Darslik Mutaxassisliklar
O’quv rejalari ikki turga bo’linadi: namunaviy va ishchi o’quv rejalar
Download 1.4 Mb.
|
darslik Mutaxassislik fanlarni o‘qitish metodikasi .
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishchi o’quv reja
- O’quv rejada quyidagilar o’z ifodasini topadi
O’quv rejalari ikki turga bo’linadi: namunaviy va ishchi o’quv rejalar.
Namunaviy o’quv reja - oliy ta’lim muassasalarining aniq bir ta’lim yo’nalishi yoki magistratura mutaxassisligi uchun o’rnatilgan tartibda Davlat ta’lim standartlariga asosan tayanch oliy ta’lim muassasalarining tegishli kafedrasining yetakchi professor-o’qituvchilari tomonidan turdosh oliy ta’lim muassasalarining shu soha bo’yicha yuqori malakali mutaxassislarini hamda kadrlarni buyurtmachilarini jalb etgan holda ishlab chiqiladigan me’yoriy huquqiy xujjatdir. Ishchi o’quv reja - oliy ta’lim muassasasining aniq bir ta’lim yo’nalishi yoki magistratura mutaxassisligi uchun namunaviy o’quv reja asosida har o’quv yili uchun ishlab chiqiladigan va o’rnatilgan tartibda OTMning rektori tomonidan tasdiqlanadigan o’quv jarayonining asosiy me’yoriy hujjatidir. O’quv rejada quyidagilar o’z ifodasini topadi: Tayyorlov yo’nalshi (ixtisoslik) 5 kodi va uning nomlanishi, o’qish muddati, o’qishni tugatgandan so’ng olinadigan akademik darajasi. Ta’lim shakli. O ’ quv davrining taqsimoti (j advali). O ’ quv j arayonining rej asi. o’rganiladigan o’quv predmetlari. har bir o’quv predmetini o’rganish uchun ajratilgan umumiy vaqt miqdori. o’rganish uchun ajratilgan vaqtni - nazariy, amaliy va tajriba mashg’ulotlari, seminarlar, kurs ishlari va mustaqil ta’limga qanday miqdorda taqsimlanganligi. o’quv predmetini qaysi kurs, semestrlarda, haftasiga qancha soatdan o’rganish tartibi. Davlat Attestatsiyasi. Tanlov fanlarinig ro’yxati Izohlar O’quv rejalarini ishlab chiqishda bo’lg’usi mutaxassislarda shakllantirilayotgan malaka mahoratlari darajasining o’rganilayotgan o’quv fanlari miqdoriga va o’rganish davriga aniq mos tushishini e’tiborda tutmoq lozim. Bo’lg’usi mutaxasislarning bilim va ko’nikmalarining shakllanishini, har bir fanni bosqichma - bosqich chuqur o’rganishlari, qulay va muhimligini ham nazarda tutishi kerak bo’ladi. O’quv rejasini ishlab chiqishdagi eng muhim masalalardan biri o’rganilishi lozim bo’lgan fanlarni aniqlashdan iborat. Oliy ta’lim muassasalarida o’qitish mazmunini aniqlash, odatda, amaliy tajribalar asosida hal qilinadi. O’qitish mazmunini aniqlashda, asosan, oliy ta’lim tizimi oldida turgan asosiy vazifaga - doimo o’sib borayotgan ishlab chiqarish sharoitida faoliyat olib borishga qobil malakali raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash vazifasiga asoslaniladi. Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari o‘quv rejalariga qo‘yiladigan umumiy talablar: Bakalavriatda o‘quv rejalari va fanlar dasturlari umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bilan uzluksizlik va uzviylik ta’minlanishini inobatga olgan holda ishlab chiqilishi va talabaning quyidagi majburiy fanlar bloklarini o‘zlashtirishini nazarda tutishi zarur: gumanitar, ijtimoiy-iqtisodiy va matematik hamda tabiiy-ilmiy; umumkasbiy fanlar; ixtisoslik fanlari; qo‘shimcha fanlar. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlariga muvofiq ayrim oliy ta’lim muassasalari yoki ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha boshqa fanlar bloklari belgilanishi mumkin. Kasb faoliyati ko‘nikmalarini egallash uchun malaka amaliyotlari o‘tilishi nazarda tutilishi shart. O‘quv rejalar majburiy o‘quv fanlari bilan bir qatorda talabalar tanlagan fanlarni ham o‘z ichiga olishi shart. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejalarini o‘zlashtirishda talabalarning o‘quv fanlariga oid bir qancha masalalar va muammolar bo‘yicha mustaqil bilim olishi nazarda tutilishi lozim. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uning o‘quv rejalariga muvofiq ravishda yakuniy davlat attestatsiyasi bilan tugallanishi shart. Bakalavriat o‘quv fanlari bloklari mazmuniga qo‘yiladigan umumiy talablar. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling