Дарслик мбх doc
-Kelgusidagi xarajatlar va to‘lovlar rezervlari bo‘yicha hisob-
Download 146.54 Kb. Pdf ko'rish
|
13- MAVZU MODDIY, MEHNAT HAQI VA USTAMA XARAJATLAR HISOBI
89-Kelgusidagi xarajatlar va to‘lovlar rezervlari bo‘yicha hisob-
varaqlar. 8910-«Kelgusidagi xarajatlar va to‘lovlar rezervlari»; Elementlar va kalkulyatsiya moddalari bo‘yicha xarajatlar hisobini ta’minlash u hamma xarajatlar ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlari bo‘yicha 2010-hisobvaraq; guruhlanadi. 2010-«Asosiy ishlab chiqarish» hisobvarag‘i asosiy ishlab chiqarishga, mazkur korxonani tashkil etishdan mahsulot (ishlar va xizmatlar) yetishtirish maqsadida bo‘lgan ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun tayinlangan. 2310-«Yordamchi ishlab chiqarish»hisobvarag‘i asosiy ishlab chiqarish yoki korxonaning asosiy faoliyati uchun yordamchi bo‘lgan ishlab chiqarishlar xarajatlari to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun tayinlangan yordamchi ishlab chiqarish mahsulot va xizmatlari tsex hamda zavod bo‘limlari tomonidan ishlatiladi. Shuning uchun yordamchi ishlab chiqarish mahsulot va xizmat tannarxi ishlab chiqarishni boshqarish va unga xizmat ko‘rsatish xarajatlari tarkibiga kiritiladi. 2510-«Umumishlab chiqarish xarajatlari»hisobvarag‘i korxonaning asosiy yordamchi ishlab chiqarishlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xarajatlari to‘g‘risidama’lumotlarni umumlashtirish uchun tayinlangan. 2610-«Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulot»hisobvarag‘i ishlab chiqarishda braklar ko‘rilgan zararlar to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun tayinlangan. 2710-«Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar»hisobvarag‘ida korxonaning xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklari tomonidan mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlar hisobi amalga oshiriladi. 3110-«Kelgusi davr xarajatlari» hisobvarag‘i mazkur hisobot davrida qilingan ammo kelgusi hisobot davriga tegishli bo‘lgan xarajatlar to‘g‘risidagi PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 447 axboratumumlashtirish uchun tayinlangan. Ushbu hisobvaraq tarkibiga quyidagilar kiradi: telefon uchun oldindan to‘langan abonent to‘lovi, ijara to‘lovi, ro‘znoma va oynomalarga obuna qiymati va boshqa hisobvaraq aktiv bo‘lib iqtisodiy tarafdan xo‘jalik jarayonining holatini ko‘rsatadi. Shu davrning o‘zida tannarxni boshqarish qismining ishlab chiqarish ehtiyoji kelgan davr xarajatlari hamda to‘lovlari uchun rezerv mablag‘larini tashkil etilishini talab etadi. Shuning uchun yana bir 8910-«Kelgusidagi xarajatlari va to‘lovlar rezervlari hisobvarag‘i kerakdir. Ushbu hisobvaraq ishlab chiqarish yoki muomala sarflariga xarajatlar va to‘lovlarni bir me’yorda qo‘shish maqsadida belgilangan tartibda rezerv qilingan summalarning holati hamda harakati to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun tayyorlangan, hisobvaraq passiv bo‘lib, xo‘jalik jarayonining holatini tavsiflaydi. Uni yurgizish uchun esa Moliya Vazirligining ruxsati kerakdir. Download 146.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling