134
Bu balans 2 turda bo‘ladi:
aktiv balans — bunda eksport miqdori
import miqdoridan ko‘p bo‘ladi. Masalan, O‘zbekiston eksporti 2009-
yil 11771,3 mln dollar bo‘lsa, importi 9438,3 mln dollar bo‘ldi. De-
mak, balans natijasi +2333,0 mln dollar bo‘ldi, ya’ni balans aktiv-musbat
bo‘lgan.
Passiv balans — bunda import eksportdan ko‘p bo‘ladi, natija
manfiy chiqadi. Masalan, Avstriyada 2010-yil bu – 5,7 mlrd dollar edi.
Balans aktiv bo‘lganda, eksport mamlakatga qo‘shimcha pul
(valuta) keltiradi, u passiv bo‘lganda import uchun valuta tashqariga
ko‘proq chiqadi va mamlakat qarzdor bo‘lib qoladi.
Mustaqillik tufayli O‘zbekiston ham jahon bozorining teng huquqli
ishtirokchisiga aylanib, o‘z manfaatidan kelib chiqqan holda eksport-
importda faol qatnashadi.
O‘zbekistonda importning o‘rnini bosuvchi va eksportga qaratilgan
tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarishga ustuvorlik berildi, natijada
mamlakat jahon bozoriga ko‘proq tayyor mahsulotlar bilan chiqish
imkoniga ega bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: