Umummetodologik fanlar bloki:
milliy istiqlol g‘oyasi va gumanitar, texnik va tabiiy fanlarning falsafiy masalalari bo‘yicha bilimlar berilishi;
insoniyatning global muammolari, ma’naviy hayot, shaxs va jamiyat ehtiyojlari, ta’limning insonparvarlik ruhi, zamonaviy sivilizatsiya va uning taraqqiyot yo‘nalishlari, axborot tizimlari va bilimlarni taqdim qilish usullari to‘g‘risidagi tasavvurlar shakllantirishi;
ilmiy va ilmiy-texnik axborot bilan ishlash ko‘nikmalari va uquvlarini shakllantirishi, tadqiq etiladigan mavzular bo‘yicha muntazam ravishda mustaqil tahlil va xulosani tayyorlashi;
ilmiy ijod metodologiyasi, ilmiy tadqiqotlar asoslari, bilishning umumiy usullari, empirik va nazariy tadqiqot usullari, qonunlar va qoidalar mantig‘i, asoslash va inkor qilish usullariga, shuningdek nutq madaniyati asoslari bilimlariga, pedagogik texnologiyalar, mutaxassisliklar bo‘yicha menejment va iqtisodiyotga doir bilimlarni ta’minlashi;
amaliy xorijiy tilni, mutaxassislikka yo‘naltirilgan axborot texnologiyalari va tizimlarini o‘zlashtirishni ta’minlashi;
Mutaxassislik fanlari bloki:
muayyan mutaxassislik bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni, uquv va ko‘nikmalarni shakllantirishi;
mutaxassislik bo‘yicha bilimlar bazasini yaratish, jamlash va ulardan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishi;
magistratura mutaxassisligi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish, kasb faoliyatining ko‘zlangan natijalariga erishishda jarayonlarni m odellashtirish va tizimli yondashish borasidagi ilmiy bilimlar, amaliy uquv va ko‘nikmalarni ta’minlashi kerak.
Ilmiy faoliyat bloki ilmiy tadqiqotlar metodologiyasi o‘zlashtirilishini, talabalar tomonidan ixtisoslashgan ilmiy va ta’lim muassasalarida muayyan ilmiy- tadqiqot va ilmiy-pedagogik ishlar bajarilishini nazarda tutishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |