Krupoz pnevmoniya bilan og’rigan bemorlarni parvarish qilish
1. Qat’iy yotish rejimiga rioya qilish.
2. Terini quruq sochiq bilan artish, o’rin jildlari va ichki kiyimni tez-tez almashtirish.
3. Yelvizakka yo’l qo’ymaslik.
4. Puls va arterial bosimni kuzatib borish.
5. Bemorga kislorodli yostiqdan nafas oldirish.
6. Ovqatni bo’lib-bo’lib, oz-ozdan berish; yengil hazm bo’ladigan, B va C vitaminlariga boy, energetik quvvati yuqori bo’lgan parxez.
Quyidagi xalq amaliyoti bemorning ahvolini ancha yaxshilaydi: 1 stakan go’sht maydalagichdan o’tkazilgan piyoz 1 stakan asal bilan aralashtirilib, kuniga 3 mahal 1 osh qoshiqdan ovqatdan oldin iste’mol qilinadi. Tomir tonusi oshib, ahvol yaxshilanadi.
Harorat tushgandan va ahvoli yaxshilangandan so’ng, bemorga xojatxonaga borishga ruxsat beriladi.
Ochoqli pnevmoniyani odatda gripp virusi, shuningdek pnevmokokk yoki streptokokk qo’zg’atadi. O’choqli pnevmoniyalar gripp, qorin tifi, sepsisdan keyingi asoratlar sifatida ham rivojlanishi mumkin. Ba’zida o’choqli pnevmoniya nafas yo’llariga yot jismlar, shilimshiq qusuq massalari, suv tushishi, shuningdek operastiyadan keyin uzoq vaqt chalqanchasiga yotish (bunda qon harakati susayib, o’pkada qon dimlanadi) natijasida paydo bo’ladi. Ba’zida o’pka tuqimasi va mayda bronxlarining zararlanishi kuzatiladi, shu sababli bu pnevmoniya bronxopnevmoniya deb ataladi. O’pkaning mayda bo’lakchalari zararlanadi, bronx devorlari bo’rtib, tomirlar qon bilan to’ladi.
Belgilar:
— darmonsizlik quvvatsizlik;
— tana harorati 37,5—38°C gacha ko’tarilishi;
— bosh og’rig’i, ba’zida burun qonashi;
— uncha qattiq bo’lmagan yo’tal, shilimshiq-yiringli ozroq balg’am ajraladi, ba’zida balgam yopishqoq va qonli bo’ladi;
— yo’tal vaqtida ko’krak qafasida og’riq bir oz nafas qisish (nafas olish bir daqiqada 25—30 marta) kuzatiladi.
Harorat asta-sekin pasayadi.
Kasallikning davomiyligi organizmning ahvoli, davolash boshlangan vaqti, parvarishga bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |