Gumanitar, ijtimoiy-iqtisodiy va matematik hamda tabiiy-ilmiy fanlar bloki:
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi negizida olingan bilimlarni to‘ldirishi va rivojlantirishi; milliy istiqlol g‘oyasi va demokratiya, milliy va umuminsoniy qadriyatlar negizida ilmiy va gumanitar dunyoqarashni, yuksak ma’naviyat va demokratik madaniyatni, iqtisodiy, huquqiy va ijodiy tafakkurni, e’tiqod va ijtimoiy-siyosiy faollikni shakllantirishi;
ta’limning tarix, falsafa, xalq an’analari, urf-odatlari bilan uzviy birligini, O‘zbekiston xalqlari madaniyatini asrash va boyitishni, boshqa xalqlar tarixi va madaniyatiga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni ta’minlashi;
insonparvarlik, vatanparvarlik va baynalminalchilik ruhini rivojlantirishi;
ta’lim va tarbiya jarayonining mustaqil fikrlaydigan, qarorlar qabul qilishga qodir, har tomonlama rivojlangan, barkamol shaxsni shakllantirishga yo‘naltirilganligini ta’minlashi;
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bilan uzviylik hamda uzluksizlikni inobatga olgan holda bilishning matematik usullari, informatika hamda axborot to‘plash, ularni qayta ishlash va uzatish usullarining jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati haqida oliy darajadagi tasavvurlarni shakllantirishi;
koinotning tabiiy ob’ekt ekanligi va uning evolyusiyasi; tabiiy fanlarning o‘zaro fundamental birligi; zamonaviy tabiiy hodisalarni tadqiq etish konsepsiyasi; tabiatdan oqilona foydalanish va inson faoliyatining ekologik tamoyillari; tabiatga putur etkazmaydigan texnologiyalar yaratish istiqbollari haqidagi ilmiy tasavvurlarni shakllantirishi;
muayyan bilim sohasi uchun zarur bo‘lgan fundamental fanlarni chuqur o‘rganishning ilmiy va nazariy asoslarini ta’minlashi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |