Darsni maqsadi: Ta’limiy maqsad
Yangi mavzuni mustahkamlash
Download 0.91 Mb.
|
8~sinf konspekt
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Tarbiyaviy maqsad
- 3.Rivojlantiruvchi maqsad
- Foydalangan adabiyot
Yangi mavzuni mustahkamlash : O’quvchilar bilan savol-javob qilish.
Uyga vazifa berish : 48-§ NITRAT KISLOTA. Mavzuga doir masala ishlash Fan : Kimyo Mavzu : 3- Amaliy mashg’ulot . "Ammiak olish va u bilan tajribalar o‘tkazish" Darsni maqsadi: 1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga berilgan mavzu yuzasidan ilmiy asoslangan, Davlat Ta’lim Standarti talablariga javob beradigan bilimlar berib , ularda amaliy ko’nikmakarni hosil qilib, tegishli malakalarini shakllantirish. 2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarimizni Ona-Vatanga , tarixiy va madaniy merosimizga , O’zbek xalqining buyuk siymolariga , Ota-onaga muhabbat va milliy iftihor tuygusi ruhida tarbiyalash. Ularda ekologok madaniyatni shakllantirish va tarbiyalash. 3.Rivojlantiruvchi maqsad: Ilimni amaliyotga tatbiq etish. O’quvchilarning bilim va tafakkurini, kitobxonlik malakasini oshirish, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, kimyo fani va shu sohadagi kasblarga qiziqishlarini shakllantirish. Foydalangan adabiyot: Kimyo fanidan uzviylashtirilgan o’quv dasturi asosida nazorat ishlarini o’tkazish bo’yicha metodik tavsiyalar (7,8,9-sinf). Toshkent-2011 y. O’zbekiston Respublikasi Ta’lim markazi. Darsning borishi : Tashkiliy qism: 1. O’quvchilar bilan salomlashish. 2. O ’quvchilar davomadini aniqlash. 3. Darsga tayyorgarlik ko’rish. Amaliy ishini bayoni: 1. 28 - rasmdagidek asbob tayyorlang. 2. Ammiak hosil qilish. Buning uchun teng hajmda ammoniy xlorid (NH4Cl) kristalli va so‘ndirilgan ohak kukunidan olib, chinni hovonchada yaxshilab aralashtiring . Hosil bo‘lgan aralashmadan probirkaning 1/3 qismigacha soling va ohistalik bilan qizdiring (28 - rasm). 3. Ammiakni yig‘ish. Ajralib chiqayotgan gaz (ammiak) ni 28 - rasmdagidek gaz o‘tkazgich nay orqali og‘zi pastga qarab o‘rnatilgan probirkaga yig‘ib oling. 4. Probirkada ammiak gazi to‘lganligiga ishonch hosil qilgach, (buning uchun ohista hidlab ko‘rish kerak — ammiak o‘tkir hidli gaz), probirkaning og‘zini tiqin bilan berkitib suvli idishga tushiring va tiqinni oling. Probirkaga suv to‘ladi. Chunki ammiak suvda juda yaxshi eriydi. Suv bilan to‘lgan probirkani suvli idishdan oling. Probirkadagi ammiakning suvli eritmasi ekanligini tajriba yo‘li bilan isbotlang. a) Ammiakning suvli eritmasidan ikkinchi probirkaga ozgina quying va unga qizil lakmus qog‘oz tushiring. b) Boshqa bir probirkadagi ammiakning suvdagi eritmasiga bir necha tomchi fenolftalien tomizing. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling