Darsni maqsadi: Ta’limiy maqsad


Yangi mavzuni mustahkamlash


Download 0.91 Mb.
bet16/34
Sana28.03.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1303695
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   34
Bog'liq
8~sinf konspekt

Yangi mavzuni mustahkamlash : O’quvchilar bilan savol-javob qilish.
Uyga vazifa berish : Mavzuga doir masala ishlash
Kimyo fani o’qituvchisi: _____________________ O`TIBRO: ________________________


Fan : Kimyo. Sana: ___________________Sinf _____________________________
Mavzu : 46-§ AZOTNING VODORODLI BIRIKMALARI
Darsni maqsadi: 1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga berilgan mavzu yuzasidan ilmiy asoslangan, Davlat Ta’lim Standarti talablariga javob beradigan bilimlar berib , ularda amaliy ko’nikmakarni hosil qilish.
2.Tarbiyaviy maqsad:
O’quvchilarimizni Ona-Vatanga , tarixiy va madaniy merosimizga , O’zbek xalqining buyuk siymolariga , Ota-onaga muhabbat va milliy iftihor tuygusi ruhida tarbiyalash. kologok madaniyatni shakllantirish 3.Rivojlantiruvchi maqsad:
Ilimni amaliyotga tatbiq etish. O’quvchilarning bilim va tafakkurini, kitobxonlik malakasini oshirish, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, kimyo faniga qiziqishlarini shakllantirish.
Darsning jihozlari : Plakatlar , kimyoviy moddalardan na’munalar , kimyoviy jihozlar
Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar.
Foydalanilgan adabiyotlar : Kimyo 8.Toshkent-2019. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov.
Darsning borishi : Tashkiliy qism: 1.Salomlashish. 2. Davomat. 3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.
Yangi mavzuni bayoni: Ammiakning suvli eritmasi asos xossasiga ega bo‘lishini qanday izohlaysiz?
M olekulasining tuzilishi. Azot vodorod bilan bir necha xil moddalarni ho­sil qiladi. Azotning vodorodli birikmalari ichida eng muhimi va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgani ammiakdir. Uning molekular formulasi NH3; tuzilish formulasi elektron formulasi ko‘rinishda bo‘ladi. Azot vodorodga nisbatan elektrmanfiy element bo‘lganligi uchun ammiak molekulasi qutblidir Olinishi. 1. Laboratoriya sharoitida ammiak ammoniy tuzlariga ishqor ta’sir ettirib olinadi : NH4Cl + NaOH =NaCl + H2O + NH3 S huningdek, ammoniy xlorid tuziga so‘ndirilgan ohakni aralashtirib qizdirish yo‘li bilan ham olish mumkin: 28-rasm. Laboratoriyada NH3 olish
2NH4Cl + Ca(OH)2 = CaCl2 + 2H2O + 2NH3 2. Sanoatda olinishi. Sanoatda ammiak atmosfera havosidan ajratib olingan azot va suvni elektroliz qilib olingan vodorodni reaksiyaga kirishtirib olinadi: N2 + 3H2 = 2NH3 + Q. Azot bilan vodorod aralashmasi odatdagi sharoitda reaksiyaga kirishmaydi. Azotni vodorod bilan o‘zaro ta’sirlashuvi reaksiyasi qaytar reaksiyadir. Reaksiyani o‘ng tomonga (NH3 hosil bo‘lish tomonga) siljitish uchun: 1. Bosimni orttirish zarur. 2. Haroratni pasaytirish kerak. Ammo past haroratda ammiak hosil bo‘lishi reaksiyasining unumi pasayib ketadi. 3. Katalizatorlardan foydalanish zarur. Bu reaksiya uchun katalizator— Al2O3, K2O va temir aralashmasi. Fizik xossalari. Ammiak rangsiz, o‘tkir hidli, havodan 1,7 marta yengil gazdir. 1 hajm suvda 700 hajm ammiak eriydi. Ammiak suvda juda yaxshi eriydi Kimyoviy xossalari. Ammiak suvda juda yaxshi eriydi, natijada ammoniy gidroksid (novshadil spirti) hosil bo‘ladi: NH3 + H2O = NH4OH Bu reaksiyada ammiak suv molekulasidagi H+ ioni (proton)ni biriktirib olib ammoniy ioni ni hosil qiladi, H+ ionini yo‘qotgan suv gidroksid ioniga aylanadi. Natijada eritma ishqoriy muhitga ega bo‘ladi. Ammoniy ionining hosil bo‘lishi donor-akseptor bog‘lanish mexanizmi asosida sodir bo‘ladi. Ammiak molekulasida xususiy elektron jufti bor. Vodorod ionida esa bo‘sh orbital mavjud. Ammiak molekulasi vodorod ioni bilan to‘qnashganda azotning xususiy elektron jufti vodorod bilan azot atomlari uchun umumiy bo‘lib qoladi: Ammoniy ionida azot 4 valentli bo‘lib qoladi. Oksidlanish darajasi esa o‘zgarmaydi, ya’ni -3 ga teng. Ammiak kislotalar bilan ham reaksiyaga kirishib tuz hosil qiladi. Bu reaksiyalar ham donor-akseptor mexanizmi bo‘yicha amalga oshadi. Kislotalar molekulasidan ajralib chiqqan vodorod ionlari ammiak molekulasidagi xususiy elektron jufti hisobiga kovalent bog‘ hosil qilib ammoniy ioniga aylanadi. NH3 + HCl = NH4Cl NH3 + H2SO4 = NH4HSO4 2NH3 + H2SO4 = (NH4)2SO4
Ammiak yuqori haroratda azot va vodorodga ajraladi. Ammiak kislorodda yonadi, natijada azot va suv hosil qiladi NH3 + 3O2 → 2N2 + 6H2O Agar ammiakning yonishi reaksiyasi platina katalizatori ishtirokida amal­ga oshirilsa azot (Il)-oksidi hosil bo‘ladi Ammoniy tuzlari. Ammoniy ioni bilan kislota qoldiqlaridan hosil bo‘lgan murakkab moddalar ammoniy tuzlari deyiladi. NH4Cl, NH4NO3, (NH4)2SO4, (NH4)3PO4;
NH4HSO4, NH4H2PO4, (NH4)2HPO4 Ammoniy tuzlarining barchasi suvda yaxshi eriydigan moddalardir. Ularning o‘ziga xos xossalari quyidagilardir: 1. Qattiq qizdirilganda parchalanadi:
(NH4)2CO3 = 2NH3 + H2O + CO2 2. Ishqorlar ta’sir ettirilganda ammiak ajralib chiqadi:
(NH4)2SO4 + 2NaOH = Na2SO4 + 2NH3+2H2O Bu reaksiya ammoniy tuzlari uchun o‘ziga xos reaksiyadir.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling