2. Ikkita probirkaning biriga natriy bromid, ikkinchisiga natriy yodid eritmasidan 3—4 ml dan quying.
3. Probirkalardagi eritmalarga xlorli suvdan 1—2 ml dan quying. Sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni kuzating va reaksiya tenglamalarini yozing.
4. Probirkaga natriy yodid eritmasidan 3—4 ml quying, uning ustiga bromli suvdan 1-2ml quying. Sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni kuzating, reaksiya tenglamalarini yozing.
5. Ikkita probirkaga 3-4 ml dan osh tuzi eritmasidan quying. Probirkalarning biriga bromli suvdan 1—2 ml, ikkinchisiga yodning spirtdagi eritmasidan 1—2 ml quying. O‘zgarish sodir bo‘ldimi? Nima uchun?
7.Galogenlarning suvda va organik erituvchilarda erishi
1. Probirkaga yod kristallaridan 3—4 bo‘lak solib, ustiga 1—2 ml suv quyib aralashtiring. Yodning suvda erishini kuzating. So‘ngra yodning suvli eritmasiga 1—2 ml benzol quying. Probirkani chayqating. Tindiring. Sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni kuzating. Probirkada hosil bo‘lgan ikkita qatlam: suvli va benzol qatlamining rangiga e’tibor bering.
Yodning suvdagi va organik erituvchi — benzoldagi eruvchanligi haqida o‘z fikringizni bildiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |