Darslik Mutaxassisliklar
Magistratura mutaxassisliklari soni
Download 1.4 Mb.
|
darslik Mutaxassislik fanlarni o‘qitish metodikasi .
- Bu sahifa navigatsiya:
- Magistratura mutaxassisligining malaka talablari.
- Malaka talabining asosiy foydalanuvchilari
- Mutaxassislik bo‘yicha magistrlar kasbiy faoliyatlarining turlari
- Mutaxassislik bo‘yicha o‘quv reja va ishchi o’quv reja.
- O‘quv reja
Oliy ta’limning tayyorlov yo’nalishlari, kasblar va ixtisosliklar umumdavlat klassifikatori respublikaning ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanish istiqbollari mutaxasis tayyorlashda iqtisodiyot tarmoqlarining talab va extiyojlarini xisobga olgan xolda qayta ko’rib chiqildi va takomillashtirildi. Magistratura mutaxassisligining malaka talablari. Oliy ta’limning malaka talablari magistratura mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlash, o‘quv reja va fan dasturlarining o‘zlashtirilishini amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi hududidagi barcha oliy ta’lim muassasalari uchun talablar majmuini ifodalaydi. Oliy ta’lim muassasasi magistratura mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlash vakolatiga ega bo‘lganda ushbu malaka talablari asosida tayyorlangan o‘quv reja va fan dasturlarini amalga oshirish huquqiga ega deb hisoblanadi. Malaka talabining asosiy foydalanuvchilari: mazkur ta’lim sohasining magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha fan, texnika va ijtimoiy soha yutuqlarini hisobga olgan holda o‘quv reja va fan dasturlarini sifatli ishlab chiqish, samarali amalga oshirish va yangilash uchun mas’ul oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari; ta’lim sohasi magistratura mutaxassisliklarning o‘quv reja va fan dasturlarini o‘zlashtirish bo‘yicha o‘quv-tarbiya faoliyatini samarali amalga oshiruvchi barcha xodimlari va talabalari; o‘z vakolat doirasida bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga javob beradigan oliy ta’lim muassasalarining boshqaruv xodimlari (rektor, prorektorlar, o‘quv bo‘limi boshlig‘i, dekanlar va kafedra mudirlari); bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasini baholashni amalga oshiruvchi Davlat attestatsiya komissiyalari; oliy ta’lim muassasasini moliyalashtirishni ta’minlovchi organlar; oliy ta’lim tizimini akkreditatsiya va sifatini nazorat qiluvchi vakolatli Davlat organlari; ta’lim sohasining magistratura mutaxassisliklardan birini ixtiyoriy tanlash huquqiga ega bo‘lgan bakalavrlar, ota-onalar va boshqa manfaatdorlar. Mutaxassislik bo‘yicha magistrlar kasbiy faoliyatlarining turlari: ilmiy-tadqiqot faoliyati; ishlab chiqarish faoliyati; tashkiliy-boshqaruv faoliyati; oliy, malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’lim muassasalarida ilmiy- pedagogik hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat; konsalting xizmati faoliyati va shu kabilarni o‘z ichiga oladi. Mutaxassislik bo‘yicha tayyorlangan magistrlar kasbiy faoliyatlarining muayyan turlari ta’lim jarayonining manfaatdor ishtirokchilari bilan hamkorlikda oliy ta’lim muassasasi tomonidan aniqlanadi. Mutaxassislik bo‘yicha o‘quv reja va ishchi o’quv reja. Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishni rejalashtiruvchi, asosiy xujjat - o’quv rejalari hisoblanadi. O‘quv reja - ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan fan, ularning bo‘limlari, o‘qitilish tartibi hamda har bir fanning yil davomida o‘qitilishi, ularning o‘quv yili va haftasida qancha miqdorda o‘tilishi kerakligini belgilab beradigan rasmiy pedagogik hujjat hisoblanadi. O‘zbekistonda o‘quv rejasi tegishli vazirlik tomonidan tasdiqlanadi. Bir tipdagi ta’lim muassasalari uchun o‘quv rejasi yagona va majburiydir. SHu bilan birga, har bir ta’lim muassasasi o‘quv rejasini belgilangan miqdorda o‘zgartirishi mumkin. o‘quv rejasi O‘quv rejasining umumiy va majburiyligi ta’lim tizimi bosqichlarining uzluksizligini, jamiyatning barcha a’zolariga ilm olishning bir xil imkoniyatlarini ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimi barkamol shaxsni shakllantirishga qaratilganligi uchun ham o‘quv rejasida ta’limning insonparvarlashuviga alohida e’tibor berilgan. O‘quv rejasi muayyan qismlardan iborat bo‘lib, ularda ta’lim muassasasi talabasi, talabasi yoki tinglovchisida shakllantirilishi lozim bo‘lgan ilmiy, ma’naviy, kasbiy sifatlar hamda amaliy ko‘nikma va malakalar hisobga olingan. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling