Darslik Mutaxassisliklar
Download 1.4 Mb.
|
darslik Mutaxassislik fanlarni o‘qitish metodikasi .
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ixtisoslik fanlari bloki
- Qo‘shimcha fanlar bloki
Umumkasbiy fanlar bloki:
matematik va tabiiy-ilmiy fanlar bilan maxsus fanlar o‘rtasida ilmiy va nazariy bog‘liqlikni ta’minlashi; maxsus fanlarni o‘rganish va chuqur egallash uchun zarur bo‘lgan fundamental umumkasbiy bilimlarni, amaliy ko‘nikma va o‘quvlarni shakllantirishi; modelli tasavvurlarni tajriba usullari va olingan natijalarni qayta ishlash yo‘riqlariga oid bilimlarni amalda qo‘llash ko‘nikmalarini ta’minlashi lozim. Ixtisoslik fanlari bloki: bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha muvofiq kasb faoliyati sohalarida erishilgan asosiy yutuqlar, muammolar va ularning rivojlanish istiqbollari haqida tasavvur hosil qilishi; tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha maxsus bilimlarni, kasb faoliyati ko‘nikmalari va uquvlarini shakllantirishi; talabaning muayyan magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kelgusida ta’limni davom ettirishga ongli munosabatda bo‘lishiga ko‘maklashishi lozim. Qo‘shimcha fanlar bloki: talabalarning bakalavriat ta’lim fanlari bo‘yicha qo‘shimcha ravishda chuqur bilim olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirishi; ta’lim sifatiga qo‘yilayotgan talablar va mehnat bozori kon’yunkturasi tez o‘zgarayotgan sharoitda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv rejalar va fanlar dasturlarining safarbarligi va moslashuvchan bo‘lishini ta’minlashi lozim. Magistratura mutaxassisliklarining o‘quv rejalari va fanlar dasturi mazmuni oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashning birlamchi va boshlang‘ich bosqichi sifatida mutaxassislik bo‘yicha chuqur fundamental va amaliy bilimlar berishni ko‘zda tutgan holda shakllantiriladi. Magistratura mutaxassisliklari o‘quv rejalari va fanlar dasturlari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining o‘quv rejalari va fanlar dasturlari bilan uzluksizlik va uzviylik ta’minlanishini inobatga olgan holda ishlab chiqilishi va talabalar tomonidan quyidagi majburiy bloklar o‘zlashtirilishini nazarda tutishi zarur: umummetodologik fanlar; mutaxassislik fanlari; ilmiy faoliyat. O‘quv rejalar va fanlar dasturlari majburiy o‘quv fanlari bilan bir qatorda talabalar tanlagan fanlarni ham o‘z ichiga olishi lozim. Talabalarning o‘quv rejalar va fanlar dasturlarini o‘zlashtirishida o‘quv fanlarining bir qancha masalalari va muammolari bo‘yicha mustaqil bilim olishi nazarda tutilishi zarur. Magistratura mutaxassisliklari uning o‘quv rejalariga muvofiq ravishda yakuniy davlat attestatsiyasi bilan tugallanishi shart. Magistratura ta’limi o‘quv rejasining o‘quv fanlari bloklari mazmuniga qo‘yiladigan umumiy talablar. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling