Darslik. O‘zr oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi markazi. Qayta ishlangan 5-nashri.Ò


Chet elga beriladigan va chet eldan olinadigan valuta miqdorining


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/189
Sana08.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#248480
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   189
Bog'liq
iqtisodiyot asoslari

Chet elga beriladigan va chet eldan olinadigan valuta miqdorining
nisbati to‘lov balansi deyiladi.
2. Kapitalni chet elga qarz-kredit qilib berish. Bunda kapital chiqaruvchi
mamlakat hukumati, banklari va kompaniyalari kapitalni qabul qiluvchi
mamlakat hukumati, banklari va firmalariga qarz beradi. Qarz berishni
xalqaro tashkilotlar, masalan, valuta fondi ham uyushtiradi.
Xorij kapitalini chiqarish uni boshqa mamlakatlar iqtisodiyotiga
investitsiyalash tarzida yuz beradi. Investitsiya — bu kapitalni foyda
topish maqsadida o‘zga yurtga yotqizish bo‘ladi.
Тabiiy resursga boy mamlakatlar resurslarni sotishdan tushgan
pulni kapital sifatida chetga qo‘yadilar. Masalan, Quvayt va Saudiya
Arabistoni  neft sotishdan tushgan pulni (uni nefte-dollar deb atashadi)
Yevropa mamlakatlariga qo‘yadi.
Keyingi yillarda xususiy kapitalni chiqarish kuchayib, bu ishda
transmilliy (millatlararo), ya’ni xalqaro korporatsiyalar yetakchilik
qiladi.
Mazkur korporatsiyalar turli milliy kapitalni o‘zida birlashtiradi yoki
ularning kapitali bir mamlakatga qarashli bo‘lsa-da, xalqaro miqyosda
ish yuritadi. 1999-yili dunyo miqyosida xususiy sektorga qo‘yilgan (inves-
titsiyalangan) kapital 6 trillion dollar bo‘lsa, shundan 2 trillioni transmilliy
korporatsiyalar hissasiga to‘g‘ri keladi. Yangi transmilliy korporatsiyalar
kapitali O‘zbekistonga ham qo‘yilgan. Shunday korporatsiyalardan biri
Djenaral Motorz korporatsiyasi bo‘lib, u AQSHga mansubdir.
Kapital kiritgan mamlakatlar iqtisodi yuksalib, ular o‘z tovarlari
bilan jahon bozoriga chiqadilar. Bunga misol qilib yosh industrial
mamlakatlarni (ularni «Osiyo yo‘lbarslari» deb ham atashadi) olish
mumkin. Bular jumlasiga Koreya Respublikasi, Malayziya, Тayvan
kabilarni kiritish mumkin. Masalan, Koreya Respublikasida 1993-yili
aholi jon  boshiga yaratilgan YAIM  7660 dollar  bo‘lsa, 2010-yilga
kelib 29010 dollarga chiqdi.
Kapital  harakatini  ta’minlashda  Xalqaro  fond  birjalari  katta  rol
o‘ynaydi. Bular Тokio, Nyu-York, Frankfurt, Gonkong birjalari kabilar
bo‘lib, ular yirik firmalar aksiyasini sotish orqali kapitalni mamlakatlar
o‘rtasida taqsimlaydi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling