Me’yorga asoslangan baholash - nisbiy baholash shakli bo’lib, u baholashda so’ng baholanuvchilarning ta’lim jarayonida qo’lga kiritgan natijadarini o’zaro taqqoslash orqali o’lchashdan iborat.
Me’yorga asoslangan baholash ham ikki bosqichdan iborat bo’lib, birinchi bosqichda baholanuvchining erishgan natijalari aniqlanadi, ikkinchi bosqichda esa, bu natijalar o’zaro taqqoslash orqali o’lchanadi. Me’-yorlangan (normaga asoslangan) baholashda baho bir necha ko’rsatkich-larga va ta’lim olish shart- sharoitiga ko’ra o’zgarishi mumkin bo’la-di. Masalan, o’qituvchida xayrihohlikning paydo bo’lishi, o’qituv-chining o’ta qat’iyligi sababli ham baho o’zgarishi mumkin.
Me’yoriy (normaga asoslangan ) baholashning afzalliklari:
•baholash natijasida guruh ichidan ma’lum sondagilarini ajratib olish imkonini beradi (masalan, imtihonlari natijasida, boshqalarga nisbatan eng yuqori ko’rsatkich ko’rsatgan 25 kishini ajratib olish mumkin.
Me’yoriy asoslangan baholashning kamchiliklari:
baholashda bilim bilan xulqni baholash aralashtirib yuboriladi;
ba’zan xulqni baholash bilimni baholashni belgilab qo’yadi;
baholar o’qituvchi tomonidan sub’ektiv tarzda belgilanishi mumkin;
ta’lim oluvchiga nisbatan simpatiya ham bahoni yuqori qo’yib yuborishga olib keladi. Bilimlarni ob’ektiv va haqqoniy tarzda baholashning pasayishiga yo’l ochib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |