Darslik ташкент Mualliflar jamoasi


Download 5.41 Mb.
bet62/257
Sana23.09.2023
Hajmi5.41 Mb.
#1686290
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   257
Bog'liq
Kitob TKK

Qo’shimcha vositalar: ko’krak qafasiga xantallar (gorchichnik), bankalar qo’yish.
Bronxit — bronxlar shilliq qavatining yallig’lanishi, bo’rtib, shishadi. Bronxit surunkali va o’tkir bo’ladi. O’tkir bronxitni doimo burun-halqumda bo’luvchi mikroorganizmlar qo’zgatadi va odam juda qattik sovuq qotganda kasallik avj oladi.
O’tkir bronxit. O’tkir bronxitning asosiy belgisi — yo’tal. U quruq (balg’am ko’chmasdan) va ho’l (balg’am ajralishi bilan) bo’lishi mumkin. Balg’am, odatda yiringli va yopishoq bo’ladi. Balg’am ko’chgandan keyin bemorning holati yengillashadi.
Belgilar:
— kecha-yu kunduz bemorni bezovta qiluvchi yo’tal, tana haroratining bir oz ko’tarilishi;
— ko’krak qafasida og’riqlar, quvvatsizlik ishtaha pasayishi;
— bosh og’rig’i, et uvushish, mehnat qobiliyatining pasayishi.
Odatda o’tkir bronxit 7—10 kun davom etadi.
Bronxit bilan kasallangan bemorni parvarish qilish
1. Harorat ko’tarilganda yotish rejimi tayinlanadi. Bemorni issiq qilib o’rash zarur.
2. Yelvizakdan va haddan tashqari sovqotishdan saqlanish lozim.
3. Xonadagi havo toza bo’lishi, xonani kuniga bir necha marta shamollatish lozim.
4. Ovqat iliq yuqori quvvatli bo’lishi kerak.
5. Bemorga kuniga bir necha marta qaynatilgan sut yarmiga borjom qo’shib beriladi, 1 osh qoshiq asal qo’shish ham mumkin.
6. Sutga 4 bo’lak maydalangan sarimsoq piyoz qo’shib qaynatiladi, kuniga 3—4 mahal balg’am ko’chiruvchi sifatida ichiladi.
7. Ingalyatsiya qilinadi — 1 choy qoshiq iste’mol sodasi yoki suvga bir oz miqdorda evkalipt qo’shilgan suv bug’i bilan nafas olinadi.
8. Balg’amni yig’ish uchun bemorda cho’ntak tuflagichi bo’lishi kerak. Balg’amni dastro’molga tuflash tavsiya qilinmaydi, chunki dastro’mol bemor yonidagi odamlar uchun infeksiya o’chogi bo’lib qoladi.
Surunkali bronxit o’tkir bronxitlarning tez-tez qaytalashi, haddan tashqari sovish, chekish natijasida paydo bo’ladi. Asosiy belgi — ertalab va jismoniy harakatlardan so’ng kuchayadigan, shilimshiq yiringli balg’am ajratadigan yo’tal.
Kasallik uzoq davom etganda quyidagi belgilar paydo bo’ladi:
- nafas qisishi;
- yuzning shishib ketishi;
- terining kulrangga kirishi;
- lablarning ko’kimtirligi;
- o’pkalarda quruq va nam xirillashlar, ular masofadan eshitiladi. Ko’pincha surunkali bronxitning asorati bronxial astmadir.

Download 5.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling