Mis (II) sulfat CuSO4∙5H2O - mis kuporosi (yoki to‘tiyo) misga havo ishtirokida H2SO4 ni ta’sir ettirib olinadi. CuSO4 ∙ 5H2O qizdirilsa, kristallizatsiya suvi yo‘qoladi, natijada suvsiz ok kukun hosil bo‘ladi. Bu tuz qishlok xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi ko‘rashda, misni rafinlashda, tibbiyotda, to‘qimachilikda, bo‘yoqchilikda ishlatiladi.
Cu + 2H2SO4 = CuSO4 + SO2 + 2H2O
kons
2CuSO4 + 4KI = 2K2SO4 + Cu2I2 + I2
Mis (II)-xlorid CuCl2∙2H2O – suvda oson eriydigan to‘q yashil kristallar hosil qiladi.
Olinishi: Cu + Cl2 = CuCl2
Cu2(OH)2CO3 + 4HCl → 2 CuCl2 + CO2 + 3H2O
Mis SuCl2 va osh tuzi eritmalari ishtirokida tez emiriladi. Bu jarayon quyidagi ikki bosqich bilan sodir bo‘ladi:
I bosqich: Cu + CuCl2 → CuCl2
II bosqich: CuCl + NaCl → Na[Cu Cl2]
Do'stlaringiz bilan baham: |