Darsni maqsadi: Ta’limiy maqsad
Har qanday gazning 6,02∙10
Download 0.91 Mb.
|
8~sinf konspekt
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kimyo fani o’qituvchisi: _____________________ O`TIBRO: ________________________ Fan : Kimyo.___-___.20__ -sana : 8-sinf__________________________________
- O’quvchilarga berilgan mavzu yuzasidan ilmiy asoslangan, Davlat Ta’lim Standarti talablariga javob beradigan bilimlar berib , ularda amaliy ko’nikmakarni hosil qilish.
- 3.Rivojlantiruvchi maqsad
- Foydalanilgan adabiyotlar
Har qanday gazning 6,02∙1023 ta zarrasi (1 moli) normal sharoitda 22,4 litr hajmni egallaydi.
Yangi mavzuni mustahkamlash : O’quvchilar bilan savol-javob qilish. Uyga vazifa berish : Darslikdan §18 ni o‘qish.Tayanch iboralarni izohlash. Savol va topshiriqlarni bajarish. Keyingi mavzuga tayyorgarlik ko‘rish. Kimyo fani o’qituvchisi: _____________________ O`TIBRO: ________________________ Fan : Kimyo.___-___.20__ -sana : 8-sinf__________________________________ Mavzu : 25-§ FTOR, BROM, YOD Darsni maqsadi: 1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga berilgan mavzu yuzasidan ilmiy asoslangan, Davlat Ta’lim Standarti talablariga javob beradigan bilimlar berib , ularda amaliy ko’nikmakarni hosil qilish. 2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarimizni Ona-Vatanga , tarixiy va madaniy merosimizga , O’zbek xalqining buyuk siymolariga , Ota-onaga muhabbat va milliy iftihor tuygusi ruhida tarbiyalash. kologok madaniyatni shakllantirish 3.Rivojlantiruvchi maqsad: Ilimni amaliyotga tatbiq etish. O’quvchilarning bilim va tafakkurini, kitobxonlik malakasini oshirish, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, kimyo faniga qiziqishlarini shakllantirish. Darsning jihozlari : Plakatlar , kimyoviy moddalardan na’munalar , kimyoviy jihozlar Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar. Foydalanilgan adabiyotlar : Kimyo 8.Toshkent-2019. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov. Darsning borishi : Tashkiliy qism: 1.Salomlashish. 2. Davomat. 3. Darsga tayyorgarlik ko’rish. Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash. Yangi mavzuni bayoni: Galogenlarning qaysi birikmalaridan foydalangansiz? Qanday maqsadlarda? Ftor, brom va yod elementlari galogenlar oilasining vakillari bo‘lib, tabiatda turli birikmalar holida keng tarqalgan. Ftor - flyuorit (plavik shpat) CaF2, kriolitNa3[AlF6], ftorapatit 3Ca3(PO4)2·CaF2 yoki Ca5(PO4) 3F tabiatda minerallar tarzida uchraydi. Brom — xlor tutuvchi barcha tabiiy birikmalarga yondosh tarzda minerallar holida va dengiz suvida, yer osti suvlarida uchraydi. Yod — dengiz o‘tlari va dengiz bulutlarida, organik birikmalar, yer osti suvlarida, Chili selitrasiga yondosh tarzda yodatlar (NaJO3, KJO3) holida tabiatda uchraydi. Galogenlarning barchasi o‘tkir hidga ega, zaharli. F2, Br2, J2 molekulalari ikki atomli, tartib raqami ortishi bilan atom radiuslari ortib borganligi sababli molekulalar qutblanuvchanligi ortib boradi. Natijada molekulalararo dispersion ta’sirlashuv kuchayib bromning suyuq, yodning qattiq holda bo‘lishiga olib keladi. Bu esa o‘z-o‘zidan yuqori suyuqlanish va qaynash haroratiga ega bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Ftor juda yuqori kimyoviy faollikka ega bo‘lib, uni amalda erituvchilar vositasida eritish qiyin. Brom va yod suvda juda oz miqdorda, organik erituvchilarda esa yaxshi eriydi. Ftor xona haroratida ishqoriy metallar, qo‘rg‘oshin, temir bilan yonib reaksiyaga kirishadi. Qizdirilganda barcha metallar, oltin va platina bilan ham reaksiyaga kirishadi. Vodorod, yod, brom, oltingugurt, fosfor, mishyak, surma, uglerod, kremniy, bor bilan sovuqda ham portlab yoki yonib reaksiyaga kirishadi. Qizdirilganda xlor, kripton va ksenon bilan birikadi: Xe + F2 = XeF2 + Q Ftor, kislorod, azot va olmos bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reaksiyaga kirishmaydi. Ftor atmosferasida shisha va suv yonib ketadi: SiO2 + 2F2 = SiF4 + O2 + Q; 2H2O + 2F2 = 4HF + O2 + Q. Brom va yodning kimyoviy faolligi nisbatan sust bo‘lsa-da odatdagi sharoitda ular ham ko‘pchilik metallar va metallmaslar bilan reaksiyaga kirishadi. Brom vodorod bilan qizdirilganda, yod esa kuchli qizdirilganda ta’sirlashadi, ammo yuqori haroratda HJ parchalana boshlab, teskari reaksiya sodir bo‘ladi. Bu reaksiya oxirigacha to‘liq bormaydi: H2 + J2 → 2HJ – Q Galogenlarning kimyoviy faolligi ftordan astatga tomon sustlashib, oksidlovchi xossasi bosqichma-bosqich kamayib boradi. Bromning yetishmasligi insonlarda turli asab kasalliklarini keltirib chiqaradi. Asab kasalliklarida, uyqusizlikda bemorlarga bromli dori-darmonlar tavsiya qilinadi. 5% li yodning spirtdagi eritmasi antiseptik va qon to‘xtatuvchi vosita sifatida, bir qator farmatsevtik vositalar olishda ishlatiladi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling