Darslik Mutaxassisliklar


Bilimlarni mustahkamlash darsi


Download 1.4 Mb.
bet35/110
Sana08.03.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1251049
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   110
Bog'liq
darslik Mutaxassislik fanlarni o‘qitish metodikasi .

Bilimlarni mustahkamlash darsi. Bunday darslarda oldin o‘rganilgan materiallar yuzasidan ta’lim oluvchilar bilan suhbatlar, tajriba-amaliy ishlar o‘tkaziladi, har xil masalalar echiladi, texnologik jarayonlar ishlab chiqish mashqlari, yozma grafik ishlar, ilgari o‘rganilgan materialni mustahkamlash va tizimga solish yuzasidan turli mustaqil ishlar (sxemalar tuzish va ularni o‘qish, jadvallar tuzish, texnikaviy hujjatlarni tahlil qilish va shu kabilar) o‘tkaziladi, kinofilmlar ko‘riladi, ta’lim oluvchilar ma’ruza va referatlar bilan chiqadilar. Bu ish davomida bilimlar esga solinadi, etarli dalillar, tushunchalar, qonuniyatlar ta’lim oluvchilar ongi va xotirasida mustahkamlanadi. Buning natijasida bilimlar ancha puxta bo‘ladi.
Takrorlash-umumlashtirish darslari. Bu darslardan ko‘zlangan maqsad - o‘rganilgan material yuzasidan olingan bilimlarni esga tushirish va tizimga solish, bu esa bilimlardagi kamchiliklarni to‘ldirishga, mavzuning, bo‘limning va butun fanning asosiy g‘oyalarini, masalalarini yanada chuqur ochib berishga yordam beradi. Bu turdagi darslar dasturdagi mavzuni yoki bo‘limini o‘rganish so‘nggida va o‘quv yilining oxirida o‘tkaziladi. Takrorlash-umumlashtirish darslariga nisbatan qo‘yiladigan asosiy talablardan biri ularning mundarijasiga albatta ta’lim oluvchilar o‘quv faoliyatiga doir yangi ma’lumotlar va metodlar kiritishdir.
Takrorlash-umumlashtirish darslari ikki xil bo‘ladi: o‘qituvchi mavzuning, bo‘lim yoki kursning o‘rganilgan materiali yuzasidan umumlashtiruvchi sharhlovchi ma’ruza o‘tkazadi yoki ta’lim oluvchilar bilan kengaytirilgan suhbat tashkil qiladi. Suhbat vaqtida ta’lim oluvchilar o‘qituvchi rahbarligida umumlashtiruvchi mashqlar, yozma ishlar va boshqa topshiriqlarni bajaradilar.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling