Darslik Mutaxassisliklar


Bunday qonuniyatlar pedagogikada ko‘p bo‘lib, quyidagilar bilan xarakterlanadi


Download 1.4 Mb.
bet11/110
Sana08.03.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1251049
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   110
Bog'liq
darslik Mutaxassislik fanlarni o‘qitish metodikasi .

Bunday qonuniyatlar pedagogikada ko‘p bo‘lib, quyidagilar bilan xarakterlanadi:

  • pedagogikaning o‘rgatuvchilik faoliyati ko‘pincha tarbiyaviy xarakterga ega bo‘lishligi. Bu qonuniyat ta’lim va tarbiya orasidagi aloqada aks etadi;

  • ta’lim beruvchi bilan ta’lim oluvchilarning birgalikdagi faoliyati va ta’lim natijalari orasida bog‘liklikning mavjudligi;

  • o‘rganilayotgan bilimlarga o‘rganish istagining mosligi;

  • ta’lim beruvchi xarakatlarini ta’lim oluvchilarning yakka va jamoaviy faoliyatiga mosligi;

  • ta’lim beruvchi xarakatlarini ta’lim oluvchilarning bilish, intellektual va boshqa ehtiyojlariga mosligi;

  • ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar faoliyatini ta’limning axborot-texnik vositalari imkoniyatlariga mosligi;

  • ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar faoliyatini zamonaviy hayot shart-sharoitlari asosida modellashtirish.

O‘qitish qonuniyatlari talablarni albatta e’tiborga olishi zarur, chunki qonuniyat - bu barqaror, zaruriy u yoki bu hodisalar va jarayonlar o‘rtasidagi mutanosiblik va muhim aloqa hisoblanadi.
Ijtimoiy ehtiyojlar va sharoitlar o‘quv jarayonining xarakterini, uning vazifalarini, mazmuni, shakllari, usullari va vositalarini qonuniy ravishda aniqlab beradi. Demak, ta’lim berish, tarbiyalash va ta’lim oluvchilarning umumiy rivojlanishlarini bir butunlikda amalga oshirish zarur.
O‘qitish qonuniyatlari o‘z aksini o‘qitish tamoyillarida topadi. Ular o‘qitish tamoyillarini ilmiy asosda o‘zaro bog‘lanishda qo‘llash ko‘nikma va malakalarni chuqur, puxta, ongli va ta’sirli o‘zlashtirilishini ta’minlaydi.
Ta'lim tamoyillari - ta’lim beruvchi faoliyatini va ta’lim oluvchining bilish faoliyati xususiyatini belgilovchi asosiy boshlanmalardir. Ular ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar faoliyatining muhim ichki tamonlarini aks ettiradi hamda turli shakl, mazmun va yo‘sinda tashkil etiladigan ta’limning samaradorligini belgilaydi. Shuning uchun ta’lim tamoyillari ta’lim berishning muayyan ob’ektiv qonuniyatlarini aks ettiradi.
Ta'lim tamoyillari tarbiyaning maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan o‘qish va o‘qitish jarayonining xarakteri, yo‘nalishi, ta’lim oluvchilar tomonidan ilmiy bilimlarning o‘zlashtirilishi, tegishli ko‘nikma va malakalar hosil qilishning asosiy qonun va qoidalarini o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga ta’lim tamoyili ikkita faoliyatni, ya’ni ta’lim oluvchi va ta’lim oluvchining faoliyatini ham o‘z ichiga oladi. SHunga ko‘ra, o‘qitish tamoyili ta’limning eng muhim masalalarini nazariy va amaliy jihatdan to‘g‘ri hal qilishning asosiy negizi hisoblanadi.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling