Darslik Mutaxassisliklar


Umumlashtiruvchi baholashni o’tkazishda quyidagilarga e’tibor berish lozim


Download 1.4 Mb.
bet62/110
Sana08.03.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1251049
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   110
Bog'liq
darslik Mutaxassislik fanlarni o‘qitish metodikasi .

Umumlashtiruvchi baholashni o’tkazishda quyidagilarga e’tibor berish lozim:

  • ta’lim oluvchi umumlashtiruvchi baholash nima uchun o’tkazilishi haqida ma’lumotga ega bo’lishi lozim. Bu uni baholashga tayyorgarlik ko’rishga olib keladi;

  • baholashni o’tkazish shartlari unga jiddiy yondashishiga, diqqatni chalg’itadigan yoki tasodifiy uzilishlardan o’zini chetga olishga hamda ta’lim oluvchiga o’z qobiliyatini namoyish qilishiga imkon beradi;

  • baholash o’tkazish sharoitida ta’lim oluvchi o’zini erkin tutishi va noxushlik his qilmasligiga imkoniyat yaratish kerak;

  • baholovchi va ta’lim oluvchi baholash nima berishi, u qachon, kim tomonidan va qanday o’tkazilishini bilishlari muhim ahamiyatga ega;

  • qo’yilgan baho o’quv natijasi tushunish va uni mujassamlashtirish uchun ahamiyatlidir;

  • ta’lim oluvchi oldindan belgilangan natijalar mezoni yordamida baholanishi lozim;

  • rejalashtirilmagan baholashni o’gkazish maqsadga muvofiq emas.

Bilimlarni tekshirish va baholash muayyan didaktik talablarga javob berishi
kerak. Tekshirish va nazorat qilish tizimli, doimiy tarzda bo’lishi shart. Bu talabga rioya etilmasa, ta’lim oluvchilarning o’qishga nisbatan munosabati yomonlashadi, bilimlarning sifatiga salbiy ta’sir qiladi.
Bilimlarni baholash individual xarakterga egadir. Har bir ta’lim oluvchi uiing qaysi bilimlari, ko’nikma. va malakalari baholanayotganini bilishi kerak. Ta’lim beruvchining savollariga va vazifalariga javob berishga tayyorlik holati bilimlarni tekshirish va baholash o’quv jarayonining muhim bir bo’lagiga, uning tarkibiy qis- miga aylangan taqdirdagina ro’y beradi.
Ta’lim oluvchining bilimlari, ko’nikma va malakalari davlat o’quv rejalarining bajarilishi nuqtai nazaridan tekshiriladi va baholanadi.
Ta’lim oluvchilarning bilimlari, ko’nikma va malakalarini tekshirish shakllari turlichadir. Ba’zan ta’lim beruvchi bilimlarni tekshirishning uzoq vaqt mobaynida bir xildagi usullarini qo’llaydi. Unda so’rash, savol berish, bahoni izohlash sohasida muayyan odat paydo bo’ladi. Ta’lim oluvchilar bunday tekshirishga moslashib ketadilar, o’qituvchining qay tarzda so’rashi ularga oldindan ma’lum bo’ladi. Ular faqat ta’lim beruvchi uchun, uni qanoatlantirish uchun javob bera boshlaydilar.
Quyidagi beshta asosiy tamoyil baholash tizimi samaradordigining poydevori hisoblanadi:

  • o’quv maqsadlariga asoslanganlik;

  • haqiqiylik;

  • haqqoniylik;

  • ishonchlilik;

  • qulaylik.


Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling