Darsni maqsadi: Ta’limiy maqsad
Yangi mavzuni mustahkamlash
Download 0.91 Mb.
|
8~sinf konspekt
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’quvchilarga berilgan mavzu yuzasidan ilmiy asoslangan, Davlat Ta’lim Standarti talablariga javob beradigan bilimlar berib , ularda amaliy ko’nikmakarni hosil qilish.
- 3.Rivojlantiruvchi maqsad
- Foydalanilgan adabiyotlar
Yangi mavzuni mustahkamlash : O’quvchilar bilan savol-javob qilish.
Uyga vazifa berish : Mavzuga doir masala ishlash Fan : Kimyo. Sana: ___________________Sinf _____________________________ Mavzu :48-§ NITRAT KISLOTA Darsni maqsadi: 1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga berilgan mavzu yuzasidan ilmiy asoslangan, Davlat Ta’lim Standarti talablariga javob beradigan bilimlar berib , ularda amaliy ko’nikmakarni hosil qilish. 2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarimizni Ona-Vatanga , tarixiy va madaniy merosimizga , O’zbek xalqining buyuk siymolariga , Ota-onaga muhabbat va milliy iftihor tuygusi ruhida tarbiyalash. kologok madaniyatni shakllantirish 3.Rivojlantiruvchi maqsad: Ilimni amaliyotga tatbiq etish. O’quvchilarning bilim va tafakkurini, kitobxonlik malakasini oshirish, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, kimyo faniga qiziqishlarini shakllantirish. Darsning jihozlari : Plakatlar , kimyoviy moddalardan na’munalar , kimyoviy jihozlar Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar. Foydalanilgan adabiyotlar : Kimyo 8.Toshkent-2019. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov. Darsning borishi : Tashkiliy qism: 1.Salomlashish. 2. Davomat. 3. Darsga tayyorgarlik ko’rish. Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash. Yangi mavzuni bayoni: Nitrat kislotadan zar suvi qanday hosil qilinadi? Molekular formulasi — HNO3. Azot atomining ikkinchi energetik qavatida (tashqi energetik qavati) d-energetik qavatcha yo‘q. 2s2 energetik qavatchadagi juft elektron qo‘zg‘ala olmaydi. Azot beshinchi guruhda joylashgan element bo‘lsa-da V valentli bo‘la olmaydi. Azotning yuqori valentligi IV. Shuning uchun nitrat kislotaning tuzilish va elektron formulasini quyidagicha yozish mumkin: Demak, nitrat kislotada azot IV valentli, oksidlanish darajasi esa +5. Olinishi. XX asr boshlariga qadar nitrat kislota konsentrlangan sulfat kislotani chili selitrasiga (NaNO3) ta’sir ettirib olingan. Hozirda bu usuldan laboratoriyada nitrat kislota olish uchun foydalaniladi: NaNO3 + H2SO4 = NaHSO4 + HNO3 Sanoatda nitrat kislota olish uchun ammiakdan foydalaniladi 1. Ammiakni katalizator (Cr2O3 yoki MnO2) ishtirokida oksidlash. 4NH3 + 5O2 = 4NO + 6H2O 2. Azot (II)-oksidni oksidlab azot (IV)-oksid olish. 2NO + O2 = 2NO2 3. Azot (IV)-oksidni kislorod ishtirokida suvga yuttirish. 4NO2 + 2H2O + O2 = 4HNO3 Fizik xossalari. Toza nitrat kislota rangsiz, o‘tkir hidli suyuqlik, zichligi 1,5 g/sm3. —41°C da kristallanadi. Suvda yaxshi eriydi. Kimyoviy xossalari. Nitrat kislota bir negizli kuchli kislotadir. Suyultirilgan eritmalarda to‘liq dissotsiatsiyalangan bo‘ladi: Nitrat kislota beqaror. Yorug‘lik va issiqlik ta’sirida parchalanib turadi. 