinlanishiga ko‘ra tashqi va ichki hisobotlarga bo‘linadi.
Tashqi hisobotlar xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyat tavsifi, 
daromadliligi mulkiy hamda moliyaviy ahvoli to‘g‘risidagi axborotdan tashqi 
foydalanuvchi-manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni axborot bilan ta’minlash 
vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari va 
O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunining 20-
moddasiga muvofiq tashqi yillik moliyaviy hisobot e’lon qilinishi lozim.
143
Financial and manageri accounting, 12 e, Carl S.Warren, James M.Reeve, Janathan 1109 page 
144
Financial and manageri accounting, 12 e, Carl S.Warren, James M.Reeve, Janathan 1109 page 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


671 
Tashqi hisobot asosan tashqi foydalanuvchilar uchun, ichki hisobot esa 
kompaniyaning ish faoliyatini rejalashtirish uchun xizmat qiladi. 
Ichki hisobotlar xo‘jalik yurituvchi subyektning ichki ehtiyojlaridan kelib 
chiqqan holda tuziladi. 
Hisobot qamrab oladigan davrlar bo‘yicha davriy (joriy) va yillik 
hisobotlarga bo‘linadi.
Hisobot davrlar bo‘yicha guruhlanishi asosan joriy va yillik hisobotlarga 
bo‘linadi
145

Korxonaning yillik buxgalteriya hisoboti tegishli organlarga topshirishidan 
oldin ta’sis hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. 
O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonun bilan 
yillik hisobotning quyidagi shakllarini tuzish nazarda tutilgan: 
1 - «Korxona balansi» (1-shakl). 
2 - «Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot» (2-shakl). 
3 - «Pul oqimi to‘g‘risida hisobot» (4-shakl). 
4 - «Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot» (5-shakl). 
Yuqoridagi hisobot shakllariga izohlar hisob-kitoblar va tushuntirishlar ilova 
qilinadi. 
Balans chorak va yillik hisobot tarkidiga kiritiladi. Bu «netto» nomli balans 
bo‘lib, foydalanuvchilarga korxonaning sof qiymatining hajmi to‘g‘risida axborot 
beradi. Chunki mumkin qiymati jami ko‘rsatkichga quyidagi moddalar bo‘yicha 
eskirishni chiqarib tashlab ko‘rsatiladi. 
Asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va boshqalar, foyda summasi esa, 
jamiga faqat hisobot davrida tasdiqlanmagan foyda hajmigina qo‘shiladi. Lekin 
xo‘jalik faoliyatini tahlil etish maqsadida balansda quyidagi ko‘rsatkichlar saqlanib 
kelgan: dastlabki qiymat va ularning eskirishi, olingan foyda. 
Sho‘ba korxonalari, filiallar va vakilliklariga ega bo‘lgan korxonalar 
konsolidallashgan (birlashgan) moliyaviy hisobot tuzadi. 
Sho‘ba korxonalarga qo‘yilgan qo‘yilmalar bosh korxonaning moliyaviy 
145
Financial and manageri accounting, 12 e, Carl S.Warren, James M.Reeve, Janathan 1110 page 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


672 
hisobotida uning moliyaviy qo‘yilmalari sifatida aks ettiriladi. 
Yuridik shaxslar o‘zlarining filiallari, vakilliklari va boshqa strukturaviy 
bo‘linmalarini mustaqil balansga ajratishi mumkin, lekin ularning balansi va 
boshqa hisobot shakllari tegishli yuridik shaxsining konsolidatsiyalashgan 
hisobotiga, albatta, qo‘shiladi. 
Konsolidatsiyalashgan hisobotga bosh korxonaning moliyaviy hisoboti 
andozasiga binoan tuziladi. Lekin vazirliklar, idoralar va byudjet tashkilotlari 
bo‘yicha tuziladigan yig‘ma moliyaviy hisobotlar bundan mustasno. 
Moliyaviy hisobot yil boshidan yig‘ilib boruvchi jami bilan har chorakdan 
tekshiriladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan 
muddatlarda topshiradi. 
Ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan Moliyaviy hisobot topshirish bo‘yicha boshqa 
muddatlar belgilanishi mumkin. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning yillik moliyaviy hisoboti qiziquvchi 
banklar, birjalar, investorlar, kreditorlar va boshqalar uchun ochiq hisoblanadi. 
Ochiq tipdagi aktsionerlik jamiyatlari, sug‘urta kompaniyalari, banklar, fond 
va tovar birjalari, investitsiya fondlari va boshqa moliyaviy muassasalar, hisobotda 
keltirilgan ma’lumotlar to‘g‘riligini auditorlar tomonidan tasdiqlagandan so‘ng 
yillik moliyaviy hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning birinchi mayigacha
albatta, nashr etishlari kerak. 
Xo‘jalik yurituvchi subyekt tugatilganda xotima moliyaviy hisobot tuziladi. 
Korxonani tugatish bo‘yicha muammolarning buxgalteriya hisobi, tugatish 
balansi va hisobotini tuzish, aktivlar qiymatini aniqlash ishlari tugatish 
komissiyasiga yuklatiladi. 
Umidsiz qarzlar va zararlar tugatish balansiga qo‘shiladi. 
Tugatish balansida majburiyatlar ularning qaytarish vaqtiga hisoblangan 
foizlar bilan birga aks ettiriladi. 
Konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobot ma’lum yuridik va moliya-xo‘jalik 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


673 
munosabatlarida bo‘lgan ikki va undan ortiq korxonalarning hisobotlarini 
umumlashtirishdan iborat.

Download 207.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling