Дарслик мбх doc
Download 207.7 Kb. Pdf ko'rish
|
18- MAVZU HISOBOTLARNI TUZISH VA TAQDIM ETISH
Konsolidatsiyalash
zaruriyati asosan tashqi omil, ya’ni tashqi foydalanuvchilar talab va ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Investorlarga konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobot, bir tomondan, guruh aktivlari va kapitalining umumiy miqdorini (uning imkoniyatlarini) baholash uchun zarur. Boshqa tomondan, guruhning o‘zi konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotni taqdim etishdan manfaatdor. Chunki, bu o‘zining to‘lov layoqatini va moliyaviy barqarorligini ko‘rsatish uchun ham zarur. Xalqaro Hisobot Tashabbusi (XHT) va Barqarorlik hisoboti. 147 XHT o‘z ishini 1997-yilda Ceres tashkiloti ostida boshladi. 2002-yilda uning ilk erkin hisobot statistikasi taqdim etilganda Ceres qaramog‘idan chiqdi. Quyidagi 147 “An Introduction to Accounting Theory” Gabriel Donleavy. 2016 yil 141-149 betlar PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 677 yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan: globallashtiruv, global boshqaruvning yangi shakllarini izlash, ma’lum iqtisodiy holatlarning roli va boshqalar. Braziliya, Hindiston, Janubiy Afrika kabi davlatlarning hukumati ham bozori ham ishonchli hisobotlarga tayanadi. Ishonchli hisobotlar bo‘yicha XHT dunyoning eng ishonchli statistika manbasidan bo‘lgan va statistika tizimida eng so‘nggi ularning avlodi J-4 hisoblanadi. Yillik xabar berishlaricha XHT tashkil qilingan XHT ma’lumotlarining foydali tomonlaridano‘z ichiga quyidagilarni oladi: • ommaviy iqtisodiyotda samarali boshqaruv. • tashqi partiyalar bilan aloqasi bo‘lgan kompaniyaga ko‘proq e’tibor berish. • statistik hisobot funksiyalar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni ta’minlaydi. • yordamchilar tashkilotning tabiiy, insoniy va ijtimoiy kapitalga bo‘lgan hissasini baholash uchun o‘zining qobiliyatini kuchaytiradi. • narxlarning o‘zgaruvchanligidagi bo‘lgan ulushini kamaytirishi mumkin. J-4 hisobotning ikki turi mavjud: 1. Umumiy standart hisoboti. Bu hisobot umumiy holda beriladi, korxona faoliyati haqida bayonot va uning ishlab chiqarish jarayoni yoritiladi. Bular ularning materiallar bo‘yicha tahlilidan qat’i nazar korxonalar uchun muhimdir. Korxonaning istiqbolda qachongacha dosh berishi va bu jarayonga investorlarni qanday jalb qilishi, to‘g‘rilik yo‘li bilan qanday bartaraf etishiga qarab umumiy standart hisobot berishning 7 turi bor. 2. Maxsus standart hisoboti. Bu hisobot firmalar o‘zlarining mol-mulklarini qanday boshqarishlari haqida tushuntiradigan, atrof-muhitni va aholiga ta’sir ko‘rsatishi, raqobatga dosh bera olishini ta’minlash haqida yoritiladigan J-4 hisobotning tarkibiga kiradigan boshqaruv hisobotidir. Boshqaruv hisobotida 3 jihatga e’tibor beriladi: mol-mulklar holati haqida,ularniqandayboshqarish va baholash kerakligiga. Xalqaro yig‘ma hisobot konsolidatsiyasi (XYHK). XYHK hisobotning mohiyati bilan shug‘ullanadi, qisqartmasi YH deb nomlanib, yig‘ma hisobot PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 678 korxonaning strategiyasi, boshqaruvi, ijro etishi va kelajakdagi rejalari, shuningdek, tashqi muhitdagi o‘rni bo‘yicha o‘zaro qisqa aloqasiga aytiladi. Shuni nazarda tutish lozimki, yig‘ma hisobot korxonaning moliyaviy holati haqidagi hisobot emas, balki korxonaning narx qo‘yishni qanday tanlashi kerakligi to‘g‘risidagi hisobotning yangi turi hisoblanadi. Yig‘ma hisobotning aniq auditoriyasi moliyaviy kapitalni ta’minlab beruvchilar sifatida tasdiqlanadi. Xalqaro yig‘ma hisobot konsolidatsiyasi shuni ta’kidlaydiki, yig‘ma hisobotning oliy maqsadi bu moliyaviy kapitalni ta’minlovchi investorlarga korxona ma’lum vaqt davomida narxni qanday tanlashini tushuntirishdir. Shuning uchun yig‘ma hisobot bir qancha ma’lumotlar, ham moliyaviy va ham boshqaruv ma’lumotlaridan tashkil topadi. Narx nafaqat firmaning bozordagi mahsuloti narxining ko‘tarilishini, balki xalqaro yig‘ma hisobot tasdiqlagan kapitalning 5 turidan istalgan birining ko‘tarilishini ham anglatadi. Bu kapitalga moliyaviy, ishlab chiqarish, intelektual, inson, ijtimoiy munosabatlar va tabiat kiradi. Korxonaning aktivlari va ishlab chiqarish hajmi kapitallardan ba’zi yoki bir qanchasining o‘zgarishiga olib keladi. Bular oshkor etilishi shart. Yig‘ma hisobot korxonaning biznes rejasi qanday degan savolga javob berishi lozim. Korxonaning biznes rejasi bu korxonaning strategik maqsadlari va narxlarni belgilashni aniqlashi kerakligi uchun uning aktivlari, ularning kirimi va samaradorligini yoritish tizimi hisoblanadi. Yig‘ma hisobot korxonaningboshqaruv strategiyasi qisqa, joriy va uzoq muddatli mavsumlarda narxni qanday qilib tanlash va ushlab turish kerakligiga javob berishi lozim. Download 207.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling