Darsni maqsadi: Ta’limiy maqsad


Yangi mavzuni mustahkamlash


Download 0.91 Mb.
bet15/34
Sana28.03.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1303695
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   34
Bog'liq
8~sinf konspekt

Yangi mavzuni mustahkamlash : O’quvchilar bilan savol-javob qilish.


Uyga vazifa berish : O’tgan mavzularni takrorlash. Mavzuga doir masala ishlash


Kimyo fani o’qituvchisi: _____________________ O`TIBRO: ________________________
Fan : Kimyo. Sana: ___________________Sinf _____________________________
Mavzu : 45-§ AZOT
Darsni maqsadi: 1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga berilgan mavzu yuzasidan ilmiy asoslangan, Davlat Ta’lim Standarti talablariga javob beradigan bilimlar berib , ularda amaliy ko’nikmakarni hosil qilish.
2.Tarbiyaviy maqsad:
O’quvchilarimizni Ona-Vatanga , tarixiy va madaniy merosimizga , O’zbek xalqining buyuk siymolariga , Ota-onaga muhabbat va milliy iftihor tuygusi ruhida tarbiyalash. kologok madaniyatni shakllantirish 3.Rivojlantiruvchi maqsad:
Ilimni amaliyotga tatbiq etish. O’quvchilarning bilim va tafakkurini, kitobxonlik malakasini oshirish, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, kimyo faniga qiziqishlarini shakllantirish.
Darsning jihozlari : Plakatlar , kimyoviy moddalardan na’munalar , kimyoviy jihozlar
Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar.
Foydalanilgan adabiyotlar : Kimyo 8.Toshkent-2019. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov.
Darsning borishi : Tashkiliy qism: 1.Salomlashish. 2. Davomat. 3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.
Yangi mavzuni bayoni:
Havo tarkibining asosiy qismini azot va kislorod tashkil etsa-da, nima uchun ular o‘zaro reaksiyaga kirishmaydi? Azot molekulasining tuzilishi. Azot molekulasi uning ikkita atomining qutbsiz kovalent bog‘lanishidan hosil bo‘ladi. Molekular formulasi: N2 Tuzilishformulasi:. Elektron formulasi: :N N:
Azot atomining tuzilishi. Tabiatda uchrashi: Azot tabiatda erkin holda ham, birikmalar tarzida ham uchraydi.
Erkin holda havoning asosiy qismini tashkil etadi. Havoda hajm jihatdan 78%, og‘irlik jihatdan 75,5% azot bo‘ladi. Azotning tabiatda aylanishi Birikmalar holida esa NaNO3 ko‘rinishda Chilida uchraydi. Shuning uchun ham NaNO3 ni Chili selitrasi deyiladi. Azot tuproqda ham turli nitratlar holida uchraydi. Tirik organizmlar tarkibiga kiruvchi, hayot uchun eng muhim bo‘lgan moddalar, ya’ni oqsillar ham azotning tabiiy birikmalaridir. Olinishi. Laboratoriya sharoitida toza azot qizdirilgan mis (II)-oksidi ustidan ammiak gazini o‘tkazib olinadi: 3CuO + 2NH3 = 3Cu + 3H2O + N2 Sanoatda azot olish uchun asosiy xomashyo havo hisoblanadi. Havo suyuq holatga o‘tkaziladi. Buning uchun havo qattiq sovitiladi. Suyuq havo sekin - asta bug‘latiladi. Bunda birinchi bo‘lib havo tarkibidagi azot uchib chiqadi. Buning sababi azotning qaynash harorati — 196° C, kislorodniki esa — 183° C. Suyuq havo tarkibidan azot chiqib bo‘lgandan so‘ng, kislorod qoladi. Demak, bu texnologik jarayonda azot hamda kislorod olinadi. Fizik xossalari. Azot rangsiz, hidsiz, mazasiz gaz bo‘lib, suvda juda oz eriydi. 1 hajm suvda 0,0154 hajm azot eriydi. Azotning suyuqlanish harorati -210°C, qaynash harorati - 196°C. Kimyoviy xossalari. Azot molekulasida atomlar o‘zaro uch juft elektron hisobiga kovalent qutbsiz bog‘langan. Shuning uchun azot kimyoviy jihatdan inert (nofaol) moddadir. Yuqori haroratda, masalan, elektr yoyi hosil bo‘lishidagi haroratda azot kislorod bilan reaksiyaga kirishib azot (II)-oksid hosil qiladi. Momaqaldiroq paytida hosil bo‘ladigan elektr razryadlari ta’sirida ham atmosferadagi azot oksidlanib azot (II)-oksidi hosil qiladi. Azot katalizator ishtirokida yuqori bosim va harorat ta’sirida vodorod bi­lan reaksiyaga kirishadi: N2 + 3H2 2NH3 Litiy odatdagi sharoitda azot bilan reaksiyaga kirishadi: 6Li + N2 = 2Li3N Boshqa har qanday metallar bilan odatdagi sharoitda reaksiyaga kirishmaydi. Masalan, qizdirilganda magniy bilan reaksiyaga kirishadi: 3Mg + N2 = Mg3N2
Metallarning azot bilan hosil qilgan birikmalari nitridlar deb ataladi. Masalan: Li3N — litiy nitrid, Mg3N2 — magniy nitrid.



Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling