12-mavzu: I-II –iii guruhlarning qo’shimcha guruhchasi elementlari bo’limi mavzularini o’qitish metodikasi Reja
-ilоvа «Qаndаy» оrgаnаyzеrini to`ldiring
Download 73.75 Kb.
|
12-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Skandiy gruppachasi
6-ilоvа
«Qаndаy» оrgаnаyzеrini to`ldiring Muhim muаmmоning еchimini tоpishgа yordam bеrаdi vа “Qаndаy” sаvоli оrqаli muаmmо hаl qilinаdi. Qo’shimcha guruhcha elеmеntlariga qanday elementlar kiradi? Qаndаy? Qаndаy
Qаndаy? Qаndаy? Qаndаy? Qаndаy? Qаndаy? Qаndаy?
III gruppaning qo’shimcha gruppachasiga skandiy (Scandium) Sc, ittriy (ittium), lantan (Lantanium) La va aktiniy (Actinium) Ac kiradi. Skandiyning mavjudligini D.I.Mendeleyev 1870 yilda oldindan aytib bergandi. Oradan to’qqiz yil o’tgach, L. Nilson ochadi. Skandiy gruppachasi elementlari atomlari tashqi elektron qavatlarida ikkitadan va undan keyingi qavatda to’qqiztadan elektron saqlaydi. Quyida gruppacha elementlari atomlarining tashqi va undan oldingi elektron qavatlari tuzilishi keltirilgan: Sc 3s2 3p6 3d’ 4s2 Y 4s2 4p6 3d’ 5s2 La 5s2 5p6 5d’ 6s2 Ac 6s2 6p6 6d’ 7s2 Bularda tartib nomeri oshgan sari ionlanish energiyasi (6,66 B dan 5,51 B gacha) kamayib boradi, ion radiusi esa (0,083 dan 0,11nm gacha) ortadi. Gruppachaning har bir elementi o’zidan keyin tegishlicha d- elementlar dekadasini vujudga keltiradi. Skandiy gruppachasi elementlarining o’z birikmalaridagi oksidlanganlik darajasi ko’pincha +3 ga teng bo’ladi. Skandiy, ittriy va lantan yer qobig’ida massasi bo’yicha 10 ni tashkil etadi. Aktiniy ancha kam tarqalgan bo’lib, massasi bo’yicha 6.10 atrofidadir. Skandiy gruppachasi elementlari ularning ftoridlarini (ba’zan, xloridlarini) qaytirib olinadi. Birikmalari esa tuzlari yoki oksidlaridan turli yo’llar bilan sintez qilinadi. Skandiy gruppachasining elementlari erkin holatda yuqori temperaturada suyuqlanadigan oq – kumush rang metallar bo’lib, suyultirilgan anorganik kislotalar (HCl, H2SO4 va HNO3) da eriydi. Qizdirilganda ko’pgina metallmaslar bilan reaksiyaga kirishadi. Gidroksidlari asosli xossaga ega. Qizdirilganda oksidlarga o’tadi. Lantan gidroksidi La(OH)3 kuchli asoslardan hisoblanadi. Skandiy gidroksidi konsentrlangan ishqor eritmasida gidroksoskandiatga (masalan, Na3[Sc(OH)6]) aylanadi. Gruppacha element gidroksidlaridan ba’zilari amorf holda ham uchraydi. Gidroksidlari elementlar tuzlarining suvli eritmalaridan ammiak yoki ishqorlar bilan cho’ktirib olinadi. Bular elementlarning boshqa birikmalarini olishda xomashyo bo’lib xizmat qiladi. Skandiy gruppasi elementlari kompleks birikmalari hosil qiladi. Masalan, skandiy o k s a l a t g e k s a g i d r a t i Sc2(C2O4)3∙6H2O yoki MeSc(C2O4)2∙2H2O va Me3Sc(C2O4)3∙4H2O (Me – ishqoriy metall) kabi komplekslari skandiyning galoidli birikmalari neytral yoki nordon eritmalariga oksalat kislota ta’sir ettirib hosil qilinadi. Skandiy gruppachasi elementlari birikmalari lazer materiallari, elektron asboblarda katodlar, EHMlarda ishlatiluvchi ferritlarda yasaluvchi yodlab qolish moslamalari kabi va boshqa sohalarda qo’llaniladi. Download 73.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling