Darslik Mutaxassisliklar


Baholashda uchraydigan xatolarning oldini olish uchun rioya qilinishi maqsadga muvofiq bo’lgan qoidalar


Download 1.4 Mb.
bet66/110
Sana08.03.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1251049
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   110
Bog'liq
darslik Mutaxassislik fanlarni o‘qitish metodikasi .

Baholashda uchraydigan xatolarning oldini olish uchun rioya qilinishi maqsadga muvofiq bo’lgan qoidalar:

  • baholashdan oldin ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilar bilan birgalikda baholash mezonlarini muhokama qilib olishlari lozim;

  • baholash mezonlarga muvofiq qo’yilgach, u ta’lim oluvchilarga ma’lum qilinishi lozim.

Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchi bilan birgalikda olingan baholarning natijalarini va yo’l qo’yilgan xatolarni muhokama qilishlari hamda ularning sabablarini aniqlashlari lozim. Ular xatolarning takrorlanmasligi chora-tadbirlarini belgilab olishlari lozim.
Baholashning besh ballik tizimida baholashga quyidagi didaktik talablar qo’yiladi:

  • tekshirish va nazorat qilish tizimli, doimiy tarzda bo’lishi shart. Bu talabga rioya etilmasa, ta’lim oluvchilarning o’qishga nisbatan munosabati yomonlashadi, bilimlarning sifatiga salbiy ta'sir qiladi. Ta'lim oluvchilar darsga har kuni tayyorlanib borishlari kerak (ta'lim beruvchining doimiy ravishda nazorat qilib turishi shunga majbur etadi);

  • bilimlarni baholash individual xarakterga egadir. Har bir ta'lim oluvchi uning bilimlari, ko’nikma va malakalari baholanayotganini tushunishi kerak.

  1. Baholashning reyting va besh ballik tizimlarining afzallik va kamchiliklari.

Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini baholash O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2009 yil 11 iyundagi 204-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risida”gi Nizom asosida amalga oshiriladi.
Talabalar bilimini nazorat qilish va reyting tizimi orqali baholashdan maqsad ta’lim sifatini boshqarish orqali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga erishish, talabalarning fanlarni o‘zlashtirishida bo‘shliqlar hosil bo‘lishini oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etishdan iborat.
Reyting tizimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  1. talabalarda Davlat ta’lim standartlariga muvofiq tegishli bilim, ko‘nikma va malakalar shakllanganligi darajasini nazorat qilish va tahlil qilib borish;

  2. talabalar bilimi, ko‘nikma va malakalarini baholashning asosiy tamoyillari: Davlat ta’lim standartlariga asoslanganlik, aniqlik, haqqoniylik, ishonchlilik va qulay shaklda baholashni ta’minlash;

v) fanlarning talabalar tomonidan tizimli tarzda va belgilangan muddatlarda o‘zlashtirilishini tashkil etish va tahlil qilish;
g) talabalarda mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, axborot resurslari manbalaridan samarali foydalanishni tashkil etish;

  1. talabalar bilimini xolis va adolatli baholash hamda uning natijalarini vaqtida ma’lum qilish;

  2. talabalarning fanlar bo‘yicha kompleks hamda uzluksiz tayyorgarligini ta’minlash;

j) o‘quv jarayonining tashkiliy ishlarini kompyuterlashtirishga sharoit yaratish.
Fanlar bo‘yicha talabalar bilimini semestrda baholab borish reyting nazorati jadvallari va baholash mezonlari asosida amalga oshiriladi.
Nazorat turlari, uni o‘tkazish tartibi va mezonlari kafedra mudiri tavsiyasi bilan oliy ta’lim muassasasining (fakultet) o‘quv-uslubiy kengashida muhokama qilinadi va tasdiqlanadi hamda har bir fanning ishchi o‘quv dasturida mashg‘ulot turlari bilan birgalikda ko‘rsatiladi.


Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling