Iqtisodiyotning azaliy va asosiy ziddiyati mavjud bo‘lib, bu
ehtiyojlarning cheksizligi va resurslarning cheklanganligi
o‘rtasidagi ziddiyatdir.
Odam ko‘p narsani xohlaydi, biroq buning uchun ularga har doim
resurslar, ayniqsa tabiiy resurslar yetishmay kelgan. Bu hozirda ham
kuzatiladi. Bu ziddiyat muqobil iqtisodiy tanlov asosida hal etiladi.
Bunda iqtisodiy faoliyatning eng maqbul turi tanlab olinadi, ya’ni
mavjud resurslarni samarali ishlatish asosida ehtiyojlarni to‘laroq
qondirish yo‘li tutiladi. Bu yerda resurslar sarfining birligiga ko‘proq
mahsulot va xizmatlar olinadi, ya’ni mehnat unumdorligi oshiriladi,
bu esa kam sarflagan holda ko‘p ishlab chiqarishni bildiradi.
Mehnat unumdorligi ishlab chiqarishning texnikaviy darajasiga,
ishlovchilarning bilimi va kasbiy mahoratiga, ishlab chiqarishning tabiiy
sharoitiga va, nihoyat, kishilar mehnatini naqadar rag‘batlantirilishiga
bog‘liq bo‘ladi. Mehnat unumdorligi yuqori yerda ne’matlar mo‘l-ko‘l
bo‘lib, kishilar farovon yashaydilar.
10
Do'stlaringiz bilan baham: |