4HNO3 = 4NO2 + O2 + 2H2O Nitrat kislota ham boshqa kislotalar kabi kislotalarga xos umumiy reaksiyalarni beradi: CuO + 2HNO3 = Cu(NO3)2 + H2O Fe(OH)3 + 3HNO3 = Fe(NO3)3 + 3H2O Na2CO3 + 2HNO3 = 2NaNO3 + H2O + CO2 Nitrat kislotaning metallarga ta’siri boshqa kislotalardan farq qiladi. Kislotaning konsentratsiyasi va metalning faolligiga qarab nitrat kislota quyidagicha qaytariladi: Nitrat kislotaning metallar bilan o‘zaro ta’siri 1. Passiv metallar, masalan, konsentrlangan nitrat kislota Cu va Pb bilan reaksiyaga kirishib (a va b) NO2 gazini hosil qiladi, suyultirilgan nitrat kislota esa (d) NO ni hosil qiladi. 2. Aktiv metallar, masalan, Mg, Zn va Fe bilan kislotani konsentratsiyasi va haroratga ko‘ra turlicha reaksiyaga kirishadi: a) Cu + 4HNO3(kons.) = Cu(NO3)2 + 2NO2 + 2H2O b) Pb + 4HNO3(kons.) = Pb(NO3)2 + 3NO2 + 2H2O d) 3Cu + 8HNO3(suyul.) = 3Cu(NO3)2 + 2NO + 4H2O e) 4Fe + 10HNO3(juda suyul.) = 4Fe(NO3)2 + NH4NO3 + 3H2O 1 mol nitrat kislota bilan 3 mol xlorid kislota aralashmasi "zar suvi" deyiladi. Zar suvi juda kuchli oksidlovchi, u hatto juda passiv metallar — oltin va platinani ham erita oladi: Au + HNO3 + 3HCl = AuCI3 + NO + 2H2O 3Pt + 4HNO3 + 12HCl = 3PtCl4 + 4NO + 8H2O Yog‘och qipig‘i, skipidar (organik modda) lar nitrat kislotada alangalanib yonib ketadi Konsentrlangan nitrat kislota bilan ishlashda nihoyatda ehtiyot bo‘lish kerak! NITRAT KISLOTA TUZLARI Nitrat kislota tuzlari nitratlar deb ataladi. Nitratlar asosan metallarga, metallarning oksidlariga, ishqoriy metallarning va ishqoriy-yer metallarning karbonatli tuzlariga nitrat kislota ta’sir ettirib olinadi. Ammoniy nitrat esa ammiakga nitrat kislota ta’sir ettirib olinadi: NH3 + HNO3 = NH4NO3 Ishlatilishi: Barcha nitratlar suvda yaxshi eriydi. Nitratlar qizdirilganda parchalanadi. Metallarning faollik qatorida magniydan chapda joylashgan metallarning nitratlari nitrit va kislorod hosil qilib parchalanadi:Metallarning faollik qatorida magniy bilan mis oralig‘ida joylashgan metall nitritlari metall oksidi, azot (IV)-oksidi va kislorod hosil qilib parchalanadi: Metallarning faollik qatorida misdan keyin joylashgan metallarning nitratlari parchalanganda metall, azot (IV)-oksid va kislorod hosil qiladi: Nitratlarning parchalanishini quyidagi umumiy sxema bilan ifodalash mumkin. Ammoniy nitrat parchalanganda azot (I)-oksid hosil bo‘ladi: Nitrat kislota tuzlarini aniqlash uchun uning tarkibida nitrat ioni borligini bilish kerak. Buning uchun nitrat tuzi konsentrlangan sulfat kislota bilan qo‘shib qizdiriladi va mis qo‘shiladi. Reaksiya natijasida qo‘ng‘ir gaz — NO2 hosil bo‘lishi tekshirilayotgan tuz nitrat ekanligini bildiradi: 2NaNO3 + H2SO4 = Na2SO4 + 2HNO3 4HNO3 + Cu = Cu(NO3)2 + 2NO2 + 2H2O Nitratlardan asosan qishloq xo‘jaligida mineral o‘g‘it sifatida foydalaniladi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling