Darslik. O‘zr oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi markazi. Qayta ishlangan 5-nashri.Ò


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/189
Sana08.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#248480
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   189
Bog'liq
iqtisodiyot asoslari

10.6. Bank operatsiyalari
Bank bajaradigan ish bank operatsiyalari deb yuritiladi. Bank
operatsiyasi 2 turga bo‘linadi: 1. Passiv operatsiya — bu bankka pul
mablag‘larini jalb etishdir. Buning passiv deb atalishiga sabab, bu
bankka daromad keltirmaydi, balki undan xarajat talab qiladi. Passiv
operatsiyaga depozitlarga pul qabul qilish, tashqaridan qarz olish,
o‘z aksiyalarini sotish kiradi. 2. Aktiv operatsiya — bu bank kapitalini
ishlatib  daromad  topish.  Bu  foyda  keltirganidan  aktiv  ish  deb
yuritiladi. Bunga kredit (qarz) berish, qimmatli qog‘ozlarni sotib
olib dividendga ega bo‘lish, valuta oldi-sotdisini uyushtirib, undan
pul  topish, mijozlar pulini ishlatishda  vositachilik qilib daromad


103
ko‘rish  kabilar  kiradi.  Aktiv  operatsiyalarning  asosiy  turi  kredit
berishdir.
Pul bor joyda qarz olish va qarz berish yuzaga keladi, bu ishni
banklar bajaradi. Pulning o‘z egasi qo‘liga kelib tushishi va ishlatilishi
bir vaqtda yuz bermaydi, pul vaqtincha bo‘sh qoladi, ayni paytda
boshqa yerda pul yetishmay qoladi.
Firma, kompaniya, fermer, ishchi-xizmatchilar, nafaqaxo‘rlar, davlat
idoralari, mulk sohiblariga tekkan pulning bir qismi sarflansa, ikkinchi
qismi yig‘ilib, jamg‘ariladi. Pulning jamlanishi esa bankda yuz beradi.
Jamlangan pul bank orqali kredit resurslarini hosil etadi.
Bank o‘zgalar pulini jamlab, uni o‘z nomidan kreditga beradi.
Ammo banklar faqat depozitdagi o‘zgalar pulini qarzga beradi deb
o‘ylash noto‘g‘ri, chunki banklarning o‘zining ham puli bor.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling