12-mavzu: I-II –iii guruhlarning qo’shimcha guruhchasi elementlari bo’limi mavzularini o’qitish metodikasi Reja


Download 73.75 Kb.
bet1/10
Sana05.01.2022
Hajmi73.75 Kb.
#231358
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
12-maruza


12-mavzu: I-II –III guruhlarning qo’shimcha guruhchasi elementlari bo’limi mavzularini o’qitish metodikasi

Reja:

  1. I guruh d- elementlarining umumiy tavsifi.

  2. Mis va uning muhim birikmalari

  3. Kumush va Oltinning muhim birikmalari

  4. III gruppaning qo’shimcha gruppachasiga

I guruh d- elementlarining umumiy tavsifi

Yonaki guruhchani mis, kumush va oltin elementlari tashkil etib, mis guruhchasi nomi bilan ataladi. Bu elementlar atomlarining sirtqi elektron qavatida bittadan elektron bo‘ladi, ammo xossalari jihatidan ishqoriy metallardan katta farq qiladi, ya’ni



  1. Ishqoriy metallarda sirtidan tashqari ichki qavatida 8 ta elektron bo‘lsa, mis guruhchasida esa 18 ta elektron joylashgan.

2. Ag va Au atomlarida sirtqi elektronning yadroga ancha yaqin ekanligidan ular yadroga mustahkam bog‘langan. SHuning uchun mis guruhchasidagi elementlarning ionlanish potensiali (atomdan elektron ajratib olish uchun sarf qilinishi kerak bo‘lgan energiya) ishqoriy metallarga qaraganda ancha katta. Xaqiqatdan, ham ishqorni metall atomlari sirtqi elektronni ancha oson beradi, mis guruhchasi elementlarining atomlari esa sirtqi elektronini ancha mustahkam ushlab turadi. SHu sababdan mis guruhchadagi elementlar ancha qiyin oksidlanadi va aksincha ularning ionlari oson qaytariladi, ularning gidroksidlari ancha kuchsiz asoslardir.

Boshqa elementlarda 18 elektronli qavat ancha barqaror bo‘ladi, ammo mis guruhchasi elementlari bu qavat etarli darajada barqaror emas, shuning uchun bu elementlar o‘zlarining 18 ta elektron qavatlaridan elektronlarni qisman yo‘qota oladi.

Masalan, CuO, Cu2O, AuCl, AuCl2, AuCl3

Mis guruhchasi metallari atomining elektron tuzilish konfiguratsiyasi quyidagicha:



Mis guruhchasi elementlaridan mis + 1, +2, oltin esa +1, +2, +3, oksidlanish darajasiga ega bo‘lib, metallarning elektroqimyoviy faollik qatorida vodoroddan keyin turadi. Bu elementlar atomlarining radiuslari asosiy guruhcha (ishqoriy metallar) element atomlarnikidan kichiq bo‘lgani uchun tashqi qavatdagi elektron atomdan juda qiyin ajraladi. Bu elementlar passiv, qiyin oksidlanadi, ionlari esa oson qaytariladi, suvni parchalay olmaydi (isitganda ham).Ularning gidroksidlari suvda erimaydigan kuchsiz asoslardir.

Mis guruhchasi elementlarining ikkita eng muhim kimyoviy xossasini aytib o‘tamiz: 1) miss guruhchasi elementlari o‘z birikmalaridan metall holatga oson qaytariladi; 2) ular juda ko‘p ligandlar bilan kompleks birikmalar hosil qiladi.


Download 73.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling