Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori — oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash uchun bakalavriat ta’limi yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining tizimlashtirilgan ro‘yxatidir.
Oliy ta’lim bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari klassifikatori O‘zbekiston Respublikasining axborotlarni kodlash va tasniflash yagona tizimining (KTYAT) tarkibiy qismidir. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining «Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to‘g‘risida» 1998 yil 5 yanvardagi 5-con qarorini bajarish yuzasidan ishlab chiqilgan.
Klassifikator «Ta’lim to‘g‘risida» va «Kadrlar tayyorlash Milliy dastur to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishning davlat dasturi haqida» 1998 yil 10 noyabridagi PF-2107- son Farmoniga asosan tuzilgan.
lassifikator YUNESKO tomonidan 1997 yil mart oyida qabul qilingan Ta’limning xalqaro standart klassifikatsiyasi (TXSK) prinsiplari asosida tuzilgan. Unda quyidagi bilim sohalari ko’zda tutilgan (3.3-rasm).
|
Qishloq va suv
|
|
Ishlab
|
ho’jaligi
|
Sog’liqni
|
chiqarish va
|
|
saqlash va
|
texnik soha
|
Z
|
ijtimoiy
|
ta’minot
Oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash yo’nalishlari va mutahassisliklarining klassifikatori
rasm.Oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash yo’nalishlari va mutaxassisliklarining
klassifikatori.
Klassifikatorda ta’lim bosqichlari, bilim va ta’lim sohalari, ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari ettita raqamli kod bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |