1.3. Iqtisodiy resurslar
Iqtisodiy faoliyat uchun nimaiki zarur bo‘lsa, ular iqtisodiy
resurslar hisoblanadi.
Resurslar moddiy va insoniy (mehnat) resurslaridan iborat. Moddiy
resurslar moddiy ashyoviy shakldagi resurslar bo‘lib, ular ikki xil bo‘ladi:
a) Тabiiy resurslarni tabiat insonga in’om etgan bo‘lib, yer, suv
osti va yer usti boyliklari, ob-havodan iborat. Yer qa’ridagi boyliklarni
qaytadan yaratib bo‘lmaydi. Masalan, yangidan yer maydonini, yer
ostidagi neft, gaz va turli ma’danlarni yaratib bo‘lmaydi. Biroq tuproq
hosildorligini oshirish, yerdagi dov-daraxtlar va boshqa o‘simliklarni
yangidan yaratish, ya’ni ekib, parvarish qilish mumkin. Тabiiy resurslar
eng noyob va qimmatbaho resurslar hisoblanadi.
b) Inson o‘z qo‘li bilan mehnat qurollari, mashina-uskuna, bino –
inshoot kabi moddiy resurslarni yarata oladi. Shu sababli insonlar
yaratiluvchi resurslar hosil etadi. Mehnat resursi iqtisodiyot uchun
eng muhim va eng asosiy resurs hisoblanadi. Kishilar, aqliy va jismoniy
ishlash qobiliyati ish kuchi deb yuritiladi. Resurslar ishlab chiqarishga
kirib kelgach, uning omillariga aylanadi, bular – yer, mehnat, kapital,
tadbirkorlik qobiliyati va axborotdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |