Darsni maqsadi: Ta’limiy maqsad


Download 0.91 Mb.
bet1/34
Sana28.03.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1303695
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
8~sinf konspekt


Fan : Kimyo. ___-___.20___ -_sana : 8-sinf______________________________


Mavzu : 24-§ VODOROD XLORID
Darsni maqsadi: 1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga berilgan mavzu yuzasidan ilmiy asoslangan, Davlat Ta’lim Standarti talablariga javob beradigan bilimlar berib , ularda amaliy ko’nikmakarni hosil qilish.
2.Tarbiyaviy maqsad:
O’quvchilarimizni Ona-Vatanga , tarixiy va madaniy merosimizga , O’zbek xalqining buyuk siymolariga , Ota-onaga muhabbat va milliy iftihor tuygusi ruhida tarbiyalash. kologok madaniyatni shakllantirish 3.Rivojlantiruvchi maqsad:
Ilimni amaliyotga tatbiq etish. O’quvchilarning bilim va tafakkurini, kitobxonlik malakasini oshirish, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, kimyo faniga qiziqishlarini shakllantirish.
Darsning jihozlari : Plakatlar , kimyoviy moddalardan na’munalar , kimyoviy jihozlar
Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar.
Foydalanilgan adabiyotlar : Kimyo 8.Toshkent-2019. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov.
Darsning borishi : Tashkiliy qism: 1.Salomlashish. 2. Davomat. 3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.
Yangi mavzuni bayoni:
Vodorod xloridning suvli eritmasi kislota xossani namoyon qilishini qanday izohlaysiz?
Xlorning eng muhim birikmalaridan biri vodorod xloriddir. Uning kimyoviy formulasi HCl. Nisbiy molekular massasi 36,5. Tuzilish formulasi H-Cl, kovalent qutbli molekula, elektron formulasi .
Olinishi.1. Sanoatda olinishi. Vodorod xloridni sanoatda olish uchun vodorod bilan xlor gazlari o‘zaro reaksiyaga kiritiladi:H2 + Cl2 = 2HCl
2. Laboratoriyada olinishi. Vodorod xloridni laboratoriyada olish uchun quruq toza natriy xloridga konsentrlangan sulfat kislota ta’sir ettiriladi: NaCl + H2SO4 → NaHSO4 + HCl↑ Agar reaksiya qizdirish bilan olib borilsa, natriy sulfat hosil bo‘lishi bilan yakunlanadi: 2NaCl + H2SO4 → Na2SO4 + 2HCl↑
Fizik xossalari. Vodorod xlorid rangsiz, o‘tkir hidli, bo‘g‘uvchi gaz bo‘lib, havodan biroz og‘ir Suvda juda yaxshi eriydi, ya’ni 1 hajm suvda 500 hajm HCl eriydi Kimyoviy xossalari. Vodorod xloridning kimyoviy xossalari xlorid kislotaning kimyoviy xossalariga o‘xshaydi. Shuning uchun uning kimyoviy xossalarini keyingi mavzuda batafsil ko‘rib chiqamiz. Ammo xlorid kislotadan farqli holda quruq vodorod xlorid metallar va metall oksidlari bilan reaksiyaga kirishmaydi. HCl ning suvda erishi. Ishlatilishi. Vodorod xlorid asosan xlorid kislota ishlab chiqarish uchun sarflanadi.



Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling