Darslik. O‘zr oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi markazi. Qayta ishlangan 5-nashri.Ò


 Bozor iqtisodiyotining tub belgilari


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/189
Sana08.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#248480
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   189
Bog'liq
iqtisodiyot asoslari

1.4. Bozor iqtisodiyotining tub belgilari
Iqtisodiy faoliyat ma’lum tizim doirasida kechadi. Bir tizimning
boshqasidan afzalligi ularni iqtisodiyotga xos asosiy ziddiyatni naqadar
samarali hal eta olishini bildiradi.
Iqtisodiy-ijtimoiy tizim – bu iqtisodiy rivojlanishning umumiy
shart-sharoiti hisoblanadi. Тizimlar 3 turga ajratiladi:
1. An’anaviy.
2. Bozor tizimi.
3. Rejali.
Hozirgi iqtisodiyot bozor tizimi doirasida kechadi. Bozor iqti-
sodiyotini bir so‘z bilan ta’riflash qiyin, uning asosiy belgilari quyidagi
yaxlitlikda uni tavsiflaydi:
1. Yuksak texnika, texnologiya va shunga mos malakali ish kuchi
hamda boshqarishning ilg‘or usullarining qo‘llanilishi.
2. Xilma-xil mulkchilik va bunda xususiy mulkchilikning ustuvor
bo‘lishi.
3. Тovar-pul munosabatlarining hukmronligi, barcha mahsulot
va xizmatlarning tovar shakliga kirishi, pul  iqtisodiy aloqalarning
asosiy vositasiga aylanishi.
4.  Iqtisodiy  liberalizmning  mavjudligi  –  mulkchilik  shakllari,
faoliyat turlarining erkin tanlanishi, daromad topish va uni sarflash,
iste’molning  erkin  bo‘lishi,  erkin  bozor  narxlarining  amal  qilishi,
xullas, belgilangan tartib va qoidalar doirasida insonga iqtisodiy erkinlik
berilishi.
5. Iqtisodiyot barcha subyektlari (ishtirokchilari) manfaatlarini
yuzaga chiqarish uchun sharoit mavjudligi. O‘z ishidan  naf ko‘rish
iqtisodiyotning universal (hammabop) tamoyiliga aylanishi.
6. Raqobatning mavjudligi, uning iqtisodiyotni harakatlantiruvchi
kuchga aylanishi.
7.  Bozor  uchun  ishlab  chiqarishning  ustuvor  bo‘lishi,  tovarlar
defitsitining bo‘lmasligi.
8. Iqtisodiyotning ochiqligi, ya’ni tovarlar, resurslar va pulning
harakati uchun to‘siqlarning bo‘lmasligi.
9. Iqtisodiyotning aniq ijtimoiy mo‘ljalga ega bo‘lishi, ya’ni inson
farovonligiga qaratilishi.
10. Iqtisodiyotda davlatning faol ishtirok etishi, uni tartiblab turishi.
Aytilgan  belgilar  mujassam  yerda  bozor  iqtisodiyoti  mavjud,  deb
aytish mumkin.


11
Bozor iqtisodiyoti so‘zsiz afzalliklarga ega bo‘lganidan, u umum-
bashariy iqtisodiyotga aylandi.
Unga so‘ngilar qatorida MDH mamlakatlari, jumladan, O‘zbe-
kiston ham o‘tmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning «O‘zbek modeli»
I. Karimov ishlab chiqqan  5 tamoyilga asoslanadi:
1. Iqtisodiyotning ustuvorligini ta’minlash.
2. Davlatning bosh islohotchi bo‘lishi.
3. Qonunlar va ularga rioya etishning ustuvorligini ta’minlash.
4. Faol ijtimoiy siyosat yurgizish.
5.  Bozor  iqtisodiyotiga  sekin-asta,  ijtimoiy    larzalarsiz  va
bosqichma-bosqich o‘tish.
1
Shu tamoyillarga asoslanib va izchil tarzda o‘tkazilgan islohotlar
natijasida  O‘zbekistonda  bozor  iqtisodiyotiga  asos  solindi,  bozor
qonunlari amal qila boshladi.
1
 I. Karimov.  O‘zbekiston – bozor iqtisodiyotiga o‘tishning o‘z yo‘li. –
Т.,  1993, 34-bet.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling