Darslik Mutaxassisliklar
Haqqoniylik (ob’ektivlilik)
Download 1.4 Mb.
|
darslik Mutaxassislik fanlarni o‘qitish metodikasi .
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishonchlilik.
Haqqoniylik (ob’ektivlilik). Bir xildagi ta’lim oluvchilarga berilgan bir xil topshiriq va testlar bo’yicha har xil ta’lim beruvchilar tomonidan bir xil baho berilgan hollardagina bunday topshiriq va test haqqoniy hisoblanadi. Bu haqqoniylik har xil vaqtlarda berilgan baholar uchun ham taalluqlidir. Ushbu mezonlar ko’pincha markazlashgan holatda, o’tkaziladigan yalpi «rasmiy testlar» paytida amalga oshiriladi, xolos. Ta’lim beruvchi tomonidan tuzilgan testlar esa odatda mazkur talablarni bajarmaydi.
Baholash tizimi o’quv maqsadlariga mos bo’lishi, shuningdek, baholash shart-sharoitlari va maqsadlari bilan talabalar oldindan tanishgan bo’lishlari lozim. Ta’lim oluvchilarga bir xil murakkablikdagi va hajmdagi topshiriqlar berilishi kerak. Ishonchlilik. Natijalarni baholash mobayiida har xil usullardan foydalanish mumkin. Lekin, bu usullarni tanlashga qo’yiladigan asosiy shart ishonchlilik hisoblanadi. Uslub ishonchli bo’lishi uchun baholash asosli va aniq ma’lumotlarga asoslangan bo’lishi zarur. Bunda topshiriq yoki testning o’rganish maqsadlarini nazorat qilishga yo’naltirilganligi qanchalik ishonchli ekanliligi nazarda tutiladi. Baholash ishonchli bo’lishi uchui ta’lim oluvchilarda bir-biriga o’xshash, ammo har xil sharoitlarda baholash o’tkazilganda, natijalari bir xil bo’lishi kerak. Baholash metodining ishonchliligi turli metodlarning iatijalari bilan taqqoslash orqali aniqlanadi. Baholash tizimi ishonchli bo’lishi uchun - turli ekspertlar yordamida turli vaqtlarda, baholash o’tkazilganda, uning natijalari bir-biriga o’xshash bo’lishi kerak. Qulaylik. Baholash tizimi o’quv maqsadlaridan kelib chiqqan holda o’quv va ishlab chiqarish standartlariga mos bo’lishi, murakkab bo’lmasligi, nazorat o’tkazuvchi va ta’lim oluvchi uchun qulay bo’lishi lozim. Baholashni o’tkazishda imkon qadar kompyuter te[nologiyalaridan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Topshiriq yoki test paytida ball beriladigan bo’lsa, ball berish o’rganish maqsadlarini nazorat qilishga moslashtirilgan bo’lishi lozim. Bunda mavzuning muhimroq bo’lgan qismlariga unchalik muhim bo’lmagan qismlariga nisbatan ko’proq ball berish kerak bo’ladi. Ta’lim beruvchining shaxsiy qarashlari bilan bog’liq ravishda baholashda bir qator xatolar uchrab turadiki, ularni quyidagilar tashkil qiladi (8.1-rasm): Xayrixohlik xatosi. Agar ta’lim beruvchi biror ta’lim oluvchiga nisbatan hayrixohlik bilan qarasa, bu bahoning biroz yuqoriroq bo’lishiga olib kelishi mumkin. Yuqori talab qo’yish xatosi. Agar ta’lim beruvchi o’ziga nisbatan yuqori talablar qo’ysa va xuddi shunday yuqori darajadagi talablarni ta’lim oluvchilarga nisbatan qo’llasa, bunday hol bahoning biroz pastroq bo’lishiga olib kelishi mumkin. O’z fikrini o’zgartirmaslik xatosi Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling