Darsni maqsadi: Ta’limiy maqsad


-amaliy ish.. "Oltingugurt" mavzusi bo‘yicha tajribaviy masalalar yechish


Download 0.91 Mb.
bet33/34
Sana28.03.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1303695
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Bog'liq
8~sinf konspekt

2-amaliy ish.. "Oltingugurt" mavzusi bo‘yicha tajribaviy masalalar yechish
1. Berilgan modda sulfat kislota ekanligini tajriba yo‘li bilan isbotlang.
2. Suyultirilgan hamda konsentrlangan sulfat kislotani rux metaliga ta’siri turlicha ekanligini isbotlang (Tajribalarni bajarishda ehtiyot bo‘ling!). Tajribalarda sodir bo‘lgan reaksiyalarning tenglamalarini yozing.

3. Raqamlangan uchta probirkada kalsiy xlorid, natriy sulfid va kaliy sulfat tuzlari berilgan. Qaysi probirkada qanday tuz borligini tajribalar qilib ko‘rib aniqlang.

4. Aluminiy xlorid tuzini aluminiy sulfat tuzidan olish mumkinmi? Zarur reaksiya tenglamalarini yozing va tajriba yo‘li bilan isbotlang.



3. "Ammiak olish va u bilan tajribalar o‘tkazish"
1. 28 - rasmdagidek asbob tayyorlang.
2. Ammiak hosil qilish. Buning uchun teng hajmda ammoniy xlorid (NH4Cl) kristalli va so‘ndirilgan ohak kukunidan olib, chinni hovonchada yaxshilab aralashtiring . Hosil bo‘lgan aralashmadan probirkaning 1/3 qismigacha soling va ohistalik bilan qizdiring (28 - rasm).
3. Ammiakni yig‘ish. Ajralib chiqayotgan gaz (ammiak) ni 28 - rasmdagidek gaz o‘tkazgich nay orqali og‘zi pastga qarab o‘rnatilgan probirkaga yig‘ib oling.

4. Probirkada ammiak gazi to‘lganligiga ishonch hosil qilgach, (buning uchun ohista hidlab ko‘rish kerak — ammiak o‘tkir hidli gaz), probirkaning og‘zini tiqin bilan berkitib suvli idishga tushiring va tiqinni oling. Probirkaga suv to‘ladi. Chunki ammiak suvda juda yaxshi eriydi. Suv bilan to‘lgan probirkani suvli idishdan oling.
Probirkadagi ammiakning suvli eritmasi ekanligini tajriba yo‘li bilan isbotlang.
a) Ammiakning suvli eritmasidan ikkinchi probirkaga ozgina quying va unga qizil lakmus qog‘oz tushiring.
b) Boshqa bir probirkadagi ammiakning suvdagi eritmasiga bir necha tomchi fenolftalien tomizing.
4-amaliy ish. «Azot» guruhchasi elementlari mavzusiga oid tajribaviy masalalar yechish
1. Ammoniy xlorid kristallari bilan so‘ndirilmagan ohak kukuni aralashmasini tayyorlang. Probirkaning 1/3 qismiga qadar aralashmadan soling va ohista qizdiring. Qanday modda hosil bo‘ladi? Olingan gazni ammiak ekanligini isbotlang.
2. Quyidagi moddalardan mis (II) nitrat tuzini hosil qiling:
CuO, Cu(OH)2, (CuOH)2CO3 va HNO3.
3. Ammoniyli o‘g‘itlarni ohakli (ishqoriy) tuproqqa solish mumkin emas. Buni tajriba qilib ko‘rish yo‘li bilan isbotlang. Sodir bo‘lgan reaksiyalarning tenglamalarini yozing.
4. Raqamlangan uchta probirkaning birida Na2SO4, ikkinchisida NH4NO3, uchinchisida NaCl tuzlari berilgan. Qaysi probirkada qanday tuz borligini tajriba yo‘li bilan isbotlang.
5. Probirkalarning birida ortofosfat, ikkinchisida sulfat, uchinchisida xlorid kislota bor. Qaysi probirkada qanday kislota borligini tajriba yo‘li bilan isbotlang.



Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling