Darslik ташкент Mualliflar jamoasi


Nafas olish buzilishining asosiy belgilari


Download 5.41 Mb.
bet60/257
Sana23.09.2023
Hajmi5.41 Mb.
#1686290
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   257
Bog'liq
Kitob TKK

Nafas olish buzilishining asosiy belgilari
Yo’tal — yuqori nafas olish yo’llari, bronxlar va o’pkaning turli xil kasalliklarida bronxlar va yuqori nafas olish yo’llaridan yot jismlar, shilimshiq balg’amni chiqarishga qaratilgan himoya - reflektor akt. Yo’tal refleksi balg’am ko’chishiga yordam beradi; yo’tal turtkisi yopiq tovush chiqaruvchi oraliqda to’satdan va keskin nafas chiqarishdan tarkib topgan. Yo’tal mexanizmi inson chuqur nafas olishi, so’ngra tovush chiqaruvchi oraliqning bekilishi, barcha nafas olish muskullari, diafragma va qorin muskullari taranglashib, o’pkalarda bosim oshishidan iborat. Tovush chiqaruvchi oraliq to’satdan ochilib qolganda nafas olish yo’llarida yig’ilib qolgan balg’am va yot jismlar bilan birgalikda havo og’iz orqali kuch bilan otilib chiqadi. Yo’tal vaqtida burun bo’shlig’i yumshoq tanglay bilan yopilib qolishi sababli nafas olish yo’llarining ichidagi narsalar burun orqali kelib tushmaydi.
Yo’tal quyidagicha bo’ladi:
- davomliligi bo’yicha — xurujsimon, davriy, to’xtovsiz;
- tembr bo’yicha - qisqa va extiyotli (plevritda), xirillagan (hiqildoq shikastlanganda, isteriyada), bo’g’ilgan va tovushsiz (tovush paychalari yallig’langanda);
- yo’tal vaqtida nafas olish yo’llaridan ajralmalar bor-yo’qligiga qarab quruq (balg’amsiz), ho’l (balg’am ajralganda). Yo’talda parvarish qilish yo’tal paydo qilgan kasallikka mos kelib, yo’talni keltirib chiqargan sabablarni bartaraf qilishga qaratiladi. Qo’zg’atuvchan va ogriqli quruq yo’talni ogriq qoldiruvchi vositalar yordamida kamaytirish va yumshatishga harakat qilinadi. Ushbu vositalar ichga qabul qilinadi va ingalyastiya yo’li bilan kiritiladi, xususan ingalyastiyada issiq bug’ yordamida yuqori nafas olish yo’llari shilliq qavatining holati yaxshilanadi. Quruq yo’tal yuqori nafas olish yo’llari, plevra yallig’lanishida, bronxlar shish, yot jism bilan bosilib qolganda ro’y beradi.
Yo’tal vaqtida chalg’ituvchi vositalar sifatida xantalma, ko’krakka isituvchi kompresslar, oyoqqa xantalmali vannalar qo’llaniladi. Qiyin ko’chuvchi yopishqoq balg’amli yo’talda uni balg’am ko’chiruvchi ingalyatsiyalar va boshqa vositalar yordamida suyultirish va ko’chishini osonlashtirish mumkin. O’pkalarning surunkali yallig’lanishida nam yo’tal foydali, chunki u yig’ilib qolgan balg’amni o’pka va nafas olish yo’llaridan chiqarishga yordam beradi.
Bemorda yo’tal bo’lganda quyidagilar zarur:
1. Yo’tal turini aniqlash.
2. Bemor uchun unda yo’talni kamaytiradigan holat yaratish.
egallashga yordam berish.
4. Uzoq davom etadigan og’ir yo’tal xurujlarida yo’tal bemorning uyqusini buzmasligi maqsadida, shifokor tomonidan tayinlangan yo’talga qarshi vositalar kechki uyqudan oldin beriladi.
5. Soda qo’shilgan iliq sut (1 stakan iliq sutga pichoq uchida soda) yoki 1x2 stakan iliq sutga shuncha miqdorda borjom qo’shib beriladi.
6. Qizilmiya damlamasi bilan qilingan ingalyatsiya yaxshi ta’sir ko’rsatadi (1 stakan qaynoq suvga 1 osh qoshiq o’tdan solinadi, 30 daqiqa damlab, suzgichdan o’tkaziladi va pulverizator yoki qo’l ingalyatori orqali nafas olinadi).
7. Tomoqqa achchiq choy, evkalipt barglari, moychechak gulining iliq damlamasi bilan chayish (1 stakan qaynoq suvga 1 osh qoshiq kiritilgan barglar solinadi, 30 daqiqa damlanib, suzgichdan o’tkaziladi va suyuqlik hajmi bir stakangacha yetkaziladi).

Download 5.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling