Darsni maqsadi: Ta’limiy maqsad
Download 0.91 Mb.
|
8~sinf konspekt
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Tarbiyaviy maqsad
- Darsning jihozlari : Plakatlar , kimyoviy moddalardan na’munalar , kimyoviy jihozlar Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar.
- m 3 /mol yoki l / mol
Darsning maqsadi:
1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga berilgan mavzu yuzasidan ilmiy asoslangan, Davlat Ta’lim Standarti talablariga javob beradigan bilimlar berib , ularda amaliy ko’nikmakarni hosil qilib, tegishli malakalarini shakllantirish. O‘quvchilarga gazlar bilan bog‘liq bo‘lgan Avogadro qonuninir mohiyatini tushuntirish. O‘quvchilar Avogadro qonuni faqat gaz holati uchun xos ekanligini anglab olishlari kerak. 2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarimizni Ona-Vatanga , tarixiy va madaniy merosimizga , O’zbek xalqining buyuk siymolariga , Ota-onaga muhabbat va milliy iftihor tuygusi ruhida tarbiyalash. Ularda ekologok madaniyatni shakllantirish va tarbiyalash. 3.Rivojlantiruvchi maqsad: Ilimni amaliyotga tatbiq etish. O’quvchilarning bilim va tafakkurini, kitobxonlik malakasini oshirish, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, kimyo fani va shu sohadagi kasblarga qiziqishlarini shakllantirish. Darsning jihozlari : Plakatlar , kimyoviy moddalardan na’munalar , kimyoviy jihozlar Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar. Foydalanilgan adabiyotlar : Kimyo 8 Darsning borishi : Tashkiliy qism: 1. O’quvchilar bilan salomlashish. 2. O ’quvchilar davomadini aniqlash. 3. Darsga tayyorgarlik ko’rish. Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash. Yangi mavzuni bayoni: Ma’lum miqdordagi gazning hajmi doimiy kattalik emas va harorat (T) hamda bosim (P) bilan bog‘liqdir. 1811-yilda Italiyaning Turin universitetining professori A.Avogadro gazlar bilan bog‘liq hodisalarni o‘rganish jarayonida quyidagi xulosaga keldi: • Bir xil sharoitda o‘zaro teng hajmdagi turli xildagi gazlarda molekulalar soni teng bo‘ladi. Keyinchalik o‘tkazilgan tajribalar bu xulosani tasdiqladi va bu qonun Avogadro qonuni deb atala boshlandi. Avogadro oddiy moddalarning gaz holidagi molekulalari ikkita atomdan tashkil topganligini aniqladi (H2, O2, N2, F2, Cl2). Avogadro qonuni gazlar uchun xos bo‘lib, qattiq va suyuq moddalar bu qonunga bo‘ysunmaydi. Chunki, kichik bosimlarda gazlarda molekulalar orasidagi masofa ularning o‘z o‘lchamidan minglab marotaba katta. Gazning hajmi molekulalar soni va molekulalararo masofaga bog‘liqdir. Molekulalarning o‘lchamlari esa ahamiyatga ega emas. Bir xil bosim va bir xil haroratda turli gazlardagi molekulalar orasidagi masofa deyarli bir xildir. Shunday qilib, bir xil sharoitda turli gazlarning bir xil miqdordagi molekulalari bir xil hajmni egallaydi. Suyuq va qattiq moddalarning hajmi molekulalararo masofa kichikligi uchun nafaqat molekulalar soni balki ularning o‘lchamiga ham bog‘liqdir. O‘ta quyi haroratlar yoki yuqori bosimlarda gazlarda suyuqlik holatiga o‘xshab, molekulalararo masofa ularning molekulalari o‘lchamlariga yaqinlashib qolganligi uchun Avogadro qonuni kuchga ega bo‘lmaydi. Oldingi darslardan ma’lumki (12-§ ga qarang) har qanday moddaning bir moli 6,02∙10-23 ta zarra (molekula, atom) tutadi. Demak, Avogadro qonuniga ko‘ra 6,02∙10-23 ta zarra tutgan har qanday gaz bir xil sharoitda bir xil hajmni egallaydi. Gazning molyar hajmi m3/mol yoki l/mol da ifodalanadi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling