Darslik Mutaxassisliklar


O’quv maqsadlariga asoslanganlik


Download 1.4 Mb.
bet63/110
Sana08.03.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1251049
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   110
Bog'liq
darslik Mutaxassislik fanlarni o‘qitish metodikasi .

O’quv maqsadlariga asoslanganlik. Samarali baholashning asosiy tamoyili o’quv maqsadlariga asoslanganlik hisoblanadi. Baholashning sifati o’quv maqsadlariga to’g’ridan-to’g’ri bog’liqdir. O’quv maqsadlari baholash mazmunini aniqlab beradi. O’quv maqsadlarining qo’yilish darajasiga qarab, baholashning shakl va usullari tanlanadi. Shuningdek, o’quv maqsadlariga erishish uchun bajarilgan faoliyat natijasi baholash mezonlarini aniqlashda muhim ahamiyatga ega.
Har qanday baholash tizimini loyihalashtirishda, baholash topshiriqlarining berilgan ta’lim mazmuni doirasida bo’lishi talab etiladi. Baholashni loyihalashtirishda, har doim quyidagi ikkita savolni e’tibordan qochirmaslik lozim:

  1. Baholash topshiriqlari ta’lim jarayonidan ko’zlangan o’quv maqsadlarini

to’la aks ettiradimi?

  1. O’quv maqsadining darajasi uchun baholash shakli, usuli va mezoni to’g’ri tanlandimi?

Masalan, yo’l harakati qoidalari bo’yicha olgan bilimlarni baholashda yozma test olish usuli mos kelishi mumkin. Lekin undan mashinani boshqarish malakalarini baholashda foydalanib bo’lmaydi. Bu malakalar og’zaki yoki yozma emas, balki amaliy faoliyatga asoslangan baholash usuli yordamida baholanishi maqsadga muvofiqdir.
Haqiqiylik. O’quv maqsadida ko’zda tutilgan natijanigina baholashga qaratilgan topshiriq yoki test haqiqiy hisoblanadi. U baholanishi lozim bo’lgan bilim va ko’nikmalar sohasidagi natijalarga qaratilgan bo’lishi lozim.
Ta’lim oluvchi erishgan natijalar to’g’risida asoslangan va ishonchli axborot berish kerak. O’lchanishi talab etiladigan narsalargina o’lchanishi kerak. Ta’lim oluvchi tomonidan egallagan bilim, malaka va ko’nikmalar hamda shaxsiy fazilatlarni o’lchash imkonini beradigan metodlardan foydalanish zarur.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling