443
13-MAVZU. MODDIY, MEHNAT HAQI VA USTAMA
XARAJATLAR HISOBI
Reja
1. Xarajatlarni turkumlash.
2. Ishlab chiqarish xarajatlarining dastlabki va yig‘ma hisobi.
3. Turli mulk shakllari mavjud sharoitda xarajatlarni hisobga
olishtannarx hisoblashishning usullari.
4. Moddiy, mehnatga haq to‘lash hamda ijtimoiy sug‘urtaga
ajratmalar bo‘yicha xarajatlar hisobi.
5. Ishlab chiqarish tannarxiga qo‘shiladigan boshqa xarajatlar hisobi.
6. Yordamchi va umumishlab chiqarish xarajatlarining hisobi.
7.
Yaroqsiz mahsulot (ish, xizmat)lar va nobudgarchiliklar,
kelgusi davrxarajatlari hisobi.
8. Tugallanmagan ishlab chiqarishni baholash va hisobga olish.
Tayanch so‘z va iboralar: xarajatlarni
turkumlash, mahsulot tannarxiga
kiritiladigan
xarajatlar, b
evosita xarajatlar, bilvosita xarajatlar,
xarajatlarining
dastlabki va yig‘ma hisobi, davr xarajatlar hisobi
13.1. Xarajatlarni turkumlash
Xarajatlar hisobi buxgalteriya hisobi vazifalaridan
kelib chiqib quyi,
elementlar bo‘yicha guruhlanadi: Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarining
guruhlanishi.
Xarajatlar tarkibi O‘zbekiston Respublikasida «Mahsulot (ish va xizmat)lar
chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalar
shakllantirish
tartibi
to‘g‘risidagi
Nizom»da
belgilab
qo‘yilgan.
Ushbu
Nizomga
muvofiqxarajatlar ikki turga bo‘linadi;
1) mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar;
2) mahsulot tannarxiga kiritilmaydigan xarajatlar.
Bundan tashqari, moliyaviy faoliyat bo‘yicha hamda favqulodda xarajatlar
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com