Darsni maqsadi: Ta’limiy maqsad


Yangi mavzuni mustahkamlash


Download 0.91 Mb.
bet8/34
Sana28.03.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1303695
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   34
Bog'liq
8~sinf konspekt

Yangi mavzuni mustahkamlash : O’quvchilar bilan savol-javob qilish.
Uyga vazifa berish : O’tgan mavzularni takrorlash.
. Kimyo fani o’qituvchisi: _____________________ O`TIBRO: ________________________
Fan : Kimyo. ___.___.20___-sana :
Mavzu : -§ KISLOROD GURUHCHASI ELEMENTLARI
Darsni maqsadi: 1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga berilgan mavzu yuzasidan ilmiy asoslangan, Davlat Ta’lim Standarti talablariga javob beradigan bilimlar berib , ularda amaliy ko’nikmakarni hosil qilish.
2.Tarbiyaviy maqsad:
O’quvchilarimizni Ona-Vatanga , tarixiy va madaniy merosimizga , O’zbek xalqining buyuk siymolariga , Ota-onaga muhabbat va milliy iftihor tuygusi ruhida tarbiyalash. kologok madaniyatni shakllantirish 3.Rivojlantiruvchi maqsad:
Ilimni amaliyotga tatbiq etish. O’quvchilarning bilim va tafakkurini, kitobxonlik malakasini oshirish, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, kimyo faniga qiziqishlarini shakllantirish.
Darsning jihozlari : Plakatlar , kimyoviy moddalardan na’munalar , kimyoviy jihozlar
Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar.
Foydalanilgan adabiyotlar : Kimyo 8.Toshkent-2019. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov.
Darsning borishi : Tashkiliy qism: 1.Salomlashish. 2. Davomat. 3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.
Yangi mavzuni bayoni:   Kislorod gaz, oltingugurt qattiq modda bo‘lishi sababini qanday izohlaysiz?
Kimyoviy elementlar davriy jadvalining oltinchi guruh bosh guruhchasi (kislorod guruhchasi)da kislorod, oltingugurt, selen, tellur va poloniy elementlari joylashgan (Poloniy radioaktiv element bo‘lganligidan uning xossalarini radiokimyoda batafsil o‘rganiladi).
K islorod guruhchasi elementlarining tashqi energetik pog‘onasida oltitadan elektron bor. Shu sababli bu elementlar o‘zlarining tashqi energetik qavatlarini tugal holatga, ya’ni sakkizta elektronli holatga keltirish uchun ikkita elektron qabul qilib oladi, natijada -2 oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Kislorod ftorli birikmasi OF2 da +2, vodorod peroksid H2O2 da
−1 bo‘ladi. Qolgan barcha birikmalarda −2 oksidlanish darajasida bo‘ladi. Kislorod va oltingugurtning o‘ziga xos xususiyatlari, xossalari. Oltingugurt, selen va tellurning tashqi energetik pog‘onasida bo‘sh holdagi d-orbitallar mavjud. Tashqi qobiqdagi juftlashgan p- va s-elektronlar bittadan d-orbitallarga ko‘chib o‘tishi mumkin.
S, Se, Te elektron qabul qilib −2 va elektron berib +4, +6 oksidlanish darajasini namoyon qiladi.
Kislorod ikkinchi davr elementi, uning tashqi energetik qavatida d-orbitallar mavjud emas. Shuning uchun u +4, +6 oksidlanish darajalarini namoyon qila olmaydi. OLTINGUGURT Tabiatda uchrashi. Oltingugurt tabiatda erkin holatda ham, birikmalar ko‘rinishida ham uchraydi. O‘zbekistonda oltingugurtning tabiiy manbalari mavjud.
Hozirgi kunda Respublikamizda ishlab turgan tabiiy gaz va gaz kondensatlarini qayta ishlash korxonalarida oltingugurt va oltingugurt birikmalarini olish yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda qazib olinayotgan mis rudalari tarkibida oltingugurt, selen va tellur ham mavjud.
Selen va tellur yarimo‘tkazgichlar, quyosh batareyalari, termoregulyatorlar tayyorlashda, po‘lat va shishaning maxsus navlarini ishlab chiqarishda asosiy xomashyo bo‘lib xizmat qiladi. Kimyoviy xossalari. Oltingugurt kimyoviy reaksiyalarda oksidlovchi, kislorod bilan reaksiyaga kirishganda esa qaytaruvchi bo‘lib ishtirok etadi. Oltingugurt oksidlovchi. 1. Vodorod bilan reaksiyaga kirishib vodorod sulfidni hosil qiladi ..2. Metallar bilan oltingugurt reaksiyaga kirishib sulfidlarni hosil qiladi: Zn +S=ZnS; Fe+S= FeS.
Oltingugurt qaytaruvchi. Oltingugurt, kislorod, xlor va ftorlar bilan reak­siyaga kirishib elektron beradi
Ishlatilishi. Oltingugurt xalq xo‘jaligida juda ko‘p maqsadlarda ishlatiladi.



Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling