Darsni maqsadi: Ta’limiy maqsad
Yangi mavzuni mustahkamlash
Download 0.91 Mb.
|
8~sinf konspekt
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Ta’limiy maqsad
- 3.Rivojlantiruvchi maqsad
- Foydalangan adabiyot
- Amaliy ishini bayoni
Yangi mavzuni mustahkamlash : O’quvchilar bilan savol-javob qilish.
Uyga vazifa berish : 50-§ FOSFORNING KISLORODLI BIRIKMALARI. Mavzuga doir masala ishlash . Fan : Kimyo. -sana : Mavzu : 4- Amaliy mashg’ulot. «Azot» guruhchasi elementlari mavzusiga oid tajribaviy masalalar yechish Darsni maqsadi: 1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga berilgan mavzu yuzasidan ilmiy asoslangan, Davlat Ta’lim Standarti talablariga javob beradigan bilimlar berib , ularda amaliy ko’nikmakarni hosil qilib, tegishli malakalarini shakllantirish. 2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarimizni Ona-Vatanga , tarixiy va madaniy merosimizga , O’zbek xalqining buyuk siymolariga , Ota-onaga muhabbat va milliy iftihor tuygusi ruhida tarbiyalash. Ularda ekologok madaniyatni shakllantirish va tarbiyalash. 3.Rivojlantiruvchi maqsad: Ilimni amaliyotga tatbiq etish. O’quvchilarning bilim va tafakkurini, kitobxonlik malakasini oshirish, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, kimyo fani va shu sohadagi kasblarga qiziqishlarini shakllantirish. Foydalangan adabiyot: Kimyo fanidan uzviylashtirilgan o’quv dasturi asosida nazorat ishlarini o’tkazish bo’yicha metodik tavsiyalar (7,8,9-sinf). Toshkent-2011 y. O’zbekiston Respublikasi Ta’lim markazi. Darsning borishi : Tashkiliy qism: 1. O’quvchilar bilan salomlashish. 2. O ’quvchilar davomadini aniqlash. 3. Darsga tayyorgarlik ko’rish. Amaliy ishini bayoni: 1. Ammoniy xlorid kristallari bilan so‘ndirilmagan ohak kukuni aralashmasini tayyorlang. Probirkaning 1/3 qismiga qadar aralashmadan soling va ohista qizdiring. Qanday modda hosil bo‘ladi? Olingan gazni ammiak ekanligini isbotlang. 2. Quyidagi moddalardan mis (II) nitrat tuzini hosil qiling: CuO, Cu(OH)2, (CuOH)2CO3 va HNO3. 3. Ammoniyli o‘g‘itlarni ohakli (ishqoriy) tuproqqa solish mumkin emas. Buni tajriba qilib ko‘rish yo‘li bilan isbotlang. Sodir bo‘lgan reaksiyalarning tenglamalarini yozing. 4. Raqamlangan uchta probirkaning birida Na2SO4, ikkinchisida NH4NO3, uchinchisida NaCl tuzlari berilgan. Qaysi probirkada qanday tuz borligini tajriba yo‘li bilan isbotlang. 5. Probirkalarning birida ortofosfat, ikkinchisida sulfat, uchinchisida xlorid kislota bor. Qaysi probirkada qanday kislota borligini tajriba yo‘li bilan isbotlang. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling