12-mavzu: I-II –iii guruhlarning qo’shimcha guruhchasi elementlari bo’limi mavzularini o’qitish metodikasi Reja
Download 73.75 Kb.
|
12-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kumushperoksid –Ag
- Kumush xlorid- AgCl
- Kumush nitrat- AgNO
- Oltin (Aurum)
Kumush (I)- oksid Ag2O qora rangli modda, ammiakda eriydi va ayniqsa ba’zan organik moddalarga nisbatan oksidlash xossalarini namoyon qiladi. Kumush galogenidlar (kumush ftoriddan tashqari) suvda erimaydi va ular o‘zaro rangi jihatidan (kumush xlorid ok, kumush bromid sarg‘ish, kumush yodid sariq) qisman farqlanadilar.
2Ag NO3+ 2NaOH = 2NaNO3 + Ag2O + H2O Ag2O + H2O→2AgOH (asos xossaga ega bo‘lib, lakmusni ko‘kartiradi) Ag2O + H2O + 2NaCl= 2 AgCl + 2NaOH Ag2O + 4NH4OH = 2[Ag(NH3)2]OH + 3H2O Kumushko‘zgureaksiyasi 2[Ag(NH3)2]OH + SN3SON = 2Ag + SN3SOON+ NH3 +N2O
AgNO3+NaCl → ↓AgCl+NaNO3 t 2AgCl → 2Ag + Cl2 AgCl, AgBr va Ag2S kompleksbirikmahosilqiladi. AgCl + 2NH4OH =Cl+ 2H2O Ag2S + 4KCN = 2K + K2S AgBr + 2Na2S2O3 = Na3[Ag(S2O3)2] + NaBr Kumush nitrat- AgNO3- lyapis deb ham ataladi Ag+ 2HNO3 →AgNO3 + NO2 + H2O 2AgNO3 + CH = CH →Ag2C2 + 2HNO3 ammiakdagi atsetilenid eritmasi AgBr yorug‘likka juda sezgir bo‘lgani uchun undan fotografiyadan foydaniladi. AgNO3 tibbiyotda va kimyo laboratoriyalarida keng kulamda ishlatiladi. Oltin (Aurum)196,979Au Oltin (Aurum) Au (Z-79) ning tabiiy izotopi bitta, 22 ta sun’iy izotopi bor. Oltin tuprok erkin holda uchraydi, ularning birikmalari juda oz Oltin AuTe2 kalaverit minerali tarkibida, shuningdek ruh, qo‘rgoshin kabi metallarning rudalari tarkibida uchraydi. Olinishi. Oltinli qumni simob ta’sirida amalgamalanadi, so‘ngra qizdirish bilan simob bug‘latiladi, natijada oltin qoladi. YAna oltinni qumga NaCN yoki KCN ni ta’sir ettirib olinadi: 4Au + 8 NaCN + O2 + 2H2O = 4 Na[Au(CN)2] + 4NaOH Hosil bo‘lgan eritmadan rux ta’sirida oltin ajratiladi: 2[Au(CN)2] - + Zn = [Zn(CN)4] + 2Au 2Na [Au(CN)2] +2 Zn = 2Na[Zn(CN)2] + 2 Au Rudalardan KCN yoki NaCN eritmalari yordami bilan oltin ajratib olish usulini (sianlash deb ataladi) rus injeneri P.R.Bagration 1843 yilda kashf etgan edi. Fizikxossalari:tozaoltinningzichligi 19,3g/sm3, suyuqlanishharorati 1063 0Sbo‘lganyaltiroqoch-sariqmetalldir.
HNO3 + 3HSl = Cl2 + 2H2O + NOCl nitrozil xlorid Au + 3NOCl = AuCl3 + 3NO Oltinning zar suvida erishidan kompleks xloraurat kislotasi - H[AuCl4] hosil bo‘ladi, bu odatda sotiladigan oltin preparati hisoblanadi Au +4HCl + HNO3 = H[AuCl4] + NO + 2H2O H[AuCl4] → ↓AuCl3 + HCl (ohista qizdirish kerak) qizgish jigar rang H[AuCl4] + 4NaOH →↓Au(OH)3 + 4NaCl + N2O qungir tusli Au (OH)3- oltin kislota (H3AuO3- aurat kislota) deb ham yuritiladi. 1000C 2Au(OH)3 → Au2O3 + 3H2O CO2,1800C AuCl3 ------------→ ↓AuCl + Cl2 2AuCl + 2NaOH → Au2O + 2NaCl + H2O t 2Au2O → 4Au + O2 Au selenatkislotadahameriydi: 2Au + 2H2SeO4 = Au2SeO4 + SeO2 + 2H2O Kumush va oltin bog‘lanuvchan metallar, bu jihatdan oltin birinchi kumush esa ikkinchi o‘rinda, lekin issiqlik va elektr o‘tkazuvchanlikdan kumush birinchi o‘rinda turadi. Kumush ok, oltin esa sariq rangli, har ikkala metall oksidlanishga barqaror, ulardan turli xil zebi-ziynat buyumlari tayyorlanadi. Oltin tish qoplamalari, kumush ba’zi tibbiyot asboblarini tayyorlashda ishlatiladi. Sof metallarga qaraganda ularni mis bilan qotishmalari (qattiq va karroziyaga chidamli) ancha ko‘p ishlatiladi. Oltinbirikmalarialohidaamaliyahamiyatgaegaemas.Kumushionlarieritmadajudaozmiqdordabo‘lgandahambakteritsidta’sirgaega. Oltinning198 Au, 299Auizotoplarijudaahamiyatlidir. Ular tibbiyotda rak kasalligi, turli shishlar va astmani davolashda ishlatiladi. Oltin kimyoviy idishlar tayyorlashda, elektrotexnikada, shuningdek birikmalari tibbiyot va fotografiyada ishlatiladi. Oltinni elektr toki yordamida changlatish yoki uni birikmalaridan qaytarish orqali oltin zollarini olish mumkin, bu zollar qizil qirmizi, binafsha va qora rangli (disperslik darajasiga qarab) bo‘ladi. Mis, kumush, oltin kimyoviy faolligi Cu-Ag-Au qatorida chapdan o‘ngga tomon kamayib boradi.Ular metallarning kuchlanishi qatoridla vodoroddan keyin turadi. Odatdagi haroratda mis kumush va oltin quruq havoda o‘zgarmaydi. Miss 375 0 Sgacha qizdirilganda oksidlanib CuO ga aylanadi 375 0 S dan yuqorida Cu2O hosil bo‘ladi. Nam havoda misning sirti ko‘karadi, chunki uning ustida Cu2 (ON)2SO3 hosil bo‘ladi. Kumush va oltinga hatto yuqori haroratda ham kislorod ta’sir etmaydi. Odatdagi haroratda mis, kumush va oltinga galogenlar ta’sir etmaydi. Lekin nam havoda mis ftor, brom va xlor ta’sirida oksidlanib CuF2, CuBr2 va CuCl2 ga aylanadi. Mis va kumush konsentrlangan sulfat kislotada va o‘rtacha darajada suyultirilgan, shuningdek konsentrlangan nitrat kislotada eriydi Cu+2H2 SO4→ CuSO4 +SO2 +2H2O Ag+2HNO3→ AgNO3 +NO2 +H2O SHunday qilib, mis, kumush va oltin passiv metallar bo‘lib, metallarning elektrokimyoviy kuchlanish qatorida so‘nggi o‘rinlarda turadi, eng passivi oltindir, shuning uchun oltin tabiatda erkin holda uchraydi.
Download 73.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling