12-mavzu: I-II –iii guruhlarning qo’shimcha guruhchasi elementlari bo’limi mavzularini o’qitish metodikasi Reja


Download 73.75 Kb.
bet2/10
Sana05.01.2022
Hajmi73.75 Kb.
#231358
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
12-maruza

Mis (Cuprum)63,5429Cu

Misning atom massasi 63,54 (Z-29) ga teng, uning tabiatda 2 ta izotopi tarqalgan – 63Cu (69%), 65Cu (31%). Misning yana 9 ta radioaktiv izotopi olingan. Mis asosan birikmalar holida, shuningdek, erkin holda ham uchrab turadi. Uning eng muhim rudalari: xalkozin (mis yaltirog‘i) Cu2C, xalkopirit (mis kolchedani) CuFeS2, malaxit Cu2(OH)2CO3. Metallurgiyada suyuqlantirib olinadigan hamma misning 80% i sulfidli rudalaridan olinadi.



Olinishi:

4SuFeS2 + 13O2 = 4CuO + 2Fe2O3 + 8SO2

2CuO + FeS + C + SiO2 = Cu2S + FeSiO3 + CO

yoki


CuO + FeO + CuS + C + SiO2 = Cu2S + FeSiO3 + CO

2Su2S + 3O2 = 2Cu2O + 2SO2

2 Cu2O + Su2S = 6Cu + SO2

Xossalari. Mis issiqlik va elektrni (kumushdan keyin) yaxshi o‘tkazish xususiyatiga ega, qizil tusli metall, sovuq holatda ham yaxshi cho‘ziladigan va yassilanadigan plastik va yumshoq metaldir. Mis quruq havoda asta-syokin oksidlanib, zich oksid parda hosil qiladi, lekin nam havoda CuCO3 · Cu (OH)2 bilan koplanib ko‘karadi.

2Cu + H2O +CO2 +O2 = CuCO3 · Cu (OH)2

Mis xlor bilan odatdagi harorat, qizdirilganda kislorod bilan (CuO; Cu2O) birikadi. Suyultirilgan HCl, va H2SO4 misga tasir etmaydi, unga konsentrlangan H2SO4 ta’sir etib, CuSO4 va SO2 ni hosil qiladi. Misga HNO3 tasir ettirilsa, kislotaning konsentratsiyasiga qarab Cu(NO3)2 va azot oksidlari hosil bo‘ladi. Barcha reaksiyalarga mis +2 oksidlanish darajasiga ega, misning +1 oksidlanish darajasiga ega bo‘lgan birikmalarini olish ancha murakkabdir.

Mis boshqa metallar bilan birga oson suyuqlanib, ko‘pgina qotishmalarni hosil qiladi. Uning mashinasozlik va elektrotexnikada ko‘p ishlatiladigan bronza (misning kalay bilan qotishmasi) va latun (misning rux bilan qotishmasi), ko‘rinishi kumushga o‘xshagan neyzilber (65%Cu, 20%Zn, 15%Ni), melxior (80%Cu, 20%Ni) va termoelementlarda ishlatiladigan konstantin (60%Cu, 40%Ni) va boshqa ko‘pgina qotishmalari olingan. Misning ko‘pgina miqdori (40% i) elektr simlari va kabellarni tayyorlashda ishlatiladi. Ro‘zg‘orda ishlatiladigan mis asboblarni zanglashdan saqlash uchun ularga kalay yugurtiriladi, bu esa odamni zaharlanishidan saqlaydi, chunki mis birikmalari zaharlidir.

Mis kislorod, oltingugurt va galogenlar bilan biriksa ham, kimyoviy jihatdan kam faol metaldir. Mis metallarning kuchlanish qatorida vodoroddan keyin turganligi uchun u kislotalar bilan birikkanda vodorod ajratib chiqarmaydi.

2Cu + 4HCl + O2= 2CuCl2 + 2H2O

I bosqich: 2Cu + O2 = 2CuO

II bosqich: CuO + 2HCl→ CuCl2 + H2O



I valentli mis birikmalari

Mis (I)- oksid Cu2Otabiatda qizil tusli ruda yoki kuprit holida uchraydi. Mis tuzi eritmasiga ishqor va kuchli biror qaytaruvchi (formalin yoki uzum shakari) ni ta’sir ettirilsa, Cu2O hosil bo‘ladi. Mis (I) tuzlari suvda erimaydigan rangsiz, kuchli qaytaruvchi moddadir.



Olinishi:

  1. I bosqich: 2Cu + O2→ 2CuO

IIbosqich: 4CuO →2Cu2O +O2


  1. I bosqich: CuSO4 + 2NaOH→ Cu(OH)2 + Na2SO4

II bosqich: C6H12O6 + 2Cu(OH)2→ C6H12O7 + 2CuOH↓ + N2O

sariq

III bosqich: 2CuOH→ ↓Cu2O + H2O

qizil

Cu2O + H2SO4 = CuSO4 + Cu + H2O



Mis (I)- xloridning olinishi:

  1. Cu2O + 2HCl→2CuCl + H2O

  2. CuCl2 + Cu→ 2CuCl

  3. CH ≡ CH + 2 CuCl = Cu2C2 + 2HCl

II valentli mis birikmalari


Download 73.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling