Darslik. O‘zr oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi markazi. Qayta ishlangan 5-nashri.Ò
Ehtiyojlarning yuksalish qonuni mavjuddirki, unga binoan
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyot asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-BOB. IQTISODIYOT 1.2. Iqtisodiy faoliyat
Ehtiyojlarning yuksalish qonuni mavjuddirki, unga binoan
har qanday jamiyatda kishilarning ehtiyoji to‘xtovsiz o‘sib boradi, ularning tarkibi yangilanib turadi. Eski ehtiyojlar o‘rniga yangisi keladi, saqlanib qolgan ehtiyojlar takomillashib, ularda sifatli o‘zgarishlar yuz beradi. Masalan, kiyinish ehtiyoji azaliy, lekin bu o‘zgarib boradi, shu sababli 100 yil avvalgi kiyinish ehtiyoji bilan hozirgi ehtiyoj tubdan farqlanadi. 1-BOB. IQTISODIYOT 1.2. Iqtisodiy faoliyat Ehtiyojlar to‘xtovsiz o‘sib va yangilanib borganidan kishilar doimo iqtisodiyot bilan band bo‘lishlari talab qilinadi. Iqtisodiyot – bu kishilarning hayotiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan faoliyatdir. 7 Iqtisodiy faoliyatga ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol kiradi. Agar ishlab chiqarish iqtisodiyotning boshlanishi bo‘lsa, iste’mol uning yakunlanishidir. Ishlab chiqarish mehnat vositasida hayotiy ne’matlarning yaratili- shidir. Mehnat esa kishilarning kuch-quvvati va aql-idrokini aniq maqsad yo‘lida va foydali sarflanishi bo‘ladi. Mehnatsiz hech narsa yaratilmaydi. Ishlab chiqarish yuz berganda kishilar mehnati turli- tuman hayotiy ne’matlarni yaratadi, bular moddiy va nomoddiy ne’matlardan iborat bo‘ladi. Moddiy ne’matlar oziq-ovqat, kiyim-kechak, turarjoy, xomashyo, yoqilg‘i, mashina- uskunalar bo‘lib, ularning aniq moddiy shakli bor, ularni ko‘z bilan ko‘rish, qo‘l bilan ushlash mumkin. Nomoddiy ne’matlar – turli xizmatlar, ularning shakli, rangi, katta- kichikligini farqlab bo‘lmaydi. O‘qituvchi, shifokor, artist, militsiya xodimi, sud, sportchi xizmatini bunga misol qilib olish mumkin. Agar mahsulotlar oldin yaratilib, so‘ng iste’mol etilsa, xizmatlar yaratilgan chog‘ning o‘zida iste’mol etiladi, ularni jamg‘arib bo‘lmaydi. Ne’matlarning turiga qarab ishlab chiqarish ikki turga ajraladi: bular moddiy (sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish va b.) va nomoddiy (ta’lim, tibbiyot, madaniyat sohasi) ishlab chiqarishdir. Moddiy ishlab chiqarish industrial (sanoat, qurilish, transport, aloqa va h. k.) va agrar (qishloq xo‘jaligi) sektoridan iborat bo‘ladi. Nomoddiy ishlab chiqarish servis (xizmat ko‘rsatish) sektorini hosil etadi. Iqtisodiyot rivojlangan sari servis sektorining ahamiyati oshib boradi. Mehnat mahsuli qanday bo‘lishiga qarab natural va tovar ishlab chiqarish farqlanadi. Agar mahsulotlar ishlab chiqaruvchining o‘z iste’molini qondirishga qaratilsa, bu natural ishlab chiqarish bo‘ladi. Agar mahsulotlar bozorda sotish uchun yaratilsa, tovar ishlab chiqarish yuz beradi. Hozirgi bozor iqtisodiyotiga tovar ishlab chiqarish xosdir. Тovar ishlab chiqarish bor yerda pul amal qiladi. Iqtisodiyotda mehnat taqsimoti degan qonun borki, unga ko‘ra mehnat turlari uzluksiz ko‘payib boradi, mehnat ixtisoslashadi. Shunday sharoitda kishilar o‘ziga kerak barcha narsalarni o‘zlari yaratavermaydilar. Shu sababli ular mahsulotni tovar sifatida boshqa tovarlarga ayirboshlashadi. Ayir- boshlash ehtiyojlarni qondirish shartiga aylanadi. Ayirboshlash ikki usulda yuz beradi: 8 1) Barter. Bunda bir mahsulot boshqasiga ma’lum miqdoriy nisbatda ayirboshlanadi, bu yerda pul ishtirok etmaydi. Barter pul bo‘lmaganda yoki u o‘ta qadrsizlanganda yuz beradi, chunki unga ishonch yo‘qoladi; 2) Тovar ayirboshlash. Bu bir mahsulotni – tovarni boshqasiga pul vositasida ayirboshlashni bildiradi. Bunda, ya’ni oldi-sotdi paydo bo‘ladi. Bozor iqtisodiyotiga tovar ayirboshlash xos bo‘ladi. Bu yerda pul keng ko‘lamda amal qiladi, chunki uni tovar ishlab chiqarish taqozo etadi. Pul ayirboshlashga xizmat qilish bilan cheklanmaydi. U sarf- xarajatlar va daromadlarning hisob-kitobini yuritishda qo‘llaniladi, qarz olish va qarz berishda ishlatiladi, jamg‘arish vositasi sifatida boylik to‘plashga qaratiladi. Yaratilgan ne’matlar iste’mol etilishidan oldin taqsimlanadi. Тaqsimot – bu mahsulot va xizmatlarning ehtiyojlarni qondirish yo‘lida turli qismlarga ajratilishidir. U yuz berganda yaratilgan ne’matlar ikki qismga ajratiladi: 1. Iste’mol fondi – kishilarning tirikchiligini ta’minlovchi qism. 2. Jamg‘arish fondi – bu ishlab chiqarishni rivojlantirish va jamiyatning boyligini oshirishga yuboriladigan qism. Iste’mol yaratilgan mahsulot va xizmatlarning ehtiyojlarni qon- dirish uchun sarflanishini bildiradi. U ikki xil bo‘ladi: kishilarning shaxsiy iste’moli va ishlab chiqarish iste’moli. Shaxsiy iste’molga iste’mol mollari (oziq-ovqat, kiyim-kechak, turarjoy, turli xizmatlar) yuboriladi. Ishlab chiqarish iste’moliga mashina-uskunalar, qurilmalar, xomashyo va yoqilg‘i kabilar sarflanadi. Aholi iste’moli shaklan yakka tartibdagi – oilaviy iste’mol va birgalikdagi jamoaviy iste’moldan (bog‘chalar, maktablar, universitetlar, kasalxonalar, sanatoriyalar, obodonchilik kabi xizmatlar iste’molidan) iborat bo‘ladi. Ishlab chiqarish iqtisodiyotning bosh va yetakchi nuqtasi bo‘lsa, iste’mol uning intihosi bo‘lib, unga yakun yasaydi. Shunday harakat doimo takrorlanib turadi, chunki iste’mol etmay turib yashab bo‘lmaydi, ishlab chiqarmay turib esa iste’mol qilib bo‘lmaydi. Shu bois iqtisodiy faoliyat doimo va to‘xtovsiz yuz berishi talab qilinadi. Ishlab chiqarishning qaytadan yuz berib, yangilanib turishi takror ishlab chiqarish bo‘lib, bu iqtisodiyotdagi aylanma harakatni bildiradi. Ehtiyojlar to‘xtovsiz yuksalib borganidan ularni qondirish uchun ishlab chiqarish kengaytirilgan holda takrorlanishi lozim, ya’ni uning hajmi doimo o‘sib borishi kerak, bu esa iqtisodiy o‘sishni bildiradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling